25
Kadrlar zaxirasi faoliyati tizimli ravishda olib borilsa,
korxonalar direktorlari mutaxassis ishga kelgan kundan boshlab,
unga maxsus diqqat-e’tibor qaratsagina samarali bo‘ladi.
Zaxiralarni
tayyorlash
ikki bosqichda
o‘tkaziladi:
Birinchi bosqich
— diagnostika bosqichi korxonada, firmada
mutaxassisni ish joyida uning qobiliyatini sinash va xizmat
bo‘yicha ko‘tarish uchun o‘tkaziladi.
Ikkinchi bosqich
— zaxira bilan
ishlashda ushbu xodimni
o‘qitish va qayta tayyorlashda turli malaka oshirish kurslari,
malaka oshirish institutlari bilan hamkorlik qilinadi va hokazo.
Ishlab chiqarish jarayoni operatsiyalari va mehnatni tashkil
qilish usullari ishlab chiqilishida ishlab
chiqarish topshiriqlarini
bajarish uchun eng tejamli (optimal) usul aniqlanadi. Bu esa,
mehnatni me’yorlash u yoki bu ishni bajarish uchun talab
qilinadigan vaqtni aniqlash demakdir. Ishning kutilgan vaqtida
bajarilishi vaqt me’yori yoki vaqtning o‘zi deyiladi.
Mehnatni me’yorlashdagi vazifa
—
muayyan sifatli mehnat
o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladigan mehnat me’yorlarini belgilab
qo‘yishdan iborat. Har qanday mehnat turining tabiiy va umumiy
o‘lchovi bo‘lib ish vaqti xizmat qiladi. Mehnat me’yoriga asosan
ishlab chiqarishni tashkil qilish
hisoblab chiqiladi va uning
oqilona shakllari tanlanadi, yangi texnik,
texnologik jarayonlar
va innovatsiyalar rejalashtiriladi.
Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun yoki ish birligini
bajarish uchun belgilangan ish vaqti
vaqt me’yori
, deb ataladi.
Ish vaqti birligi (soat) mobaynida
ishlab chiqarish uchun
belgilangan mahsulot yoki ish miqdori
mahsulot ishlab chiqarish
me’yori,
deb ataladi.
Bitta mashina yoki avtomobil uchun belgilangan mahsulot
(xizmat) ishlab chiqarish me’yori
mashina
yoki
avtomobil
unumdorligi,
deyiladi.
Mahsulot ishlab chiqarish me’yori vaqt me’yoriga teskari
munosabatdadir:
26
Bu yerda,
N
v
— smena mobaynida mahsulot (xizmat)
ishlab
chiqarish me’yori;
T
sm
— smena davom etish vaqti;
l
m
— vaqt me’yori.
Mehnat me’yorlari ma’lum tashkiliy va texnikaviy ish
sharoitlariga mo‘ljallab
belgilanadi, sharoitlar o‘zgarganda esa,
me’yorlar boshqatdan ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: