1.3. Savod o‘rgatishda orfografik mashqlar tizimi Mаntiqiy mаshqlаr tizimi mashq o‘tkazish uchun tuzilgan o‘quv topshiriqlari shartida qo‘llangan nutq vositalari (darak, so‘roq, buyruq gaplar) topshiriq matnida keltirilgan til dalillari, ularni berish tartibi, mashq qilishda o‘quvchilar faoliyatining ishtiroki, o‘rganilayotgan mavzu, u yoki bu mashqdan darsning qaysi bosqichida foydalanish mumkinligini e’tiborga olib bir mashqni ikkinchisidan farqlanadi. Binobarin, mashqning nutq jihatdan shakllanganligi, o‘quvchilar faoliyatining ishtiroki, mashqning mazmuni, dars bosqichlariga bog‘liqligi mаntiqiy mаshqlаrni tasnif etishning o‘lchovlari sanaladi.
Mazmuniga ko‘ra mantiqiy mashqlarning tiplari. Mazmuniga binoan mаntiqiy mаshqlаr rang-barang bo‘lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga ajratamiz: tilni nazariy o‘zlashtirish mashqlari; nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga oid mashqlar.
Fonetik mashqlar. Nutq tovushlari, unli va undosh, jarangli va jarangsiz undoshlar, bo‘g‘in, bo‘g‘in turlari (ochiq va yopiq bo‘g‘inlar), urg‘u mavzulariga oid mashqlar sirasiga kiradi.
Leksik mashqlar. So‘z ma’nolari, so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari, ko‘p ma’noli so‘zlar, so‘z va termin hamda ularning o‘hshash va farqli tomonlari, antonim va sinonimlar, omonimlar lug‘at boyligi, o‘zbek tili leksikasining boyish manbalari kabi nazariy bilimlarni o‘rgatish 41 mustahkamlash maqsadida leksik mashqlardan foydalananiladi.
Grammatik mashqlar. Grammatik mashqlar dastlab ikki guruhga ajraladi: morfologik mashqlar, sintaktik mashqlar. Morfologik mashqlardan so‘zning tarkibi, so‘z yasash, qo‘shimchalar, so‘z turkumlari, mustaqil va yordamchi so‘zlar bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash jarayonlarida foydalaniladi. Turli morfologik hodisalarni– mustaqil va yordamchi so‘z turkumlari, turli morfologik kategoriyalar– turlanish va tuslanish kabi hodisalar bo‘yicha intellektual malakalarni shakllantirishda morfologik mashqlar asosiy omil hisoblanadi.
Orfografik mashqlar tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik hodisalariga bog‘liq holda tashkil etiladi. Bunday mashqlar vositasida ham fonetika yoki morfologiyadan o‘zlashtirilgan bilimlar mustahkamlanadi, ham orfografik malakalar hosil qilinadi.
Topshiriq. So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib, chiziqcha bilan yozing. Murabbo, murabbiya, minnatdor, tashabbuskor, ziddiyat, farzand, zabardast, baxramand, tonggi, tingla, alanga, ingichka, ingramoq, mingoyoq, daryo. Bu topshiriq asosida mashq qilinganda fonetikadan o‘rganilgan bilimlar mustahkamlanib, orfografik malakalar yanada rivojlantiriladi. Shu tufayli uni fonetik-orfografik mashq shaklida qaraymiz. Huddi shunday, leksikadan o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash va orfografik malakalarni shakllantirish harakteridagi mashqni leksik-orfografik mashq sifatida qayd etiladi. Agar mashqda morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlash va orfografik malakalarni shakllantirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u morfologikorfografik mashq sifatida sharhlanadi.