Mavzu: O`zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi



Yüklə 162 Kb.
səhifə5/10
tarix20.11.2023
ölçüsü162 Kb.
#162657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi

Makkajixorichilik. O`zbekistonda XX asrning II yarmidan rivojlana boshladi. Respublikaning tuproq-iqlim sharoitiga ko`ra bahorda va ikkinchi marta ekinzorlardan bo`shagan yerlarga yozda ekiladi. Uni odatda, don olish va chorva mollariga ozuqa sifatida ekishadi. O`zbekistonda makkajo`xori keng tarqalgan ekin. U barcha viloyatlarda (sug`oriladigan maydonlarda) ekiladi. Ilg`or xo`jaliklarda har gektardan 50-60 sentner don, 1300-1400 sentner ko`k poya olinadi. 1998 yilda mamlakatda 140,5 ming tonnadan ko`p makkajo`xori doni yetishtirilgan.
Makkajo`xori bilan birga katta maydonlarda oq jo`xopi (doni va silos hamda ko`k poyasi uchun) ham ekiladi. Oq jo`xori ko`p hollarda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari hamda Markaziy Farg`onaning sho`rxok yerlarida ekiladi (20-30 s/ga don, 650 s/ga ko`k poya).
Sholikorlik. O`zbekiston g`allachiligida sholikorlik ham muhim o`rin tutadi. Sholi qimmatli oziq-ovqat ekinidir. Garchi O`zbekiston suv resurslari bilan yaxshi ta`minlangan bo`lmasada, uning ayrim daryo qayirlarida sholikorlik yaxshi rivojlangan. Sholi asosan suv ichida o`sadi, etiladi. Sholi o`simligi sho`rxok tuproqlarni yoqtiradi. Ayni paytda issiqsevar bo`lgan mazkur ekin Amudaryo, Sirdaryo, Surxondaryo va boshqa yirik daryolar qayirlarida yaxshi hosil beradi. U ayniqsa, Amudaryo etaklarida ko`p yetishtiriladi. Xorazm viloyatiga respublikamiz sholi ekin maydonlarining va yalpi hosilining 43,2 foizi, Qoraqalpog`iston respublikasiga 37 foizi to`g`ri keladi. Shuningdek, sholi Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan viloyatlarida ham keng maydonlarda yetishtiriladi. Sholining “O`zROS 7-13”, “Qoraqalpo-g`iston” “O`zROS-17”, “Nukus-2”, “Avangard” navlari serhosildir.



  1. Kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari. Mevachilik va uzumchilik.

Kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari. Respublikaning iqlimi, unumdor tuprog`i, sug`orma dehqonchilik sharoitlari sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkadan hosil olishga imkon beradi. Bu tarmoqda sabzi, piyoz, lavlagi, sholg`om, turp, pomidor, karam, bodring, sarimsoq, baqlajon, qovun, tarvuz, qovoq, bargli sabzavotlar (kashnich, ukrop, petrushka va b.), kartoshka ekiladi. O`zbekistonda sabzavot va polizchilik qishloq xo`jaligining qadimiy tarmog`idir. Asosiy poliz ekinlari bo`lgan qovun, tarvuz va qovoqning vatani O`rta Osiyo hisoblanadi. Xalq seleksionerlari tomonidan qovun va tarvuzning dunyoga mashhur navlari yaratilgan. Asrlar davomida mamlakat sabzavot va polizchiligida ekinlarning tur tarkibi boyib bordi. Masalan, XIX asrning II yarmidan Rossiya orqali pomidor, kartoshka, gulkaram, chuchuk (bolgar) qalampiri, Xitoydan esa rediska va poliz ekinlarining ayrim turlari kirib keldi va asosiy ekinlar qatoridan joy oldi.

Yüklə 162 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin