qoladi. O‘quvchining sport bilan shug‘ullanishga layoqatsizligi tashqi sharoitlarning ta’siri natijasida ham bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘quvchi agar sport bilan shug‘ullanib, faqat bir fandan o‘zlashtirishda orqada qolsa, u holat o‘quvchining boshqa fanlarni yaxshi o‘zlashtirishga salbiy ta’sir etmaydi. Lekin o‘quvchining shu o‘zlashtirmagan faniga bo‘lgan qiziqishi pasayib ketadi, bunday vaziyatda jismoniy tarbiya o‘qituvchisining pedagogik mahorat qobiliyati asosiy vazifani bajaradi. Uning pedagogik mahorati bunday holatga yo‘l qo‘yilmaslikka yo‘naltirilishi lozim. O‘quvchining jismoniy tarbiya darsida sport turlari bo‘yicha belgilangan ko‘rsatmalarni me’yorlarni topshirish jihatidan qobiliyatlari har xil bo‘ladi: yil davomida jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib yurgan ayrim o‘quvchilar, ba’zi bir sabablarga ko‘ra (oilaviy janjallar yok organizmdagi ruhiy va fiziologik o‘zgarishlar natijasida) yaxshi ko‘rsatkichlarga erisha olmaydi. Lekin kutilmaganda «o‘rtacha» ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan o‘quvchi me’yorlarni yaxshi topshirishga muvaffaq bo‘ladi. Buning sababi shundaki, o‘quvchi hayajonlangan holatida jismoniy qobiliyatlarini masimal darajada namoiyish qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Umumta’lim maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisining maqsadi o‘quvchilarning sevimli sport mashg‘ulotlari yordamida darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil mashq qilishiga odatlantirish, umidsizlikka va dangasalikka berilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi maktabdagi psixolog yoki tajribali o‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quvchining jismoniy tarbiya darsiga bo‘lgan qiziqishini yoki sport turlarini o‘zlashtirishdagi ruhiy va aqliy to‘siqlarni yengishda yordamlashsa, o‘quvchining o‘qish va sport faoliyatida uchraydigan salbiy astenik sovub ketish hissiyotlarini o‘z kuchi bilan yengib o‘tishga