Mаntiqiy mаshqlаr - o‘rganilgan bilim va faoliyat usullarini o‘quv holatlariga tatbiq etish yo‘lidir. Mаntiqiy mаshqlаr boshqa tizimlarga o‘xshab kompleks elementlardan iborat. Har qanday tizimning elementlari mohiyati jihatidan ikki turli bo‘ladi: doimiy-asosiy, o‘zgaruvchan-ikkinchi darajali. Tizimni, ayni holatda mаntiqiy mаshqlаrni barcha elementlariga ko‘ra tahlil etish amri-maholdir. Shu sababli, mаntiqiy mаshqlаrning asosiy elementlarini uning tarkibiy qismlari sifatida tahlil qilamiz. Mаntiqiy mаshqlаr, avvalo, ochiq tizimdir. Zero, hozir o‘tkaziladigan mashq oldingi mashqlarning davomi, bundan keyin o‘tkaziladigan mashqlar uchun tayyorgarlik bosqichi sanaladi. Mashq qilish jarayonida bolalarning o‘qish faoliyati o‘tmishdan hozirga, undan kelajakka tomon harakat qiladi. O‘rganilgan bilimlardan (o‘tmishdan) ularning amaliyotga tatbiq etilishiga (hozirga) qarab borish kelajakdagi istiqbolli faoliyat uchun zamin tayyorlaydi. Mashq qilish jarayonining mohiyatini anglash maqsadida mashqning turg‘un-asosiy tarkibiy qismlarini, uning variantlari sifatida ajratamiz. Invariant-tizimda qancha o‘zgarish yuz bersa-da, o‘zgarmasdan qoladigan turg‘un elementlardir. Mаntiqiy mаshqlаr tarkibida shunday turg‘un elementlar to‘rtta: mazmun, maqsad, funktsiya-o‘quvchi faoliyatida bajaradigan ish, mashq qilish usuli.
Mаntiqiy mаshqlаrning mazmuni. Mashq jarayonida ma’lum hatti-harakat takrorlanadi. Hatti-harakatni takrorlash o‘rganilgan bilimlarni esga tushirish vositasida boshqariladi. Mashq qilish jarayonida bilimlarni esga tushirish va ular asosida faoliyatni boshqarish ko‘nikmalarning malakaga aylanishi-avtomatlashuviga sabab bo‘ladi. Berilgan topshiriq yoki topshiriqlar tizimi bo‘yicha mashq qilish jarayonida esga tushiriladigan, takrorlanadigan bilim mаntiqiy mаshqlаrning mazmun- invarianti sanaladi. Oldin qayd qilinganidek, mashq o‘quv topshirig‘i asosida o‘tkaziladi. O‘quv topshirig‘i shartiga kiritilgan turli istilohlarga rioya qilib, mashq uchun zaruriy bilimlar tanlanadi. Mashq qilish uchun zaruriy bilimlarni esga 30 tushirish, tanlash murakkab psixik hodisa bo‘lib, u bolalarda xotira, tasavvur, fikrlashni tarbiyalaydi. Masalan: 1-topshiriq. Matnni o‘qib (. . .) otlarni ajratib yozing. 2-topshiriq. Matnni o‘qib (. . .) sifatlarni ajratib yozing. 3-topshiriq. Matnni o‘qib (. . .) fe’llarni ajratib yozing. 4-topshiriq. Matnni o‘qib, otlarni birinchi, sifatlarni ikkinchi, fe’llarni uchinchi ustunga ajratib yozing. Yuqoridagi o‘quv topshiriqlari asosida mashq qilish jarayonida ishtirok etgan o‘quvchi “Ot” istilohi va “Ot” to‘g‘risidagi o‘z tasavvuri (1-topshiriq), “Sifat” istilohi va “sifat” to‘g‘risidagi o‘z tasavvuri (2-topshiriq), “Fe’l” istilohi va “Fe’l” haqidagi o‘z tasavvurlari (3-topshiriq)ga rioya qilib mashq qiladi. O‘quv topshiriqlari shartida berilgan istilohlar va ularga oid tasavvurlar (hosil qilingan bilimlar) mashq qilish jarayonida faoliyat ko‘rsatkichlari vazifasini bajaradi. Agar o‘quvchi mаntiqiy mаshqlаr tizimi terminlar va ular ostida to‘plangan o‘z tasavvurlari–bilimlarni qancha aniq faxmlab, turli tushunchalarni farqlay olsa, shuncha samarali mashq qilinadi. Mаntiqiy mаshqlаrning mazmun-invarianti bilan ularning soddaligi yoki murakkabligi belgilanadi. Mashqlarning soddaligi va murakkabligi ob’ektiv hodisa. Soddalik va murakkablik topshiriqning mazmuniga (bir mavzu doirasida yoki ikkidan ortiq mavzu bo‘yicha tuzilganmi), uning shartida ishlatilgan istilohlar miqdoriga (topshiriq shartida bir yoki undan ortiq istiloh ishlatilganmi) berilgan daliliy materiallar-misollar, matnlarga mutlaqo bog‘liq. Binobarin, bir o‘quv materiali doirasida tuzilgan o‘quv topshirig‘i asosida o‘tkazilgan mashq sodda, ikki yoki undan ortiq o‘quv materiallari doirasida tuzilgan o‘quv topshirig‘i asosida o‘tkaziladigan mashq murakkabdir. Mаntiqiy mаshqlаr quyidagi holatlarda murakkab sanaladi. 31 1. Mashq uchun tuzilgan topshiriqning shartida terminlar qancha ko‘p ishlatilgan bo‘lsa, u shuncha murakkabdir. 4-topshiriq shartida “ot”, “sifat”, “fe’l” istilohlari qo‘llangan. Binobarin, 4-topshiriq asosida o‘tkaziladigan mashq murakkabdir. 2. Agar berilgan o‘quv topshirig‘ini yanada maydaroq o‘quv topshiriqlariga ajratib, mashqni tashkil etish imkoniyati bo‘lsa, bunday mashq (4-topshiriq bo‘yicha o‘tkaziladigan mashq) murakkab hisoblanadi. 4- topshiriqni bir-biriga teng uchta topshiriqqa ajratish mumkin: matnni o‘qib, otlarni ajratib yozing (1); matnni o‘qib, sifatlarni ajratib yozing (2); matnni o‘qib, fe’llarni ajratib yozing (3). Mashq qilish uchun tuzilgan o‘quv topshirig‘i o‘ta murakkab bo‘lganda, oldin ularni ihcham topshiriqlarga ajratib, mashq qilish mumkin. Ixcham topshiriqlar bo‘yicha mashq o‘tkazish va ulardan murakkab mashqqa qarab borish bolalarning til hodisalarini yanada puxtaroq o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi. Mаntiqiy mаshqlаrning “mazmun-invarianti” tushunchasini asoslash ularning mazmun tomoniga diqqat qilishimizni taqozo etadi. Shu tufayli uni mashqning mazmuniy nuqtai nazari deb qarash maqbuldir. Mаntiqiy mаshqlаr o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘p maqsadlidir. Ularning quyidagi ko‘rinishlari farqlanadi: 1. To‘g‘ri va qo‘shimcha maqsad. Mashq qilish yo‘li bilan erishiladigan natija uning to‘g‘ri maqsadidir. 1-topshiriqni bajarish yo‘li bilan o‘tkaziladigan mashqda to‘g‘ri maqsad-bu “ot” to‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirish, malakalarni rivojlantirishdir. Mashq qilish jarayonida to‘g‘ri maqsad bilan birga qo‘shimcha maqsadlarga ham erishiladi. Masalan, berilgan matnni o‘qish, bolalarda yahshi o‘qish malakasi sifatlari rivojlantirilsa, matnni tahlil etib, otlarni ajratib yozish analitik-sintetik faoliyatini o‘stiradi. Yaxshi o‘qish malakasi sifatlarini rivojlantirish, analitik–sintetik faoliyatni yanada o‘stirish qo‘shimcha maqsadlaridir. To‘g‘ri va qo‘shimcha maqsadlar bolalarning “o‘qish faoliyati” nuqtai nazaridan ajratiladi. 2. yaqin va uzoq maqsad. U yoki bu o‘quv topshirig‘i asosida mashq o‘tkazishni ko‘zlab ajratilgan maqsad yaqin maqsaddir. 2-topshiriqning yaqin maqsadi-bolalarning sifat mavzusi bo‘yicha o‘rgangan bilimlarini mustahkamlash, ko‘nikmalarini rivojlantirib malakaga aylantirishdir. YAqin maqsadlarni amalga oshirish yo‘li bilan bolalar xayotga tayyorlanadi. Kelajakka yo‘nalgan istiqbolli maqsad uzoq maqsaddir. Yaqin va uzoq maqsad o‘qituvchining “o‘qitish faoliyati” nuqtai nazaridan ajratiladi. Xususiy va umumiy maqsad. Mаntiqiy mаshqlаrni o‘tkazishdan ko‘zlangan xususiy va umumiy maqsadlarni ona tilidan didaktik loyixalar, masalan, ona tili dasturi tayyorlaguvchilar, darslik mualliflari, o‘quv materiallariga didaktik ishlov beruvchi shaxslar oldindan belgilaydi. Ta’lim turli bosqichlardan iborat. Tasavvur qiling: dars davomida o‘quvchi bolalarni yangi mavzuni o‘rganishga tayyorlash uchun o‘quvchilar oldiga muammo qo‘yadi. Buning uchun darslik materiallaridan yoki o‘qituvchi o‘zi tanlagan so‘z, gap, matnlardan foydalanadi. Bunday ishning maqsadi o‘quvchilarni yangi o‘quv mavzusini ongli o‘zlashtirishga tayyorlashdir.