jismoniy, aqliy va ruhiy to‘siqlarga duch keladi. Yuksak ma’naviy va estetik xis - tuyg‘ularning yaxshi rivojlanmaganligi ayrim o‘quvchi yoshlarning jamoat joylarida o‘zini tutishida ham seziladi. Bunday sifatlarning yetishmasligi o‘quvchilarni giyohvandlikka berilishiga, hatto turli oqimlarga qo‘shilib ketishiga ham sabab bo‘ladi. O‘quvchilarning umumta’lim maktab va professional ta’limda jismoniy mashg‘ulot hamda sportning odam organizmiga ta’sirini chuqur anglab etmasligi, o‘zi sevgan birorga sport turi bilan mustaqil mashq qilishni o‘rganmaganligi natijasida talabalik davrida ham jismoniy tarbiya me’yorlarini topshirish jarayonida yaxshi yutuqlarga erisha olmaydi. Buning sabablari quyidagilar: ota – onalarning o‘z farzandlariga bilim olish va mustaqil ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun shart - sharoit yoki rejim yaratib bermasligi: - ba’zi o‘qituvchilarning o‘quv dasturi va o‘qitish uslublarini egallashda, mantiqan tushunishda qobiliyatsizligi; o‘quvchilarda jismoniy harakat va sportga oid ko‘nikma va malakalarning qiyinchilik bilan hosil bo‘lishi; - o‘quvchilarning yoshiga, qobiliyatiga, kuchiga nisbatan qo‘yilayotgan talablarning mos kelmasligi; - o‘quvchilarga jismoniy mashg‘ulotlarning majburan o‘rgatilishi. Bu sabablar o‘quvchilarning haddan ortiq charchashiga va asabiy holatning paydo bo‘lishiga olib keladi, ularning jismoniy tarbiya darsiga, mashg‘ulot va sportga bo‘lgan qiziqishlarini pasaytirib yuboradi. Hozirgi davrda o‘quvchilarning jismoniy faoliyat va sport sohalarini yaxshi o‘zlashtira olmasliklari sabablarini o‘rganishda mutaxasislarni eng muhim muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda. O‘quvchilarda jismoniy va psixologik jihatdan qoloqlikning bir qancha sabablari mavjud ekanligi aniqlangan: