Qadriyatlar har bir millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini namoyon etuvchi bamisoli bir ko‘zgu. Aslida milliy-diniy qadriyatlarimiz bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Qadriyatlar asrlar davomida xalqimiz tomonidan e’zozlanib keladi. Ular kelib chiqishiga ko‘ra milliy, umuminsoniy va diniy qadriyatlar bo‘lishi mumkin. Agar u milliy urf-odat va an’analar shaklida bo‘lsa, milliy qadriyat. Agar bir nechta millat va xalqlar e’tirof etgan bo‘lsa, umuminsoniy qadriyat. Diniy ta’limotga asoslangan bo‘lsa, diniy qadriyat deyiladi. O‘zbekona azaliy qadriyatlarimizni milliy yoki diniyga ajratish qiyin. Masalan, salom-alik qilish, ota-ona, qarindosh-urug‘, yetim-yesirlarga yaxshilik qilish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish kabi odatlar Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarda savobli amallar ekani ta’kidlangan. Bu odatlarga xalqimiz ming yillardan beri qadriyat sifatida amal qilib keladi.

Oila va qadriyat.
Oila - bu muhabbat va hurmatda yaratilgan insonlar va qonunlarga ega bo‘lgan kichik davlat. Har bir mustahkam va birlashgan oilada o‘zlarining oilaviy qadriyatlari mavjud bo‘lib, bu jamiyatning tuzilishiga, butunligini saqlashga yordam beradi. Oila va oilaviy qadriyatlar har bir inson hayotining asosi hisoblanadi. Aynan oilada shaxsiy rivojlanish boshlanadi, chunki qadriyatlar yaxlit tabiatning uyg‘un rivojlanishi uchun zarur ko‘nikmalarni singdira boshlaydi.
Oila va qadriyatlar abadiy bir-biri bilan chambarchas bog‘langan va alohida mavjud emas. Agar oila yo‘q bo‘lsa, unda oilaviy yo‘nalish bexosdan o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Agar biz har bir oilaning oilaviy qadriyatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, unda hamma uchun farq qiladi.Ba'zilar ota-ona, qarindoshlik, turmush qurish, sog‘liq kabi qadriyatlarni ta'kidlashadi.