orqali yanada kuchliroq, bilimliroq, aqlliroq va insonparvarroq bo‘lib yetishadi. O‘quvhilar harakati va sport mashg‘ulotlari jarayonida psixikasini rejalashtirish asosida o‘zini - o‘zi boshqarish, takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytirish mumkin. Bu uslub talabiga ko‘ra o‘quvhi o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi, o‘zining kuchiga ishonch hosil qilishi natijasida psixika o‘zini - o‘zi rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Psixika o‘zini - o‘zi rejalashtirishda maqsad harakati tayanch nuqtasini vujudga keltiradi. Agar o‘quvchining sportga qiziqishi kuchli bo‘lsa, uning hayotidagi boshqa tomonlar ham shunga bog‘liq bo‘ladi va shunga bo‘ysinadi. Buning uchun maqsad aniq va barqaror bo‘lishi shart. O‘quvchilar psixikasini to‘g‘ri rejalashtirish uchun o‘quvchining musobaqadan oldin paydo bo‘ladigan qaltirash va jonsizlik holatini bartaraf qilish maqsadida maxsus mashg‘ulotlar tashkil etish, ijobiy hissiyotlarni hosil qilish, dunyo qarashini o‘stirish mumkin. O‘quvchilarni butun jahondagi yangiliklarni, o‘zgarishlarni bilib borishga undagi haqiqatlarni ochishga, insondagi tabiat go‘zalligini his qilishga, o‘zida yuqori insoniy hislatlarni namoyon qilishga, ichki ruhiy va jismoniy, aqliy imkoniyatlardan samarali foydalanishga odatlantirish lozim. Bu vazifani bajarish o‘qituvchilar va murabbiylar zimmasiga tushadi. Ba’zi o‘quvchi - yoshlarda uchraydigan ruhiy faollikning zaifligi, dangasalik, fikrlash qobiliyatning torligi, tashabbussizlik qanday va qaerdan paydo bo‘ladi? Tabiiyki, bolalikdan ilm - fanga intilish hayotiy zaruratdir. Biroq ayrim hollarda ota - onalar, tarbiyachi va o‘qituvchilarning e’tiborsizligi natijasida ba’zi o‘quvchilar o‘z faoliyatlarida tabiat va jamiyat sirlarini tushunaolmay turli qiyinchiliklarga duch keladilar. Yoshlar ertalabki umumiy gimnastika mashqlari bilan mustaqil shug‘ullanishga odatlanmaganliklar sababli