10
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolaning ilk maktabdagi
qadamidanoq tarbiyaviy
ishning chinakam jamoatchilik munosabatlarini yaratishga zo‘r imkoniyat
beradigan, bolalarda bir-birlariga g‘amxo‘r munosabatda bo‘lishni tarbiyalaydigan,
individual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadigan
usullarni tanlaydi.
O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda bolalarga o‘zlarini qiziqtiruvchi faoliyat
turini tanlashga yordam beradi. Biroq ko‘pincha kichik yoshdagi o‘quvchilar, yosh
xususiyatlariga ko‘ra, o‘z xususiyatlarini to‘g‘ri baholay olmaydilar.
Bolalarning o‘sishi, ularda jamoatchilik malaka va ko‘nikmalarining
shakllanib borishi o‘qituvchi-tarbiyachining bolalar jamoasiga rahbarlik qilishidagi
jarayonini o‘zgartirib boradi.O‘qituvchi boshlang‘ich sinflardayoq ahil bolalar
jamoasini yaratish asosida sog‘lom jamoatchilik fikrini yaratadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bolalar tarbiyaviy
jamoasini yaratish
sohasidagi ishini yuqori sinflarning sinf rahbarlari davom ettiradilar.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaning tabiiy
sharoitida, ularning jamoa faoliyati jarayonida o‘rganadilar.
Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga biror maqsadga qaratilgan pedagogik ta’sir
vaqtini uzaytiradi, u o‘qituvchiga o‘quvchilarning darslarda egallagan bilimlarini
kengaytirish va chuqurlashtirish, bolalarning
qobilyatini rivojlantirish, ularning
xilma-xil qiziqishlarini qondirish, madaniy dam olishlarini uyushtirish imkonini
beradi. Sinfdan tashqari ish bolalarni jamiyat hayotiga jalb qilishning katta
imkoniyatlariga ega.
Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy
ishlarni olib borish, uni yo‘lga
qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi.
Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy
g‘oyalari bilan ahil, jipslashgan o‘quvchilar jamoasini tuzadi. O‘quvchilar o‘z-o‘zini
idora qilish tizimi maktab o‘quvchilari (jamoasi) tomonidan o‘zining faoliyatida
demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o‘zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Bu to‘g‘ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo‘lga qo‘yish, harakatlar,
tashabbuskorlikning uyg‘unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o‘z
11
zimmasiga mas’uliyat olish kabi ko‘nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar
davrimiz kishisi uchun zarur bo‘lgan qator axloqiy sifatlarni,
chunonchi, jamoat
ishiga va unga qo‘shadigan ulushi uchun shaxsiy mas’uliyat, jamoa manfaatlariga
sodiqlik, o‘zaro munosabatlarda qat’iylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo‘llab-
quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi.
Shuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari
qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat
doirasi keng va ma`naviy o’sishi samarali bo’ladi.
Maktabdan tashqaridagi
tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar, ijtimoiy mehnat
quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik
fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar.
3
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida
kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning
samarali shakl va
uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish
avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini
topib joriy etishga bog`liq. Ushbu Kontseptsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs
kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.
3
Mukhamedov, G., Khodjamkulov, U., Shofkorov, A., & Makhmudov, K. (2020). Pedagogical Education Cluster: Content and
Form.
ISJ Theoretical & Applied Science,
1(81), 250-257