Sanitariya – gigiyena talablari . Kompyuterda ko`p ishlash, ya`ni uning oldida ko`p o`tirish insonning ko`zi, qon aylanish sistemasi , bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ko`ra kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.O`quvchilarning ish joyiga tushayotgan yorug`lik tepadan chapdan tushishi, display ekrani va tugmalar ko`zni qamashtirmaydigan bo`lishi kerak. Xonadagi havo harorati o`rtacha 20-24 gradus atrofida bo`lishi lozim.
V-IX sinf o`quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25-30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.
O`quvchi kompyuterdan eng kamida 40 50 sm narida o`tirishi kerak.
Kompyuter xonasida o`tkazilayotgan dars jarayonida o`quvchilar tana mushaklarida va ko`zlarda zo`riqish hosil bo`lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berishi lozim. Shu lahzalarda o`quvchilar yengil kuy eshitish, kursida o`tirgan holda qo`l va bo`yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
Mashg`ulotda qatnashayotgan o`quvchilarning soni 20 tadan oshmasligi zarur.
Mustahkamlash.
Ko`z va tana uchun jismoniy mashqlar . Mashq o`tirgan yoki turgan holda kompyuter ekraniga qaramagan bajariladi.
1-4 hisobda ko`z mushaklarini qattiq tarang tortib, ko`zni yuming, 1-6 hisobda ko`z mushaklarini bo`sh qo`ying, ko`zni oching (4-5 marta takrorlanadi).
1-4 hisobda burun ichiga qarab turing. Bunda ko`zni charchashga olib kelmang. So`ngra 1-6 hisobda ko`ni ochib, uzoqqa tikiling (4-5 marta takrorlanadi).
1-4 hisobda boshni bormasdan o`ngga qarab turing. 1-6 hisobda to`g`riga uzoq masofaga qarang. Bu mashq ko`zni yuqoriga, pastga va chapga Burgan holda takrorlanadi. 1-6 hisobda qarashni darhol dioganal bo`yicha o`ng yuqori burchakka, o`ng past burchakka, so`ngra 1-6 hisobda chap yuqori burchakka, chap past burchakka o`tkazib so`ngra uzoqqa qarang (3-4 marta takrorlanadi).