1) ota - onaning ichkilikka berilishi oqibatida o‘quvchi aqlining pastligi, jismoniy jihatdan zaifligi; 2) yoshlikdan bola tarbiyasiga alohida e’tibor berilmaganligi yoki miya va ruhiy asab kasalligiga chalinganligi; 3) o‘quvchining irodasizligi sababli, birorta faoliyat turiga qiziqmasligi. Bu salbiy holatlar natijasida o‘quvchi jismoniy chiniqishda va bilim olishda nochor ahvolga tushib qolgan, ruhiy zaiflikdan qiynalayotgan o‘quvchilar bilim olishda yoki jismoniy va ota - onasi va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan qo‘llab - quvvatlanishi lozim. Ba’zi jismoniy tarbiya mutaxasislari bunday o‘quvchini yanada qattiqroq taqib ostiga olishi, yomon baho qo‘yishi oqibatida uning jismoniy tarbiya darsiga va sportga bo‘lgan qiziqishini mutlaqo pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining o‘quvchilarga nisbatan e’tiborsizligi yoki yetarli darajada nazar pisand qilmasligi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya darsidagi davomatini pasaytiradi, bu o‘quvchida havotirlanish va tashvishlanish holatini vujudga keltiradi. O‘qituvchining uzluksiz ravishda o‘quvchi shaxsini hurmat qilmasligi masalan, «Sen gavdangni ko‘tar olmaysan», «Sen hech qachon ikkidan chiqmaysan» kabi iboralar bilan munosabat qilish o‘quvchi psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘quvchi harakterida qaysarlik, o‘jarlik xususiyatlarini paydo qiladi. Vaholangki, o‘qituvchining o‘zi o‘quvchilarga jismoniy ta’lim asoslarini o‘rgatishda o‘quvchini nochor ahvolga tushirib qo‘yganligini o‘ylab ham ko‘rmaydi. Natijada o‘quvchining ongiga «Mening jismoniy zaifligimning asosiy sababi qobiliyatsizligimda bo‘lsa kerak», - degan fikr paydo bo‘ladi va o‘quvchining ruhan qiynalishiga olib keladi. Hatto ba’zi bir o‘quvchilar jismoniy tarbiya darsiga qatnashmaydigan, sport bilan shug‘ullanmaydigan bo‘lib