Mavzu: O`zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi



Yüklə 162 Kb.
səhifə4/10
tarix20.11.2023
ölçüsü162 Kb.
#162657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi

Tamakichilik-qishloq xo`jaligining serdaromad sohasi bo`lib unga asosan Samarqand viloyatining Urgut tumani ixtisoslashgan. Tamaki qisman Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz va Yakkabog` tumanlarida ham ekiladi. 1995 yildan boshlab jahonning ko`plab sigareta ishlab chiqaruvchi kompaniyalari katta ehtiyoj sezadigan Virjiniya, Parley navlari, xushbo`y turk va bolgar tamakilari ham ekilmoqda. Yetishtirilgan tamaki Urgut tamaki fermentlash fabrikasida qayta ishlanadi. Toshkent va Samarqand sigareta fabrikalarini xom ashyo bilan ta`minlaydi. Samarqandda Buyuk Britaniyaning “British Ameriken Tobakko” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan (1996) yangi tamaki fabrikasi “O`zBAT aksiyadorlik jamiyati” ham mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi.



  1. Donli ekinlar.

Respublika dehqonchiligida don yetishtirish ham muhim o`rinda turadi. Mamlakat aholilisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish, chorvachilikning yem-xashak bazasini mustahkamlash don yetishtirishni ko`paytirish bilan bog`liq. O`zbekistonda g`alla ekinlaridan-bug`doy, arpa, makkajo`xori, sholi, javdar, suli, oq jo`xori, tariq, dukkakli don ekinlari-no`xat, mosh, loviya, yeryong`oq, moyli don ekinlari-zig`ir, kunjut, soya, mahsar, kungaboqar ekiladi.
G`allachilik. O`zbekiston azal-azaldan aholisini don, un va un mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini o`z ichki imkoniyatlari hisobiga qondirib kelgan va bug`doy yetishtirishda yangi-yangi serhosil navlar yaratib, katta tajriba orttirgan mamlakatlardan biridir. Biroq sobiq Ittifoq davrida bug`doy va arpa maydonlari keskin qisqarib bordi, ular sug`oriladigan zonadan siqib chiqarilib asosan ekstensiv rivojlanishga ega bo`lgan lalmikor hududlarda yetishtirildi. II Jahon urushidan oldin bug`doy va arpa qariyb 1,5 mln ga yerga ekilgan (1940 y). Bug`doy va arpa barcha g`alla ekinlari maydonining 90 foizdan ortiqrog`ini tashkil etar edi. 1970 yilda 640 ming ga bug`doy va 387,4 ming ga arpa ekildi, hosildorlik 8,5 s/ga, yalpi hosil 1 mln tonnani tashkil etdi.
O`zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin mamlakatning g`alla mustaqilligiga erishish, don mahsulotlariga bo`lgan talab-ehtiyojni respublikaning o`zida yetishtirilgan hosil hisobiga qondirish muhim strategik vazifa qilib belgilandi. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq g`alla ekin maydonlarini kengatirishga asosiy e`tibor berildi. Ayniqsa, mamlakat g`alla mustaqilligini ta`minlashda 1995 xo`jalik yilida katta qadam tashlandi. O`sha yili respublikadagi jami ekin maydonining 40 foizi g`alla ekish uchun ajratildi. G`alla ekin maydoni 1300 ming gektarga yetkazildi. Shundan 828 ming gektari sug`oriladigan zonaga to`g`ri keldi. 2005 yilda mamlakatning lalmikor va sug`oriladigan zonasida 1616,1 ming ga yerga (jami ekin maydonining 44,3 foiziga) donli ekinlar ekildi va 6,4 mln. tonna hosil yig`ib olindi.
G`alla ekinlaridan mo`l-hosil yetishtirish omillaridan biri yaxshi va rayonbop navdir. Mamlakat g`allachiligida (uning sug`oriladigan zonasida) g`allaning qiltiqsiz, “Unumli bug`doy”, “Sanzar-4”, “Intensiv”, “Sanzar-8”, “Qarshi-7”, “Zafar”, “Yonbosh”, lalmi yerlarda “Qizil Shalola”, “Surxon-5688”, “O`zros-7-13”, “Tolmas” kabi navlari ekildi. Ekilayotgan bug`doy navlaridan sug`oriladigan zonaning intensiv (ixtisoslashgan) xo`jaliklarida 40-50 sentnerga yetkazib hosil olinmoqda. 2005 yil mamlakat bo`yicha g`allaning har gektaridan 39,8 sentner, jumladan bug`doydan 41,5 sentner hosil olindi. Viloyatlar bo`yicha bug`doyning eng yuqori hosili Andijon (59,6 s/ga), Buxoro (58,2 s/ga) va Farg`ona (51,1 s/ga) viloyatlariga to`g`ri keldi. Eng past hosil Jizzax (25,5 s/ga) viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasidan (26,6 s/ga) yig`ib olindi.

Yüklə 162 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin