Mavzu: neft va gaz sanoati


Neft mahsulotlarini tozalash usullari



Yüklə 395 Kb.
səhifə12/14
tarix28.10.2022
ölçüsü395 Kb.
#66605
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
NEFTNI TOZALASH

Neft mahsulotlarini tozalash usullari
Neftdan olingan distillyatlar (yonilg‘i va moylar) tayyor mahsulot hisoblanmaydi, chunki ularning tarkibida uglevodorodlardan tashqari, smolali - asfalt moddalari, oltingugurtli birikmalar, organik kislotalar va boshqa kerakmas moddalar bo‘ladi. Mahsulotlar sifatini faqat zararli aralashmalargina emas, balki ba’zi uglevodorodlar (to‘yinmagan uglevodorodlar) ham yomonlashtiradi. Oltingugurtli birikmalar va kislotalar detallarning korroziyalanishini oshiradi, smolali-asfalt moddalari issiq detallarda qurum va lok paydo bo‘lishini ko‘paytiradi, to‘yinmagan birikmalar esa kimyoviy barqarorlikni (saqlash jarayonida tarkibining o‘zgarmasligini) yomonlashtiradi. Erigan qattiq parafinlar qotish haroratini oshiradi, polisiklik uglevodorodlar qovushqoqlik xossalarini yomonlashtiradi. Yonilg‘i va moylarni sulfat kislota bilan tozalash usuli sulfat kislotaning oltingugurtli birikmalar va boshqa kerakmas moddalar bilan reaksiyaga kirishishiga asoslangan bo‘lib, bu usul yonilg‘i va moylarni tozalashda iqtisodiy jihatdan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan eng eski usuldir. Dizel distillyatlarini tozalashda gidrotozalash, moyli distillyatlarni tozalashda esa selektiv tozalash usullari texnologik jihatdan muhim ahamiyatga ega
Gidrotozalash avtomobil benzinlari, dizel yonilg‘isi tarkibidagi oltingugurtli birikmalari vodorod yordamida tozalanadi. Bu jarayon benzin, kerosin va dizel fraksiyalarini oltingugurt birikmalaridan yuqori harorat va bosimda katalizator ishtirokida, vodorod ishtirokida vodorod sulfidga birikib, ulardan tozalanadi. Tozalash jarayoni 50 atm.bosim ostida va katalizator ishtirokida olib boriladi. Bu usulda asosan dizel yonilg‘ilari tozalanadi. Keng tarqalgan katalizatorlar - alyumo-kobalt va alyumo-nikel molibdenli katalizatorlaridir.
Ishqor bilan tozalash. Bu usulda birlamchi haydashdan va termik krekingdan olingan benzinlar ishqor bilan tozalanadi. Ishlatilgan ishqor vaqt-vaqti bilan almashtirilib turiladi. Benzin, kerosin va dizel fraksiyalari kaustik yoki kalsinirlangan sodaning suvdagi eritmasi bilan ishlanadi. Benzinga ishqor bilan ishlov berilganda undan vodorod sulfid va qisman merkaptanlar ketadi, kerosin va dizel yonilg‘ilar esa naften kislotalardan tozalanadi. Yonilg‘ilar tarkibidagi naften kislota ishqor bilan tozalanganda ularning tuzlari hosil bo‘ladi: RCООН+NаОН = RCООNа+Н2О Hosil bo‘lgan tuzlar kerosinda erimaydi, lekin suvda yaxshi eriydi, shuning uchun ular ishqor qavatiga o‘tadi. Tozalanishi kerak bo‘lgan fraksiyaning molekular og‘irligi qancha katta bo‘lsa, ishqor bilan tozalash jarayoni shuncha yuqori haroratda olib boriladi. Masalan, benzin isitilmaydi, dizel yonilg‘isi esa tozalashdan oldin 90°C÷95°C gacha isitiladi. Ishqorning sarflanishi neft mahsulotlardagi naften kislotalarning miqdoriga bog‘liqdir.

Yüklə 395 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin