Mavzu: O`zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi


jadval. Ayrim qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish (ming t)



Yüklə 162 Kb.
səhifə6/10
tarix20.11.2023
ölçüsü162 Kb.
#162657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi

jadval.
Ayrim qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish (ming t)



Yillar
Mahsulotlar

1993

1996

1997

2002

2005

Don

2142,4

3562,0

3775,6

3550,8

6401,8

Shu jumladan: bug`doy

876,0

2741,8

3073,0

4967,4

9575,8


Paxta

4234,5

3350,1

3645,0

3122,4




Kartoshka

472,4

513,5

691,9

777,2

924,2

Sabzavot

3038,7

2497,4

2384,2

2953,0

3517,5

Poliz ekinlari

622,3

469,7

367,6

475,4

615,3

Meva

560,1

604,8

547,7

818,5

949,3

Uzum

381,0

478,3

511,5

516,4




2-Jadval
Ayni paytda O`zbekistonda har yili o`rtacha 5,0-5,5 mln tonna sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi. Jumladan, 2005 yilda respublikamizda 222,7 ming gektarga ushbu tarmoq ekinlari ekilib, 3517,5 ming t sabzavot, 615,3 ming t poliz ekinlari, 924,2 ming t kartoshka yetishtirilgan. Sabzavot mahsulotlari yetishtirishda Toshkent viloyati (716,5 ming t), Samarqand (625,0 ming t) va Andijon viloyatlari (461,7 ming t) yetakchi. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Navoiy viloyatlariga esa mamlakatda yetishtirilgan sabzavotlarning mos holda 1,4 va 2,4 foizi to`g`ri kelgan (2005 y). Polizchilik Sirdaryo (109,9 ming t) va Jizzax viloyatlarida (107,4 ming t) eng yaxshi rivojlangan. Umuman olganda, O`zbekistonda yetishtirilgan poliz mahsulotlarining 1/3 qismidan ortiqrog`i Mirzacho`l iqtisodiy rayoniga to`g`ri keladi. Kartoshka hosili bo`yicha Samarqand viloyati Respublikada 1-o`rinda turadi. 2005 yilda mamlakatda yetishtirilgan kartoshkaning 22,6 foizi (208,7 ming t) mazkur viloyat hissasiga to`g`ri kelgan. Shuningdek, Toshkent (15,5 %), Farg`ona (10,6 %), Surxondaryo viloyatlarida (9,4 %) ham kartoshka nisbatan ko`p ekiladi.
Mevachilik va uzumchilik. O`zbekistonning agroiqlim resurslari har qanday meva va uzum donasining qandlilik darajasini oshirishga qodir. Shuning uchun serquyosh diyorimizda yetishtiriladigan turli mevalar va uzum navlari shirin-shakar, o`ta lazzatli bo`ladi.
O`zbekiston hududida meva daraxtlari haqidagi dastlabki ma`lumotlar miloddan avvalgi I ming yillik o`rtalariga to`g`ri keladi. Asrlar davomida xalq seleksiyasi asosida shaftoli, o`rik, olma, yong`oq, bodom, anor, tut hamda tokning juda sarxil mevali navlari yaratilgan. XX asr boshlarida hozirgi O`zbekiston hududida 24 ming ga bog`, 30,6 ming ga tokzor bo`lgan. Respublika bog`larida meva va rezavor meva beradigan 20 turga mansub daraxt, buta va o`t o`simliklar o`stiriladi. Urug`li meva daraxtlari (olma, nok, behi), danakli meva daraxtlari (o`rik, shaftoli, olxo`ri, gilos, olcha), subtropik o`simliklar (anor, anjir), yong`oq mevalilar (yong`oq, pista, bodom), rezavor mevalilar (qulupnay, malina, smarodina (qoraqat)) asosiy o`rinni egallaydi. Olma, nok va tokning yozgi, kuzgi va qishki navlari muhim xo`jalik ahamiyatiga ega. Tokchilik qadimdan Samarqand, Toshkent viloyatlari va Farg`ona vodiysida taraqqiy etgan. Tokchilik xo`raki, mayizbop va konserva mahsulotlari (shinni, murabbo, sharbatlar) hamda vinochilik yo`nalishlariga ega.
1995 yilda respublikada bog`larning umumiy maydoni 382 ming gektardan ortib ketdi (meva bog`lari 253 ming ga, tokzorlar 131 ming ga). Har yili yalpi hosil qariyb 1 mln tonnani tashkil etadi. 2002 yilda esa o`rtacha 842,9 ming. t. meva va 500 ming. t. atrofida uzum hosili yig`ib olindi. Mevachilikda Andijon (20 %), Samarqand, Namangan, Farg`ona, Toshkent (11-12 %) viloyatlarining, uzumchilikda esa Samarqand (27 %) viloyatining salmog`i kattadir.
Mamlakatimizning janubiy mintaqalarida, xususan Surxondaryo viloyatida subtropik va sitrus mevalar yetishtiriladi. Ayniqsa, xurmo, bodom, anjir, anor, limon, mandarin, apelsin ko`p ekiladi. Biroq, bu mevalarning ayrimlari qish faslida issiqxonalarda saqlanadi yoki vaqtincha usti plyonkalar bilan yopib qo`yiladi.
Respublikada meva va uzumning yangi, serhosil navlarini yaratishda R. R. Shreder nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi katta ishlarni amalga oshirib kelmoqda. 1.Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishga qaratilgan tashkiliy xo’jalik, agrotexnik, agrokimyoviy hamda agro-meliorativ tadbirlar majmuasiga dehqonchilik tizimi deyiladi.
Dehqonchilik tizimi samaradorlik darajasiga ko’ra uch turga ibtidoiy, ekstensiv va intensivga bo’linadi.
Dehqonchilikning ibtidoiy tizimiga qo’riq yoki bo’z yer tizimi, partov yer tizimi; ekstensiv tizimiga esa shudgorlash tizimi kiradi. Intensiv tizimiga fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanishga asoslangan tuproq unumdorligini oshirishni va ekinlardan yuqori hamda sifatli hosil olishni ta’minlaydigan hozirgi zamon tizimlari kiradi.
2.Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida qo’riq yer yoki bo’z yer tizimi qo’l-lanilgan. Bu tizimda dehqonlar qo’riq yer ochib dehqonchilik qilishgan. Yerga oddiy qurollarda ishlov berganlar, 3-4 yil g’alla ekinlari ekilgan-dan so’ng tuproq unumdorligi kamaygan, hashoratlar, kasalliklar, begona o’tlar ko’payib ketgan. Hosildorlikni pasayib ketishi dehqon-larni bu yerni tashlab boshqa yangi yer ochishga majbur qilgan.
Tashlab ketilgan yerning xususiyatlari 15-20 yildan keyin tabiiy ravishda tiklangan. Shu usulda tuproq unumdorligini tiklash va dehqon-chilik yuritish partov yer tizimi deyiladi. Tashlab ketilgan yerga ba’zi joylarda 8-15 yildan so’ng foydalanish uchun qaytilgan.
Dehqonchilikning o’rmon kesish va kuydirish tizimi ham xuddi qo’riq yer tizimiga o’xshaydi. Ya’ni o’rmon kesilib yoki kuydirilib yer ochilgan. Hosildorlik pasayib ketishi bilan dehqonlar boshqa joyga o’tishgan.
Dehqonchilikni siderasiyalash tizimi bundan ikki ming yillar ilgari sharq mamlakatlarida, qadimgi Gretsiyada, Rim imperiyasi va boshqa mamlakatlarda qo’llanilgan. Ekinlar hosili yig’ishtirib olingandan so’ng kuzgi javdar yoki rang o’t ekib bu o’simliklar ma’lum bir fazaga kirganda ko’k o’g’it sifatida haydab yuborilgan.
3.Dehqonchilikning shudgorli tizimida tashlab qo’yilgan partov yerga ishlov berib begona o’tlar yo’qotiladi. Natijada bir yildan so’ng yana ekin ekish imkoniyati tug’iladi. Dastlabki davrda ikki dalali shudgor-don almashlab ekish qo’llanilgan. Ya’ni yerga bir yil toza shudgor sifatida ish-lov berilgan, ikkinchi yili donli ekinlar ekilgan.
Dehqonchilikning ko’p dalali o’t tizimida yerlarning yarmidan ko’pi tabiiy yaylov va ko’p yillik o’tlar bilan band bo’lgan. Qolgan qismiga don ekilgan. Ya’ni quyidagiga o’xshash bo’lgan: 1-6 dala ko’p yillik o’tlar, 7-dala zig’ir, 8-dala toza shudgor, 9-dala javdar, 10-dala javdar, 11-dala toza shudgor, 12-15 dalalar g’alla ekinlari. Bu tizim XIX asrning ikkinchi va XX asrning birinchi yarmida yog’in-sochin ko’p bo’ladigan Yevropa mamlakatlarida qo’llanilgan.
Dehqonchilikning yaxshilangan g’allachilik tizimida toza shudgor, dukkakli va g’alla ekinlari almashlab ekilgan.
Almashlab ekishda shudgor qo’llanilmasdan yoki nihoyatda oz maydonlarda qo’llanilib don va boshqa ekinlar navbatlab ekish ekin almashinadigan tizim deyiladi. Bu tizimda fan va texnika yutuqlaridan foydalaniladi.
Dehqonchilikning o’t-dalali tizimi XIX asrning birinchi yarmida qo’llanildi. Bu tizimda ko’p yillik o’tlar va dala ekinlari navbatlab ekildi. Yerning yarmini yoki undan ko’prog’ini o’t egallagani uchun bu tizim ham samarasiz deb topildi.
4.Dehqonchilikning intensiv tizimiga qator oralari ishlanadigan sanoat-zavod, o’t-qator oralari ishlanadigan ekinlar, don-qator oralari ishlanadigan ekinlar tizimlari kiradi. Bu tizimlarda yerlar ekinlar bilan to’liq band bo’ladi. Agrotexnik, agrokimyoviy, agromeliorativ tadbirlar fan va texnikaning hozirgi zamon yutuqlaridan foydalanilgan holda dehqonchilik olib boriladi.
Hozirgi zamon dehqohchilik tizimi quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi: almashlab ekish tizimi, mashinalar tizimi, yerni ishlash tizimi, o’g’itlash tizimi, begona o’tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash tizimi, urug’chilik tizimi, sug’orish tizimi, meliorativ tadbirlar tizimi va h.k.
Xo’jalik hududini tashkil etish va almashlab ekish tizimi. Bunda dalalar maydoni, chegarasi, bog’lar, ihota polosalari, suv havzalari, o’zlashtiriladigan yangi yerlar, yaxshilanadigan ekinzorlar hamda almashlab ekish va ekinlarni joylashtirish va hokazolar aniqlanadi.
Mashinalar tizimi. Xo’jaliklar kerakli qishloq xo’jalik texnikalari va mexanizatorlar bilan yetarli ta’minlanishi va ularga texnik xizmat ko’rsatish reja asosida yo’lga qo’yilishi lozim.
Yerni ishlash tizimi. Yerlarni o’z vaqtida va sifatli ishlashga qaratilgan barcha tadbirlarni o’z ichiga oladi.
O’g’itlash tizimi. Ekinlardan yuqori va mo’ljaldagi hosilni olishda organik, mahalliy va mineral o’g’itlarni to’plash, saqlash, ishlatish bo’yicha aniq ishlab chiqilgan reja, ya’ni o’g’itlash tizimi bo’lishi katta ahamiyatga ega.
Begona o’tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash tizimi. Bu majmuaga agrotexnik, kimyoviy va biologik tadbirlar kiradi va ularni ma’lum tizimda joriy etish kerak.
Urug’chilik tizimi. Xo’jaliklarni serhosil va sifatli har xil ekinlar urug’i bilan ta’minlash tadbirlari tizimi yiqori hosil olishda katta ahamiyatga ega.
Meliorativ tadbirlar tizimi. Bu tadbirlar yerlarni tubdan yaxshilash-ga qaratilgan. Bular sug’orish, yerning zaxini qochirish, sho’r yuvish, kollektor-drenaj ishlarini amalga ohirish, yer maydonlarini kengaytirish, tosh-shag’alli yerlarni toshdan tozalash va tuproq solish, kolmataj, ya’ni sershag’al maydonlarga irrigasiya yotqiziqlari cho’ktirish va boshqalardir. Bu tadbirlar suvdan tejab-tergab foydalanilgan holda ekinlardan mo’l hosil yetishtirishni ta’minlaydigan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Dehqonchilikda ekinlarni parvarishlash va mahsulotlar yetishtirish texnologiyasining asosiy tadbirlari: mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan, qimmatli biologik va xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan navlar (duragaylar)ni tanlash, almashlab ekishla eng yaxshi oʻtmishdoshni tanlash; ekin ekiladigan maydonlarda yerga yaxshi ishlov berish va oʻgʻitlarni qoʻllash; urugʻlikni ekishga tayyorlash, ekish (muddatlari, urugʻlik ekish normasi, ekish usuli, ekish chuqurligi); ekinlarni parvarishlash (tuproqqa ishlov berish, oziqlantirish, begona oʻtlarni yoʻqotish, ekinni zararkunandalar va hasharotlardan himoya qilish, defoliantlar, desikantlar qoʻllash); hosilni yigʻib-terib olish (asosiy va ikkilamchi mahsulotlarni yigʻib-terib olish muddatlari va uni tashkil qilish, dalani oʻsimlik qoldiklaridan tozalash, hosil yigʻib olingandan keyin yerni haydash); yigʻib olingan hosilga dastlabki ishlov berish va boshqa.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda mukammal agrotexnologiya mintaqa, muayyan hudud, xoʻjalik, almashlab ekish dalasining tuproq-iqlim sharoitlari va ekiladigan oʻsimlik xususiyatlariga, shuningdek, xoʻjalikning ishlab chiqarish resurslariga mos kelishi kerak. Dehqonchilikning asosiy vazifasi ekinlarni yetishtirishning ilmiy asoslangan jadal texnologiyalari negizida don, sabzavot, meva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishdan iborat.
Tuproq, joy, iqlim sharoitlarining xilma-xilligiga qarab Dehqonchilikda ekiladigan ekinlar, tuproqqa ishlov berish usullari katta farqlarga ega. Namgarchilik yetarli boʻlgan moʻʼtadil mintaqalarda turgʻun Dehqonchilik, qurgʻoqchilik hududlarida sugʻorma Dehqonchilik, nam subtropik va tropiklarda 2—3 marta hosil yetishtiriladigan yil boʻyi Dehqonchilik paydo boʻlgan. Shu munosabat bilan har bir mintaqa uchun dehqonchilik tizimi ishlab chiqiladi. Shim. yarim sharda Dehqonchilikning quyidagi turlari paydo boʻlgan: turgʻun Dehqonchilik (tuproq-iqlim sharoitlari turli xil asosiy ekinlarni sugʻormasdan yetishtirish imkonini beradigan hududlarda); qurgʻoqchil Dehqonchilik (ob-havo sharoitlari, atm yogʻinlari beqaror boʻlgan dashtlarda); lalmi Dehqonchilik (qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish faqat atm yogʻinlariga bogʻliqboʻlgan, sugʻorilmaydigan yerlarda); sugʻorma Dehqonchilik (choʻl, chala choʻl quruq dasht hududlarda); togʻ Dehqonchilik (tuprogʻi kam taraqqiy etgan, ammo tabiiy unumdorligi yuqori boʻlgan togʻli hududlarda); qutb Dehqonchilik (Chekka Shimol mintaqasida).
Dehqonchilik tosh davrining soʻnggi bosqichi (neolit)da paydo boʻldi. Tuproqni yum-shatishda ishlatilgan dastlabki qurol-yogʻoch yoki tosh poynakli yogʻoch soʻqa hisoblanadi. Tuproqqa ishlov berish qurollari (soʻqa, omoch, ketmon, plug) va ot-ulov kuchlari (ot, hoʻkiz, traktor, elektr tortish qurilmalari)ning takomillashib borishiga qarab haydalma Dehqonchilik paydo boʻldi va rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi, tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi natijasida Dehqonchilik usullari ham oʻzgarib, asta-sekin ekstensiv shakllardan (olinadigan yalpi hosilni ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga koʻpaytirish) intensiv shakllarga (yer maydonlarini kengaytirmagan holda ekinlar hosildorligi oʻsishini turli omillar — mexanizatsiya, melioratsiya, kimyolashtirish, agrotexnika va boshqa hisobiga taʼminlash) oʻtib, takomillashib bordi.
Hoz, davrda jahonda Dehqonchilik qilinadigan va koʻp yillik daraxtzorlar bilan band boʻlgan yerlar 1512 mln. ga ni tashkil qiladi. Jahon Dehqonchilikda bugdoy, sholi, makkajoʻxori, arpa, kartoshka, sabzavotpoliz ekinlari, mevalar, uzum eng koʻp ekiladi.
Jahon Dehqonchilikda sugʻoriladigan jami yerlar maydoni 271,4 mln.ga ni tashkil etadi. Sugʻoriladigan maydonlar (mln.ga): Afrikada — 12,5, Shim. Amerikada — 30,4, Osiyoda — 191,2, Yevropada — 24,6, Avstraliyada — 2,4. Jahonda AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Qozogʻiston kabi mamlakatlarda katta maydonlarda Dehqonchilik qilinadi. Haydaladigan va doimiy ekiladigan yer maydoni AQShda 176,9 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 21,4 mln.ga), Xitoyda 124,1 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 52,5 mln.ga), Hindistonda 161,9 mln.ga (su-goriladigan yerlar 59 mln.ga), Rossiyada 127,9 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 4,6 mln.ga), Qozogʻistonda 30 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 2,3 mln.ga). 20-asr oxiriga kelib Yevropa mamlakatlarida ham sugʻorma Dehqonchilik rivojlandi. Sugʻoriladigan yerlar maydoni (mln.ga) Fransiyada — 2, Italiyada — 2,7, Ruminiyada — 2,8, Ispaniyada — 3,6, Ukrainada — 2,5 ni tashkil qiladi (1999).
Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekiston Dehqonchilikning qadimiy markazlaridan biri hisoblanadi. Ibtidoiy Dehqonchilikdan madaniy Dehqonchilikka oʻtish davrida Oʻrta Osiyoda Osiyo hamda Yevropaning boshqa mintaqalariga Karaganda yerni ishlashda qoʻllanilgan temir qurollar ertaroq paydo boʻlgan. SP. Tolstovning taxminicha, mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalarida Xorazmda qayir tipidagi sugorishga asoslangan chopiq qilinadigan Dehqonchilik rivoj topgan. Fargʻona vodiysida ibtidoiy jamiyatda yashagan urugʻlar (ayniqsa jez davrida) soy va dare etaklarida liman usulida sugʻorishnn qoʻllab, loyqa bosgan yerlarga tariq, arpa va boshqa donli ekinlar ekishgan. Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, Oʻrta Osiyoda mil. av. 10-asrda, asosan gʻalla ekinlari, sholi, gʻoʻza, kunjut, qovun, tok va boshqa oʻstirilgan.
20-asr boshlariga qadar Oʻrta Osiyoda, xususan hozirgi Oʻzbekiston hududida Dehqonchilikning texnikaviy va agronomik darajasi past edi. Asosan ekstensiv Dehqonchilik tizimi qoʻllanilgan. Barcha qishloq xoʻjaligi ekinlari, jumladan gʻoʻza, makkajoʻxori, oq joʻxori, sholi, boshoqli don, dukkakli don ekinlari faqat qoʻl kuchi bilan yetishtirilar, don ekinlari hosildorligi gektariga 6—7 s dan oshmas edi. Asosiy ulov — ot, hoʻkiz, tuya, qishloq xoʻjaligi qurollari — omoch, ketmon, oʻroq, yogʻoch moladan iborat boʻlgan, mineral oʻgʻitlar umuman qoʻllanilmagan. 20-asrning 20-y.laridan Oʻzbekistonda Dehqonchilikning ilmiy bazasini yaratish boshlandi, tajriba st-yalari, tajribatayanch xoʻjaliklari, ilmiy tadqiqot va oʻquv institutlari tashkil etildi, Dehqonchilikda turli mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning ki-myoviy vositalaridan foydalanila boshlandi, respublikaning oʻzida oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari qurildi, irrigatsiya-melioratsiya qurilishi rivojlantirildi. Oʻzbekistonda keyingi 90 yil mobaynida asosiy Dehqonchilik qilinadigan sugʻoriladigan yerlar maydoni 2,34 marta koʻpaydi va 2000-yilga kelib 4238,6 ming ga yetdi (1914-yilda 1809,5 ming ga). Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishda mexanizatsiyani keng joriy qilish natijasida Dehqonchilik madaniyati yuksaldi: ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyasi yaxshilandi, mineral oʻgʻitlardan foydalanishning salmogʻi va ularning turk tarkibi ortdi, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari keng koʻlamda amalga oshirildi, davlat nav va urugʻlik nazorati ishlari yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin umuman mamlakat qishloq xoʻjaligida, shu jumladan Dehqonchilikda chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Birinchi navbatda Dehqonchilikni olib borishning tashkiliy shakllari oʻzgartirilib kolxozlar va sovxozlar dastlab jamoa xoʻjaliklariga, soʻngra 1995-yildan boshlab shirkatlar, ijarachilar uyushmalari, xalq korporatsiya va boshqaga aylantirildi, dehqon xoʻjaligi, fermer xoʻjaligi kabi yangi xoʻjalik yuritish shakllari paydo boʻldi, qishloq xoʻjaligi korxonalarida oila pudrati keng yoyildi, aholining tomorqa xoʻjaligini rivojlantirishga eʼtibor berildi.
Oʻzbekistan Respublikasida Dehqonchilikda tub burilishlarning huquqiy asoslarini yaratadigan "Yer toʻgʻrisida" (1990), "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida" (1993), "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida", "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida", "Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida" (1998) va boshqa qonunlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998) qabul qilindi va amalga kiritildi.
Respublika qishloq xoʻjaligida Dehqonchilik yetakchi oʻrinda turadi, uning qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti hajmidagi hissasi 60—65%. Dehqonchilikda agrotexnikaning ilgʻor usullarini qoʻllash, ekinlarning hosildor navlarini yaratish, navlarni muttasil yangilash va nav almashtirish, oʻgʻitlardan samarali foydalanish, oʻsimliklar himoyasi xizmatini yoʻlga qoʻyish, ekin maydonlari tarkiblarini oʻzgartirish tufayli yuqori natijalarga erishildi. Dehqonchilikda gʻoʻza maydonlari qisqartirildi, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash uchun respublikada don ekinlari maydoni koʻpaytirildi va respublikaning gʻalla mustaqilligi taʼminlandi. 2000-yilda jami toifadagi xoʻjaliklarda ekin ekilgan maydonlar 3774,9 ming ga ni tashkil qildi. Ekin maydonlari tarkibida don ekinlari — 42,7, gʻoʻza — 38,2, sabzavot — 3,4, kartoshka — 1,4, yem-xashak ekinlari — 11,3, poliz ekinlari — 0,9% tashkil etdi. Respublika dehqonchiligida texnika ekinlari (gʻoʻza, tamaki, qand lavlagi), don ekinlari (bugdoy, sholi, arpa, makkajoʻxori, dukkakli don ekinlari), sabzavot-kartoshka, poliz ekinlari, yem-xashak ekinlari, bogʻdorchilik oʻz ahamiyatiga koʻra yetakchi oʻrinlarda turadi. Respublikada 2000-yilda (ming t) paxta — 3001,8, don — 3915,7, shu jumladan bugʻdoy — 3521,7, sholi — 154,8, makkajoʻxori doni — 131,4, kartoshka — 729,8, sabzavotlar — 2637,3, poliz mahsulotlari — 457,3, meva va rezavor meva — 796,9, uzum — 625,4 yetishtirildi.
Dehqonchilik madaniyatini ogʻishmay oshira borish, fan yutuklarini va ilgʻor tajribalarini keng joriy etish natijasida Oʻzbekistonning koʻpgina ilgʻor xoʻjaliklarida paxta hosildorligi gektariga 35—45 s, boshokli don ekinlari 50—70 s, sholi 60—70 s, kartoshka 250—300 s, poliz ekinlari 300—400 s, makkajoʻxori doni hosil-dorligi 80—100 s ga yetdi (qarang LalmikorlikSugʻorma dehqonchilik);2) qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va tuproq unumdorligini oshirishning umumiy usullarini oʻrganadigan fan (agronomiyaning boʻlimi). Dehqonchilik fan sifatida yuqori va barqaror hosildorlikni taʼminlash uchun tuproqqa hamda ekinga taʼsir koʻrsatishning turli usullarini, xususan, tuproqning oʻsimlik oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni taʼminlaydigan suv, ozuqa, havo va harorat rejimini boshqarish, ilmiy asoslangan Dehqonchilik tizimlarini va eng maqbul almashlab ekishni, shuningdek, hosildorlikni pasaytiradigan sal-biy omillar (qurgʻoqchilik, garmsel, tuproq eroziyasi, begona oʻtlar va boshqa)ni bartaraf etish yoki ularning taʼsirini kamaytirish usullarini oʻrganadi va ishlab chiqadi. D. tuproqshunoslik, agrofizika, agrokimyo, seleksiya, urugʻchilik, kishlok xoʻjaligi fi-topatologiyasi, entomologiya, melioratsiya, meteorologiya, yer tuzish va boshqa bilan chambarchas bogʻliq. Dehqonchilikka oid ilmiy tadqiqot ishlari ilmiy tadqiqot muassasalari, tajriba styalari, tajriba dalalari va tayanch punkt larida, qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlarining tajriba dalalarida olib boriladi (yana q. Oʻsimlikshunoslik). Dehqonchilikka don xo`jaligi, texnik ekinlar va kartoshka yetishtirish, sabzavotchilik, polizchilik, bog`dorchilik va uzumchilik kiradi.

Yüklə 162 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin