Mavzu: Savod o’rgatish jarayonida va unga qo’yoladigan talablar. Mundarija: I. Kirish



Yüklə 374,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix16.06.2023
ölçüsü374,95 Kb.
#131496
1   2   3   4   5   6   7   8
Savod o’rgatish jarayonida va unga qo’yoladigan talablar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5
Mukhamedov, G., Khodjamkulov, U., Shofkorov, A., & Makhmudov, K. (2020). Pedagogical Education Cluster: Content and 
Form. ISJ Theoretical & Applied Science1(81), 250-257 


30 
 
Xulosa. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quv-chilarning qiziqishi, 
istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida 
o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, 
tashabbus-korligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning 
o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular 
mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun 
yangi imkoniyatlar yaratadi. 
Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o‘sib kelayotgan avlodning jamiyat 
hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida 
ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. 
Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab 
chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib 
ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi. 
Maktabda va sinfdan tashqari ishlar jarayonida o‘quvchi-larning bir-biriga 
hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o‘quvchilarning 
bir-biriga bo‘lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O‘quvchi o‘qituvchiga 
taqlid asosida yoki do‘stlari orasida o‘rgangan tarbiyasi muomilasiga ta’sir qilishi 
mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida muomala madaniyatini shakllantirish 
uchun avvalambor o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan muomalasini, e’tiborini o‘rganishi 
kerak. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi 
tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga va 
axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab 
chiqarishi bilan bog‘lanishaga zamin yaratadi. 
Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai-nazari asta-
sekin tarkib topib boradi. U tarbiyalanuvchining hulq-atvori hamda tevarak-
atrofdagi muhitning xilma-xil ta’sirlariga uning munosabatlarini belgilaydi. 


31 
Shaxsning bu tutgan yo‘li qancha aniq va izchil bo‘lsa, tevarak-atrofdagi hayot 
sharoitlarining turlicha salbiy ta’siri shuncha kuchsiz bo‘ladi. 
Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o‘qituvchi-tarbiyachilar, sinf rahbarlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda 
vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining 
xatti-harakatidagi ayrim kamchiliklarni tuzatishga to‘g‘ri keladi. Bu kamchiliklar 
avvalgi tarbiya jarayonida, ko‘pincha oilada tarkib topgan bo‘ladi. O‘qituvchi o‘z 
harakatlarini va ota-onalarning harakatlarini bu kamchiliklarni bartaraf etishga 
qaratishi lozim. Odatda, buning uchun bolalarning oiladagi hayot sharoitlarini 
o‘zgartirish, tarbiyalanuvchilarda noto‘g‘ri xatti-harakatni keltirib chiqaruvchi 
sabablarni mumkin qadar yo‘qotish talab etiladi. 
Shunday qilib, tarbiyalash, o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari 
o‘zaro mustahkam bog‘langan bo‘lib, inson shaxsini tarkib toptirishning bir butun 
jarayonida doimo bir-biriga ta’sir o‘tkazadi. 
Har bir ishning o‘ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo‘lganidek, bola 
tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim qoidalari borki, ularga amal qilish 
tarbiya ishining samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Bu qoidalar tarbiyaviy ishlarning 
mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishni talab etadi. O‘qituvchilar 
o‘quvchilar tarbiyasini hayot bilan bog‘lar ekanlar, ularga o‘zlarida imon-’tiqodni 
tarbiyalash imkonini beradilar. Men ishimni xulosalab quyidagi tavsiyalarni 
beraman: 
1. 
Ma’naviyat ishlari bo`yicha director o`rinbosari qobiliyatli, iste’dodli 
bilimli, maxoratli, o`z ishining ustasi, o`z obro`siga ega bo`lgan bo`lishi kerak. 
2. 
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan xolga keltirish uchun 
tarbiyaning asosi bo`lgan barcha g`oyalar qaytadan ko`rib chiqilishi, asosiy etibor 
bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to`plangan ijobiy tajribadan unumli 
foydalanish zarur. 


32 
3. 
Shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o`quvchilar 
o`rtasidagi bir-biriga xurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga 
mexribonlarcha munosabatda bo`lish kerak. 
4. 
Yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o`rgatish kerak. 
5. 
Shaxsning ma’naviy, axloqiy sifatlarini tarbiyalash kerak. 
6. 
Jamiyatda 
yuksak 
ma’naviy 
fazilatlarni 
kamol 
toptirish, 
shakllanayotgan milliy mafkurani o`quvchi – yoshlar ongiga mukammal yetkazish 
kerak. 
7. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo`nalishiga bevosita raxbarlik 
qilgan xolda o`qituvchilar, sinf raxbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam 
ko`rsatish. 
8. O`quvchilarni tarbiyaviy tadbirlarga jalb qilish va qiziqtira olish kerak. 
9. Tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini oshirish va uning natijasini amaliy 
hayotda tadbiq etish kerak. 

Yüklə 374,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin