Mavzu: Nabi Jaloliddin. “Ota” hikoyasi: Muallif hayoti va ijodi. “Asarni oʻqishga tayyorlanamiz” bosqichi topshiriqlari bilan ishlash



Yüklə 18,52 Kb.
səhifə6/6
tarix18.12.2023
ölçüsü18,52 Kb.
#184013
1   2   3   4   5   6
Mavzu Nabi Jaloliddin. “Ota” hikoyasi Muallif hayoti va ijodi.-fayllar.org

1-guruh: “Onajon” she’ri (Madina Xoliqova)
Izladim dunyodan mehr-oqibat,
Topmadim sizdan-da bir bag’ri kuyuk.
Onajon, izladim, lek topolmadim,
Sizdan-da ulug’ zot, sizdan-da buyuk …
Kerak emas menga hech narsa,
Siz baxtim, borlig’im,davlatim onam.
Hatto chumoliga ozor bermagan,
Oyog’i ostida jannatim onam!
2-guruh: Hikmatlar
  • Ona bilan bola, gul bilan (maqol) 


  • Onalarning oyog’i ostidadur


Ravzai jannati jinon bog’i.


Ravza bog’in visolin istar esang,
Bo`l onaning oyog’in tufrog’i… (A.Navoiy) 
3-guruh: ONA MEHRI (Matn)
Ona. Mehri quyoshga teng ona. O`z shafqati, nuri bilan bolaga qalb bergan, sevgi baxsh etgan- ona! Uning inoyat qilgan yuragi va muhabbati eng avval , onaning o`ziga qaratilib, bola uni sevdi, ardoqladi…
Ona – murabbiya. U kelajakka zo`r ishonch bilan qaraydi. Ona po`lat iroda sohibi: bolasi yo`lida hamma qiyinchiliklarni yengadi. Uning madhi hamisha kuylarda.
(Guruh a’zolari matnni tuzib, ketma ketlikda gaplarni o`qiydilar. Bu topshiriq orqali o`quvchilarda kommunikativ hamda adabiy bilimlarni amaliyotda qo`llash kompetensiyalari shakllantiriladi).
O`qituvchi: Darhaqiqat, «Dunyoning ishlari» qissasini o`qiganda qalbimizni ikki xil iliq his chulg’aydi — u ham bo`lsa, o`z onamizga va umuman, onalarga bo`lgan mehr hissi. Zero, adibning o`zi e’tirof etganidek, asar uning o`z onasi haqida emas, “…umuman, o`zbek ayoli haqida va umuman onalar to`g’risida”.Qissada bir-biridan qiziqarli voqealar juda ko`p. Shu tufayli sizga bu asarni to`liq o`qib chiqishni maslahat beraman.
Yurtboshimiz tashabbuslari bilan 2016-yil – “Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilindi. Har bir ona jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o`ylab, hamisha ezgu orzu-intilishlar bilan yashaydi. Yurtboshimiz shunday deydilar: ”Yer yuzida hayot paydo bo`libdiki, odamzod mo`tabar ona siymosi oldida hamisha ta’zim qiladi. Eng muhimi, ona va bola sog’lom bo`lsa, oila baxtli, oila baxtli bo`lsa, jamiyat mustahkam bo`ladi”. Jamiyatimizda ona va bolaga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan shart-sharoitlarning poyoni yo`q. Onalarimiz — bizning baxtimiz. Ularni faqatgina tilimizda emas, chin dilimizdan e’zozlaylik. Purma’no o`gitlariga amal qilib, baxt manzili tomon dadil odimlaylik. Biz onalarimizni ezgu ishlarimiz, muvaffaqiyatlarimiz, a’lo o`qishimiz va namunali xulqimiz bilan baxtiyor qilaylik. Zero, bu bizning chin farzandlik burchimizdir.
Baholash uchun o’quvchilarning darsdagi ishtiroki inobatga olinadi va har bir guruhning hamda ishtirokchining bali e’lon qilinadi.
Uyga vazifa: O’tkir Hoshimov ijodiga mansub “Dunyoning ishlari” qissasidagi hikoyalar mazmunini o’rganish. “Mening onam hammadan yaxshi” mavzusida ijodiy ish yozish.
http://fayllar.org
Yüklə 18,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin