13-MA’RUZA MS Accessda jadvallarni o’zaro bog’lash.
Reja: 1. MS Accessda jadvallar hosil qilish. 2. MS Accessda jadvallarni bog‘lash usullari. 3. MS Accessning Конструктор таблиц bo‘limi haqida Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma’lumotlarni saqlash uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib kelmoqda.
Ma’lumotlar bazasi-bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol’ o’ynaydi. Sababi: jamiyat taraqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilar-ki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilanar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. SHuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhm shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga‚ hojat qolmasin.
SHuning uchun‚ ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri esa hozirgi zamon komp’yuterlaridir. Komp’yuterlarda saqlanadigan MB bu maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Komp’yuter xotirasida har bir fayl, yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo’ladi. Yozuv-o’zaro bog’langan ma’lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar soni, qaralayotgan ma’lumotning o’lchoviga bog’liq. Har bir yoeuv esa maydon deb ataladigan bo’laklardan tashkil topadi. Maydon ma’lumotlarning, imkoni boricha, qisqa to’plamidan iborat bo’lishi lozim. Har bir maydon, o’zi ifodalaydigan ma’lumotlariga ko’ra, biror nomga ega bo’ladi. Fikrimizni misol bilan ifodalashga harakat qilamiz.
Masalan, biror Oliy o’quv yurtining aniq fakul’tetida tahsil olayotgan biror gurux talabalari to’g’risidagi ma’lumotlar bitilgan quyidagi jadvalni ko’raylik:
Familiyasi
Ismi
Tug’ilgan sanasi
Guruxi
Turar joyi
Qizqqan fani
Ochilov
Alisher
2.05,1978
5— M
TS-1,15
Matem.
Qobulov
Farxod
2.12.1982
6—E
I.Sino,1
Adabiyot
Aminov
San’at
3.6.1980
5— m
TS—2,12
Tarix
Toliev
Jasur
24.51979
6—E
Beruki,2
Bu misolda 4ta yozuv bo’lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri mos ravishda «familiyasi», «ismi» «Tug’ilgan sanasi», «Guruxi», «Turar joyi va qiziqan fani» deb nomlangan. Demak, yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma’lumotlar hajmiga bog’liq. Fayldagi bu yozuvlar birlamchi hisoblanadi. CHunki biror yozuvdagi ixtiyoriy ma’lumotni boshqa yozuvdagi ma’lumotlar bilan taqqoslab aniqlash mumkin emas. SHuning uchun xam bizga kerakli bo’ladigan ikkalamchi yozuvlarni esa faqat amaliy dasturlar yordamila olish mumkin bo’ladi. Modomiki shunday ekan, MB tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan dasturlar zarur bo’ladi. Bunday dasturlar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deb yuritiladi. Aniroq qilib aytganda, MBBT-bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlar majmuidir. MBBTning tarkibida asosiy komponenti-bu ma’lumotlar bo’lsa, boshqa komponenti foydalanunchilar, Hardware— texnik va Software—dasturiy ta’minoti hisoblanadi. Hardware tashqi qo’shimcha xotiradan (disk, magnit lentasi) iborat bo’lsa, dastur qismi esa MB bilan foydalanunchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi o’rganilayotgan ob’ektniig ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi.
Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:
• foydalanuvchi-dastur tuzuvchi,
• tizimli dastur tuzuvchi,
• ma’lumotlar bazasi administratori.
Bunda dasturchi tuzgan foydalanunchi MBBT uchun yozgan dasturiga javob beradi, tizimli dastur tuzuvchi esa butun tizimning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda MB administratori tizimning saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi.
MBBT quyidagicha tavsiflanadi:
• Ispolnimost’—Bajarilishlik, foydalanuvchi so’roviga hozirjavoblik bilan muloqotga kirishish
• Minimal’naya povtoryaemost’-Minimal takrorlanishlik MBdagi ma’lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi.
• YAxlitlik-axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi bog’liqlikni asragan holda bo’lgani, ayni muddao.
• Bezopasnost’-xavfsizlik MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli‚ himoya qilingan bo’lishi lozim.
Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma’lumotlarga kira olish va foydalanish o’qishga egalik qilishi mumkin.
Migratsiya-ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. SHuning uchun ma’lumotlarni tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida har bir MB modeli quyidagi xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi;
1. Ma’lumotlar tuzilmalarining turi.
2. Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar.
Z. Butunlikning cheklanganligi.