Investitsiyalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.
Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni sarflashdan maqsad – tarmoqda ishlab chiqarishni rivojlantirish, qo’shimcha foyda olish va fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilashdir. Ularning darajasini loyihalar tuzishda hamda bu loyihalarni amalga oshirishda aniqlash mumkin.
Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni jalb etish ko’lamini va samaradorligini oshirish yo’llari.
Agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va aholi turmush farovonligini oshirish imkonini beradi. Buning uchun agrar sohaga jalb qilinadigan investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. Mamlakatimizdagi va chet ellik iqtisodchi olimlar tomonidan agrar sohani investitsiyalash samaradorligini oshirish masalalari tadqiq qilingan. Agrar sohadagi investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmining ayrim nazariy va amaliy jihatlari iqtisodchi olimlarimizdan A. Vahabov, D. G’ozibekov, S. Umarov,
E. Shodmonovlarning ilmiy izlanishlarida tadqiq qilingan. A. Vahobov ilmiy tadqiqotlariga asoslangan holda, agrar sohani investitsiyalash jarayoni davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi shart degan xulosaga kelgan
Qishloq xo’jaligi tarmog’ida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning investitsion faolligiga salbiy ta’sir etayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktabrdagi “Fermer xo’jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish choralarini ko’rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo’yicha maxsus komissiya tashkil etish to’g’risida”gi 3077-sonli farmoyishiga muvofiq fermer xo’jaliklarining ekin maydonlari qayta ko’rib chiqildi. Ushbu farmoyish asosida tashkil etilgan maxsus komissiyalar har bir fermer xo’jaligini individual o’rganib chiqib, yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish choralarini ko’rish yuzasidan takliflar ishlab chiqishi nazarda tutilgan edi. Ya’ni, fermer xo’jaligining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda uning yer uchastkasini kengaytirish, o’zgarishsiz qoldirish yoki kamaytirish bo’yicha takliflar berishi lozim edi. Lekin, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan o’sha paytda fermer xo’jaliklarining yer uchastkalari miqdorini ko’paytirish ularning iqtisodiy salohiyatini oshiradi degan fikrlar ilgari surildi. Shu sababli ushbu farmoyish bo’yicha mamlakatimizdagi fermer xo’jaliklari asosan yiriklashtirildi. Buning natijasida ko’plab fermer xo’jaliklaridan yer uchastkalari qaytarib olindi. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
So’nggi yillarda respublika iqtisodiyotiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 3-4 foizi qishloq xo’jaligiga sarflangan. Bu mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam. Shuning uchun kelajakda bu investitsion holatni qishloq xo’jaligi foydasiga o’zgartirish maqsadga muvofiqdir. Xuddi shunday holatni xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonida ham kuzatish mumkin. Chet el investitsiyalarini qishloq xo’jaligiga jalb etish bo’yicha ham holat talab darajasida emas. Bu boradagi ishlarni jonlantirish va shu orqali qishloq joylarda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar sonini ko’paytirish maqsadga muvofiqdir. Bu orqali nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortadi, balki qishloq aholisini ish bilan ta’minlashga ham erishiladi.
Davlat budjetidan ham qishloq xo’jaligini investitsiyalashga mablag’lar sarflanmoqda. Bunda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” davlat Dasturi, 2008-2012-yillarga mo’ljallangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturi va boshqa shu kabi dasturlar shaklida budjetdan mablag’lar ajratilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat ahamiyatiga molik bo’lgan yo’nalishlarni rivojlantirishda davlat budjetidan ajratiladigan mablag’larning ahamiyati katta. Masalan, hozirgi vaqtda respublikamiz bo’yicha sug’oriladigan yerlarning 45,3 foizi turli darajada turli darajada sho’rlangan bo’lib, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun davlat budjetidan investitsiyalar ko’lamini kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Chunki, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ko’p miqdorda mablag’lar sarflanishi talab etiladi va qishloq xo’jaligi tarmog’ida faoliyat yuritayotgan fermer xo’jaliklarida ushbu jarayonga investitsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlari cheklangan.
Kelajakda qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasini talab darajasida barpo etish, mehnat resurslarining bilimlarini, malakalarini, tajribalarini oshirish uchun investitsiyalar sarflashni izchil davom ettirish lozim. Qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun, avvalo, davlat hamda mahalliy budjetlardan ajratilayotgan investitsion mablag’larni o’z vaqtida o’zlashtirishga erishish kerak. Shu bilan birga tarmoq, korxonalar iqtisodiyotini yuksaltirish orqali ularning faoliyatini kelajakda investitsiyalash uchun ko’proq mablag’ ajratilishini ta’minlashga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Bunda korxonalar ixtiyoridagi fondlarning mablag’laridan ham oqilona foydalanishga harakat qilish kerak. Chunki ular investitsiyalar ko’lamini kengaytirishning real manbalari hisobanadi.
Investitsiyalarni amalga oshirishda banklarning ko’lamini kengaytirishga erishish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun zarur barcha huquqiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Shu bilan birga qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan tuziladigan turli birlashmalar, jumladan agrofirmalar, kredit uyushmalari va boshqa shu kabilarning ham imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, bir nechta fermer xo’jaliklari birikib agrofirma tashkil etishi ularning investitsion imkoniyatlarini kengaytiradi.
qishloq xo’jaligida investitsiya takliflari va loyihalarining texnikiqtisodiy asoslarini sifatli ishlab chiqishga e’tibor berish – tadbirkorlarga investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda tijorat banklari, hududlardagi savdo-sanoat palatasi va boshqalar tomonidan amaliy yordam ko’rsatilishini mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etish va doimiy nazoratga olish;
xorijiy investorlarni mamlakatimiz qishloq xo’jaligi to’g’risida batafsil ma’lumotlar bilan ta’minlashni tashkil etish – xorijiy investorlarni to’laqonli ravishda axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, turli bukletlar, hududiy matbuot nashrlari, xomashyo va mehnat salohiyati to’g’risidagi hamda yaratilgan imkoniyatlar haqidagi ma’lumotlar) bilan ta’minlash, maxsus veb-portal tashkil etish, shuningdek, investitsiya faoliyatiga oid konferensiyalar, seminarlar va respublika hududida hamda xorijiy mamlakatlarda taqdimotlar o’tkazish