QADRIYATlar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonunqoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday qadriyatlar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy qadriyatlardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan bogʻliq qadriyatlar milliy qadriyatlardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, odobi, goʻzalligi bilan bogʻliq qadriyatlar shaxsiy qadriyatlardir. qadriyatlar komil insonni tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
IJOD esa bizlarni yangidan yangi qadriyatlarni yaratishmizga undaydi.