7
To’garak mashg’uloti dars mashg’ulotini takrorlamaydi, balki uni to’ldiradi
va takomillashtiradi. Ona tili kabineti zamonaviy texnika vositalari,
mashhur
tilshunos olimlarning portretlari, donolarning til haqida aytgan hikmatli so’zlari,
DTS talablari, tahlil namunalari, o’quvchilarning diktant, bayon va insho yozishlari
uchun esdalik kabilar bilan jihozlangan bo’lishi, o’quv-metodik majmuani o’zida
mujassamlashtirishi lozim.
Ona tili kabinetida ish qog’ozlaridan namunalar bo’lsa, o’quvchilar uchun
ancha foydali bo’ladi. Metodbirlashma ona tili kabinetini zarur o’quv-tadrisiy
qo’llanmalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berishi lozim.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarga savol-javob kechalari,
uchrashuvlar,
o’tkir zehnlilar mushoirasi, so’zlar olamiga sayohat, ko’rik-tanlovlar o’tkazish
kabilar kiradi. Savol-javob kechasida o’quvchilar o’zlarini
qiziqtirgan savollarga
javoblar olishadi. Kechaga tayyorgarlik 1-1,5 oy oldin boshlanadi. O’quvchilar
maktabda tashkil etilgan qutiga o’zlarini qiziqtirgan savollarni yozib tashlaydilar.
Bu savollar mavzu jihatdan har xil bo’lishi mumkin. Masalan, “Markaziy Osiyo
xalqlarining qadimgi yozuvlari qanday bo’lgan?”, “Lotin alifbosiga o’tish bizga
nima beradi?” v.h.
Muayyan vaqt o’tgach, to’garak a’zoari savollarni yig’ib,
ularga javob
tayyorlaydilar va kechani tashkil etadilar. Uchrashuvlar ham juda katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Unga ona tili darsliklarining mualliflari, mashhur tilshunos-olimlar,
hukumat mukofotiga sazovor bo’lgan ona tili o’qituvchilari taklif etilishi mumkin.
Ayniqsa, bular orasida maktabning sobiq talabalari bo’lsa, ularni taklif etish juda
katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
O’tkir zehnlilar mushoirasining mavzusi ham 1-1,5 oy oldin e’lon qilinadi.
Bellashadigan guruhlar o’zlariga sardor belgilaydilar. Mushoira shartlari asosida har
bir guruh mustaqil tayyorgarlik ko’radi.
Mushoira ona tilining muayyan bir bo’limi yoki bir necha kichik mavzularni
o’z ichiga olishi mumkin. Masalan, “Orfografiya”, “So’zning shakl va ma’no
munosabati”, “Sodda gap turlari” kabi.
8
Ko’rik-tanlovlar ham sinfdan tashqari ishlarning muhim turlaridan biridir. Bu
tadbir vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan tadbir bo’lib,
uni tashkil etishda
o’quvchilarning yoshi, bilim saviyasi hisobga olinadi. Chunonchi, agar boshlang’ich
sinflarda “Kimning xati chiroyli?” kabi mavzular tanlansa, 5-6-sinflarda esa erkin
mavzuda yozilgan insho bo’yicha tanlov o’tkazish mumkin.
Konferensiyalar ancha murakkab tadbirlardan biri bo’lib, u asosan 8 – 9va
undan keyingi bosqichlarda o’tkaziladi. Bunda ham asosiy bosh mavzu oldindan
o’quvchilarga ma’lum qilinadi: bu bosh mavzu kichik mavzularga ajratilib, uning
har biri bo’yicha kimlar tayyorgarlik ko’rishi lozimligi belgilanadi. Bitta mavzu
bo’yicha 3-4 nafar o’quvchi tayyorgarlik ko’rgan bo’lsa,
ulardan biri asosiy
ma’ruzachi, qolganlari qo’shimcha maruzachilar sifatida ishtirok etadilar.
Olimpiadalar ham sinfdan tashqari ishlarning bir turi bo’lib, unga ishtirok
etish ixtiyoriydir. Bu tadbirga kuch sinashishni ixtiyor etgan barcha o’quvchilar
ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada g’oliblari maktab ma’muriyatining buyrug’i
bilan rag’batlantiriladi.
Ona tili olimpiadalari yilda bir marta o’tkaziladigan tadbirdir. Bu tadbirning
birinchi bosqichi maktabda, ikkinchi bosqichi tuman(shahar)da,
uchinchi bosqichi
viloyatda va to’rtinchi bosqichi Respublikada o’tkaziladi.
Xullas, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar alohida-alohida tadbirlar sanalsa-da,
ammo ular o’zaro bog’langan, biri ikkinchisini to’ldiradigan tadbirlardir.
2
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning yuqorida tilga olingan barcha shakllarini
tashkil etishida to’garak a’zolari faol ishtirok etadilar.
2
Mukhamedov, G., Khodjamkulov, U., Shofkorov, A., & Makhmudov, K. (2020). Pedagogical Education Cluster: Content and
Form.
ISJ Theoretical & Applied Science,
1(81), 250-257