II.BOB. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
va uni o’tkazishning shakl va metodlari
2.1 Boshlang`ich sinflarning tarbiyaviy ishlar tizimida sinf
rahbarining faoliyatini tashkil etish metodikasi
Hozirgi davr talabi maktabdagi o‘quv-tarbiya ishlarini amalga oshirayotgan
pedagogik jamoa oldiga juda katta vazifalar qo‘ymoqda. Maktab yosh avlodning
dunyoqarashini tarkib toptirishi, g‘oyaviy, siyosiy jihatdan chiniqtirishi, yuksak
axloqiy fazilatlarga ega qilishi, mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlashi lozim.
Bu vazifalarni hal qilishda sinf rahbari muhim rol o‘ynaydi. Chunki u bir sinf
sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi
va boshqaradi.Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.
O‘ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu
vazifani bajarayotganda u yolg‘iz o‘zi emas, balki shu sinfda dars berayotgan turli
fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda o‘quvchilarda milliy
dunyoqarash
asoslarini
shakllantiradi,
axloqiy
tarbiyasini
rivojlantiradi. O‘quvchilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf
jamoasini mustahkamlaydi.
2.
O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqish va qobilyatini o‘stirish, har
bir o‘quvchining individual-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga
yo‘naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida
vazifasidir. Ayni paytda har bir o‘quvchining sog‘lig‘ini mustahkamlashga ham
alohida e’tibor beradi.
3.
Sinf rahbarining diqqat markazida o‘quvchilarning darsni yuqori
o‘zlashtirishlarini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o‘quvchining
kundalik o‘zlashtirishidan voqif bo‘lib turadi. Orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida,
kechiktirmay yordam uyushtiradi.
4.
Sinfdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini yo‘naltirib
turadi. Ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini
hamda maktab miqiyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o‘z sinfining faol
qatnashishini ta’minlaydi.
13
5.
Sinf o‘quvchilarining ota-onalari, kuni uzaytirilgan guruhlarning
tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar
bilan yaqin aloqa o‘rnatadi.
6.
Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o‘qituvchilari
o‘rtasida o‘quvchilarga nisbatan yagona talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga
pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7.
Sinf rahbari o‘z sinfidagi turli hujjatlarini: sinf jurnali, o‘quvchilarning
kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
Ko‘rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish
sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy
sifatlariga qo‘yiladigan talablar o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablardan farq qilmaydi.
Lekin, sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatdan andoza oladigan
shaxs bo‘lganligi uchun ham, bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi
bilan tarbiyada alohida rol o‘ynaydi. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi,
avvalo tarbiyachining g‘oyaviy ishonchiga va siyosiyligining darajasiga bog‘liq.
Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam egallab borishi bilan
o‘zining bilimini, ongini oshiradi.
Sinf rahbarining axloqiy obro‘si g‘oyat darajada yuqori bo‘lishi ham bu o‘rinda
muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi.
Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va
xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak
darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o‘z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi,
axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o‘tkazadi. Chunki, tarbiyachilik qobilyati juda ko‘p
sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon-dildan ko‘ngil qo‘yish, bolalarga
bo‘lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, oqil va adolatlilik
namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo‘lishini taqozo
qiladi. Bunga yana tarbiyachilik texnikasi qo‘shilsa, ishda muvaffaqiyat
ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.
14
Sinf rahbarlaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga
rioya qilish, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan
talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo‘lish, ishga ijodiy
yondashish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o‘zi bolalarni
tarbiyalamoqchi bo‘lgan g‘oyaviy-axloqiy barkamollikka mos bo‘lishi kerak.
Tarbiyadagi xatolarning ko‘pchiligiga asosiy sabab, bolaning oldiga qo‘yilayotgan
talablar tarbiyachi xarakterida hamisha ham namoyon bo‘lavermasligidadir.
Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko‘rsatishi muhim
ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ qobilyatga ega bo‘lishi, ro‘y
berayotgan voqea va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog‘lab baholashgina
emas, balki ro‘y berishning sababiga qarab hukm chiqarish qobilyatiga ham ega
bo‘lishi kerak. Sinf rahbari maktabdagi eng yetuk pedagog hisoblanib, u bajaradigan
mehnatining o‘lchovi, chegarasi yo‘q. Uning bilmagan ishi, uddasidan chiqa
olmaydigan sohasi bo‘lmaydi. Su bilan bir qatorda, u beg‘araz, xolis shaxs bo‘lib,
jamoatchihlik asosida ishlaydi. Sinf rahbari pedagoglar, ota-onalar va o‘quvchilarni
o‘zaro bog‘lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtai nazarini hisobga olishi,
harakatlarni bir markazga birlashtirishi, o‘zaro aloqalarning to‘g‘ri bo‘lishiga ta’sir
o‘tkazishi va ayni vaqtda, o‘zining o‘rnini aniq ta’minlay olishi kerak. Mana shu
fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning
muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo‘ladi. Sinf rahbari o‘quvchilarga puxta bilim
berishga, ularning fikrlash qobilyatini faollashtirishga hamisha g‘amxo‘rlik qilib
boradi. Hatto o‘zlashtirish yuqori bo‘lgan sinflarda ham bolalarda ilmga bo‘lgan
qiziqish va muhabbatni o‘stirishga, ta’lim sifatini oshirishga harakat qilishi
zarur.Ayrim maktablarda yuqori o‘zlashtirishga erishish o‘quv, didaktik masala
sifatida maktabda ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga bog‘liq bo‘ladi. O‘qish
jarayonida bolalarda mehnatsevarlik, diqqat, matonat kabi sifatlarni tarbiyalash
bilimni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga yordam beradi.Maktabda olib boriladigan
tarbiyaviy ishlar tizimi to‘g‘ri va bevosita sinfda o‘zlashtirishni ko‘tarishga ta’sir
etadi. Sinf rahbari o‘qituvchilar bilan hamkorlikda bolalarni o‘qishga ongli
munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi. O‘quvchilarning o‘qishlarini nazorat qiladi,
15
darslarga kiradi, kuzatadi va o‘z sinfidagi o‘quvchilar bilan birgalikda sinfda o‘quv
ishlarining sifatini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi. Yuqori sinflarda yuqori
o‘zlashtirish uchun kurash susaymaydi, aksincha u yana ko‘proq ahamiyat kasb etib
boradi.Sinf rahbari maktab o‘qituvchilar jamoasi va pedagogika kengashining
a’zosidir. Sinf rahbarining burchi juda keng va ko‘p tomonlamadir.Sinf rahbari
ishining asosiy qismi o‘quvchilarni o‘rganish, o‘quvchilar bilim sifatini oshirish
hamda ularning tartib-intizomini mustahkamlashdan iborat. Darsdan va sinfdan
tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o‘tkazish, o‘quvchilarning ota-
onalari bilan olib boriladigan ishlar ham sinf rahbarining asosiy vazifalariga kiradi.
O‘quvchilar jamoasi – sinf rahbarining tayanchi. O‘quvchilarni tarbiyalashda
sinf jamoasidagi barcha o‘quvchi-larning bir-birlariga ta’sirlari katta ahamiyatga
ega. Ularning bir-biriga ko‘rsatadigan o‘rnaklari intizomni yaxshilash va
mustahkamlashga xizmat qiladi, ularda xulq madaniyatini, odatini, ko‘nikmasini
hosil qiladi. Sinf rahbari bolalarni odobli qilib tarbiyalashni, ularga andisha bilan
gapirishni, maqbul harakat qilishni o‘rgatishi lozim.
Sinf rahbari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalar ekan, u o‘z faoliyatida
quyidagi talablarga rioya qilishi kerak: – sinf rahbari o‘quvchi ota-onasining
mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim;– sinf rahbari bolalarga
axloqiy me‘yorlarni o‘rgatishi kerak; – gerdayish, manmanlik, ta’magirlik, nodonlik
kabi illatlar o‘qituvchi axloqiga yot sifatlardir;– xalq nazarida olim hisoblanadigan
o‘qituvchilar yomon ishlardan, fisq-u fasoddan o‘zlarini tiya bilishlari zarur.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan to‘g‘ri muomila qila olishi murakkab, nozik
ish. Chunki hozirgi ota-onalarning ko‘pchiligi o‘rta yoki oliy ma’lumotli kishilar,
ular vaqtli matbuot, televidinie, radio orqali ko‘pgina pedagogik axborotlarni bilib
oladilar. Shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, o‘g‘il yoki qiz bola maktabda
o‘zboshimchalik qiladi, lekin oilada hushyor va gapga quloq soladi, yoki aksincha.
Oilada muomalasi qo‘pol, o‘zboshimcha, maktabda esa o‘zini xushmuamala,
intizomli tutadi. Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun bir xil
sabab va to‘g‘ri javobni topish amri mahol. Chunki har bir holatda uning sabablari
turlicha bo‘lishi mumkin. Demak, sinf rahbari va ota-onalarning maqsadlari bir xil
16
bo‘lsa ham, ularning hamkorligi, bir-birini tushunishi, muomala munosabatlari
qarama-qarshiliklarsiz bo‘lmaydi.
Sinf rahbarining faoliyati kamol topayotgan kishi shaxsini tarkib toptirishga
qaratilgandir. Bu faoliyatning natijalari tarbiyalanuvchining qiyofasida, uning
shaxsidagi xususiyatlarida, xarakter va xulq-atvorida o‘z aksini topadi. Tarbiyachi
pedagog
nimaga
intilayotgani
ravshan
va
aniq
tushunilmagan
joyda
tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirishga astoydil intilish bo‘lmaydi, balki
tarbiyada o‘tkaziladigan ish tasodifiy tusga ega bo‘lib, buning uchun ajratilgan
vaqtni to‘ldirish uchungina olib boriladi. Tarbiya faoliyatining maqsadlarini aniq
bilmagan va bu maqsadlarni hisobga olmagan holda to‘la qimmatli tarbiya yo‘q va
bo‘lishi ham mumkin emas. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat
talablariga bog‘liq bo‘lib, bu talablar o‘z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishlarining
hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga
cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.
Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tuzimini takomillash-tirishda
boshlang‘ich maktab muhim o‘rin egallaydi. Ma’naviy axloqiy tarbiya – ma’naviy
ongni bir maqsadni ko‘zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg‘ularni rivojlantirish hamda
xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. Sinf rahbari
o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning quyidagi vazifalarini hal etishi
kerak:
1) Tug‘ilib o‘sgan joyiga, O‘zbekiston Respublikasiga yuksak muhabbat
tuyg‘ularini, uning tabiati va kishilar haqida, Vatanning himoyachilari va mehnat
qahramonlari to‘g‘risida, ota-bobolarimiz, ularni dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan
hissalari to‘g‘risida ko‘proq bilishga intilishni tarbiyalash.
2) O‘quvchilarda Vatanimizning boy tarixi, shuningdek boshqa mamlakatlar
to‘g‘risida, tinchlik uchun kurash haqida, chet ellardagi bolalar tashkilotlari haqida
dastlabki tasavvurlarni hosil qilish.
3) Bolalarda o‘rtoqlik tuyg‘usini, boshqalarga yordam ko‘rsatish ishtiyoqini,
umumiy foyda yo‘lida birgalikda faoliyat ko‘rsatishga intilishni tarkib toptirish.
17
Bolalar o‘rtasida, o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni
rag‘batlantirish, soxta o‘rtoqlik ko‘rinishlariga qarshi kurash olib borish lozim.
4) O‘z so‘zi va va’dasi uchun, o‘qituvchi va jamoa topshiriqlarining bajarilishi
uchun mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalash.
5) Bolalarda kishilarga to‘g‘ri munosabatni, keksalar, bemorlar, nogironlarga
nisbatan e’tibor va g‘amho‘rlikni, xushfe’l va batartib, kamtar va haqgo‘y bo‘lishni
tarbiyalash.
O‘quvchilarni barcha kishilarning yaxshi va yomon xatti-harakatlarini farqlay
olishga, o‘z xatti-harakatlariga va o‘rtoqlarining xatti-harakatiga adolatli baho
berishga o‘rgatishi hamda o‘z kuch-g‘ayratini o‘quvchilarda nopoklik, adolatsizlik,
kishilarga rahm-shafqatsiz bo‘lishga nisbatan salbiy munosabatni tarkib
topshtirishga qaratishi kerak. O‘quvchilarni tarbiyalash o‘qitishga qaraganda ancha
qiyin degan fikrni o‘qituvchilar orasida tez-tez eshitish mumkin. Ma’naviy-axloqiy
tarbiya, ta’lim berish bilan mustahkam aloqada bo‘lgani holda, o‘zining
xususiyatlariga ega. Ma’naviy-axloqiy tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni
tarbiyalashning barcha jarayonlarini bilim berish va o‘rgatish bilan birga qamrab
oladi. Bunday ikkita o‘zaro bog‘langan tomon: hayotni bilish va unga bo‘lgan
munosabatni tarkib toptirish protsesslari ajralib turadi. Hayotni bilish ma’lumot
olishning asosiy funksiyasi, unga bo‘lgan munosabatni tarkib toptirish tarbiyaning
asosiy vazifasini tashkil etadi.
Sinf rahbari faqat ta’lim-tarbiyaning birligini emas, balki ularning
xususiyatlarini ham ko‘ra bilishi muhimdir. Maktabdagi tarbiya inson shaxsini
tarkib toptirish yuzasidan olib boriladigan ulkan ishining bir qismi xolos, u bolaning
ilgarigi tajribalarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, undagi barcha yaxshi
sifatlarni o‘stirib, noto‘g‘ri tasavvurlar, odatlarni tuzatib borishi va bo‘lajak sifatga
zamin tayyorlashi kerak. Ma’naviy-axloqiy tarbiya o‘quvchi maktabni
tamomlagandan keyin ham tugallanmaydi, u butun umr bo‘yi davom etadi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya, ta’lim berish bilan bog‘liq bo‘lgani holda, o‘z
xususiyatlariga, o‘ziga xos vazifalari, uni tashkil etishning forma va metodlariga ega
bo‘lib, maxsus ravishda o‘rganilishi lozim. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy
18
tarbiyalashning muhim sharti ularning o‘quv va o‘qishdan tashqi xilma-xil
faoliyatlarining birligi to‘g‘risidagi tushunchalar bilan bog‘liqdir.
O‘quv va ma’naviy-axloqiy tarbiya faoliyati bir-birlarini to‘ldirishi lozim. Sinf
rahbari tomonidan tarbiyaviy bosqichga rahbarlik qilingan taqdirdagina tarbiyada
biror maqsadga qaratilganlik bo‘lishi mumkin. Ma’naviy-axloqiy tarbiyalash avvalo
tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish protsessiga rahbarlik qilishni taqozo etadi.
Biror maqsadga qaratilgan tarbiya protsessida tarbiyalanuv-chilarning jismoniy
hamda ma’naviy-axloqiy yetukligi o‘sib borishiga qarab ularning mustaqilligi va
ijodiy aktivligi ortib boradi. O‘quvchilar jamoasining ongliligi ortib borishi bilan
tarbiyachining vazifalari o‘zgaradi. Tarbiya davomida tarbiya-lanuvchining
qarashlari, hayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarkib topadi.
Sinf rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik
qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak
davomida nimalar qilish kerakligi, bolalar hayotini nima bilan band qilish va
tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab
muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam
beradi.Tarbiyaga kompleks yondoshish, biror o‘quvchini ham e’tibordan
qochirmaslik sinf rahbari uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari
tarbiya obyekti bo‘lgan bolani yaxshi bilishi, uni yaxlit idrok etishi kerak. Ko‘pchilik
sinf rahbarlari bolani darsda o‘quvchi, musobaqada sportchi sifatida, ya’ni har bir
aniq ish sharoitidan kelib chiqib idrok etadi va shunga ko‘ra muomala qiladi, bola
shaxsining boshqa tomonlari esa hozircha hisobga olinmaydi. Ammo har bir
bolaning o‘z tajribasi, o‘z emotsional madaniyat darajasi, qadrlaydigan narsalar,
ehtiyotlari, talablari, umidlari, aloqalari, munosabatlari kabi butun bir dunyosi bor.
Tarbiyada ana shular hisobga olinishi kerak. Sinf rahbari o‘z o‘quvchisining ichki
dunyosini, kechinmalarini, hulqida vujudga kelayotgan holatlarning sababini,
irodasini yaxshi bilsagina uning qalbiga yo‘l topa oladi va bolaga ta’sir etishning
to‘g‘ri yo‘lini aniqlaydi. Ana shunday sifatlarga e’tibor bergan sinf rahbari tarbiyada
yetakchi o‘rinni egallaydi.
19
Shuni ham unitmaslik kerakki, bolaga tarbiyaviy ta’sir etuvchi omillar hozirgi
davrda g‘oyat darajada ko‘paydi: oila, keng jamoatchilik, radio, televideniya, kino,
teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar.
Sinf rahbarining bolaga tarbiyaviy ta’sir etishdagi yetakchilik, birdamlik rolini
tarbiyaviy ta’sirning bu qadar ko‘p tarmoqlari orasida saqlab qolish g‘oyat
qiyinlashib boryapti. Ba’zan bolaga tarbiyachidan ko‘ra o‘rtog‘i, qo‘shnisi,
ko‘chadagi do‘stlari kuchliroq ta’sir etishi hollariga duch kelamiz. Ammo buning
aksi bo‘lgan taqdirdagina tarbiyada muvaffiqiyatga erishiladi. Bunga esa
tarbiyachining nuqtai nazari ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki, har bir bolada
ma’lum kurtaklar: yaxshilik va poklik bilan bir qatorda salbiy, aktivlik va passivlik
sifatlari mavjud. U munosabatlarga e’tibori jihatidan ham har xil sifatlarga ega. Agar
tarbiyachi unga optimistik nuqtai nazardan yondashsa, bola yaxshilikka intilib,
uning umidini oqlaydi va aksincha, bolaga oldindan noshud, yalqov, tartibsiz deb
qaralsa hamda o‘jarlik va terslik bolaning sifati deb hukm chiqarilsa, u holda
tarbiyalanuvchi o‘zini xuddi shunday qilib ko‘rsatadi. Natijada u bu borada ham
tarbiyachining «umidini oqlaydi».
Sinf rahbari bolalarni yaxshi bila olishi uchun ularni o‘rganish darsda, darsdan
tashqari vaqtlarda umuman bolaning hayoti o‘tadigan barcha sharoitlarda amalga
oshiriladi. Bolani o‘rganish bilan sinf rahbari uning individual xususiyatlari haqida
aniq ma’lumotga ega bo‘ladi.
Bolaning
individual
xususiyati
uning
xulqiga,
o‘zlashtirishiga,
munosabatlariga, jamoadagi o‘rniga ta’sir etadi. Shu boisdan ham jamoadagi
individlar tarbiyalanayotganda alohida o‘quvchini unitish yaramaydi. Chunki sinf
rahbari ko‘pgina tashkiliy ishlarni uyushtirishda kimga suyanish, kimga qanday
vazifa yuklash, kimga mustaqillik berish va kimga muntazam yordam berish
kerakligini faqat ularning individual xususiyatlarini yaxshi bilish tufayligina bexato
aniqlaydi. Demak, individual munosabat bolaga tarbiyaviy ta’sir etishning eng
samarali yo‘lini topish imkoniyatini beradi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari butun sinf jamoasini ham o‘rganishi
kerak. Sinf rahbari o‘ziga berilgan sinfni qabul qilib olishi bilan bolalar haqida
20
ko‘pgina ma’lumotlarni aniqlaydi. Bu ma’lumotlar bolaning oilasidan,
o‘qituvchilaridan, o‘rtoqlaridan olinadi va tarbiyaga yagona ta’sir birligi ham shu
asosda vujudga keladi.
Mana shu o‘rinda bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar masalasiga alohida e’tibor berish lozim. Bu uchlik markazida bola,
ya’ni o‘quvchi turadi, maktab va oila esa unga ikki tomondan ta’sir etadi. Ayni
vaqtda bola maktab bilan oilasidagi aloqani ta’minlovchi vosita rolini ham bajaradi.
Lekin uning maktab haqidagi oilaga yetkazadigan ma’lumotlari hamisha ham
haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi va u hatto kundalik orqali beriladigan axborotlarni
ham o‘zicha talqin etib beradi. Ko‘pincha oila bilan maktab o‘rtasida vujudga
keladigan anglashilmovchilik ham mana shu tufayli ro‘y beradi. O‘quvchi
kattalarning o‘zi bilan muomola qilayotgan vaqtdagi pozitsiyasini solishtirib ko‘rish
orqali ma’lum xulosaga keladi va o‘ziga hukm chiqaradi. Xuddi shu hol uning
xulqida o‘z aksini topadi va u bir gal o‘qituvchining, boshqa vaqt ota-onasining
tarbiyasini oladi. Hatto eng vijdonli bolada ham bu holning ro‘y berishi tabiiydir.
Ana shu holatning vujudga kelmasligi uchun ota-onaga yordam berish,
o‘qituvchi bilan ota-ona o‘rtasidagi hamkorlikning to‘g‘ri bo‘lishida oila tarbiyasiga
rahbarlik qilish zarur. Buning uchun u har bir oilani har tomonlama o‘rganishi kerak.
Sinf rahbari har bir o‘quvchisi oilasiga individual munosabatda bo‘lishi uchun
quyidagilarni o‘z ichiga olgan dasturga ega bo‘lishi kerak:
1.
Oila haqida umumiy ma’lumot: oila tarkibi, kattalarning ish joyi, kasbi,
oilaning moddiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi, uy-joy sharoiti.
2.
Oilaning madaniy darajasi: oila a’zolarining ma’lumoti, oilaviy
kutubxona bor-yo‘qligi, qanday matbuotga yozilishi, an’analari va oilaviy
bayramlar.
3.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari: ota-onaning bolaga va bolaning ota-
onaga munosabati, ularning insoniy yetukligi, bolalarning o‘z ota-onalarining kasbi
haqidagi tushunchalari, oilada salbiy ta’sirning bor-yo‘qligi.
21
4.
Bolaga oiladan tashqarida ko‘rsatilayotgan ta’sirlar va ota-onalarning
ularda munosabati, o‘rtoqlari, hovli, ko‘cha, qo‘shnilar, ota-onaning tanishlari,
qarindoshlar va boshqalar.
Sinf rahbari tarbiyaviy ishining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning bolalar ichki
dunyosiga chuqur singib kirishiga, ularning kechinmalari hamda xulq-atvorini
tushunishiga bog‘liqdir. O‘quvchining nima bilan yashayotganligini, uning qiziqishi
va mayillari qandayligi, irodasining o‘ziga xosligi hamda xarakteri xususiyatlarini
o‘rganish uning qalbiga mumkin qadar ishonchli yo‘l topish, unga tarbiyaviy ta’sir
etishning maqbul metodlaridan foydalanish demakdir.
Tarbiyachi o‘quvchining individual xususiyatlarini yaxshi o‘rgangan va
tushungan taqdirdagina, bu o‘quvchi shaxsini muvaffaqiyatli tarbiyalab yetishtira
oladi. O‘quvchilarni o‘rganish o‘qituvchining, ayniqsa sinf rahbarining vazifasidir.
U o‘quvchilarni faqat darsdagina emas, balki sinfdan tashqi vaqtda ularga tarbiya
berish davomida ham, o‘quvchilar uylariga borganda ham, har xil ekskursiyalar
vaqtida ham o‘rganadi.
Sinf rahbari sinfni qabul qilib olgandan keyin, uning birinchi ishi, odatda,
o‘quvchilarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bu ish uning o‘ziga biriktirilgan sinfdagi butun ish faoliyati mobaynida davom
etadi va uning tarbiyaviy ishi tizimida muhim bir tomonni tashkil etadi.
O‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning xulqlari va mayllarini, ular
olgan tarbiya darajasini bilgan holda, ma’lum maqsadga qaratilgan va ta’sirchan reja
tuzish oson bo‘ladi. O‘quvchilarni o‘rganish ko‘p vaqt va kuch talab etadi. Ammo
keyinchalik bular hammasi katta natijalar beradi. Sinf rahbari o‘quvchilarni,
ularning xususiyatlarini bilgan holda, ular kamoloti jarayonini muvaffaqiyatli tarzda
yo‘lga solib ketishi mumkin bo‘ladi. O‘quvchilarni o‘rganishga boshqa o‘quvchilar,
yetakchilar va ota-onalar jalb etiladi.
Bunda o‘qituvchilar hamda sinf rahbarlari ishidagi munosiblikka rioya qilish
juda muhimdir. O‘quvchilarni o‘rganish natijalari bilan barcha o‘qituvchilarni
tanishtirib borish zarur. Shu bilan birga ularning har qaysi o‘quvchi to‘g‘risida
bilganlarini ham hisobga olish lozim. Bular o‘quvchilarga tarbiya berish jarayonida
22
ularga bir xilda talablar qo‘yish va ularga bir xil muomola qilishga erishishga
yordam beradi. O‘quvchilarni o‘rganish ularga induvidual yondashishining zarur
shartidir. O‘quvchilarni ularga ta’lim va tarbiya berish jarayonida har qaysi
o‘quvchiga indivudual yondashishga erishish maqsadida o‘rganish lozim.
O‘quvchilar o‘z xarakteriga, qiziqishi va mayliga ko‘ra bir xil emas. Ulardan bir
xillari bir muncha chaqqon, boshqa bir xillari esa sustkash, uquvsiz, ba’zi
o‘quvchilar jasur va shijoatkor, boshqa birlari esa uyatchan va tortinchoq bo‘lishadi.
Ba’zi bir o‘quvchilar o‘z tashkilotchiligi va qa’tiyligi bilan ajralib tursa, boshqa
birlarida esa bu xususiyatlar mavjud emas. Xullas, sinf bir biriga o‘xshamagan, turli
xususiyatdagi bolalardan tashkil topgan bir jamoadir. Sinfda tashqi ko‘rinish
jihatidan bir-biriga o‘xshash bolalar bo‘lmagani singari, o‘z ichki xususiyatlari
jihatidan bir biriga o‘xshaydigan bolalar ham bo‘lmaydi. Ularning xarakteri,
qiziqishlari, kayfiyatlari va xohishlari, ularning xulq-atvorlari sabablari, ko‘nikma
va malakalari, odatda, turlicha bo‘ladi. Har qaysi o‘quvchi o‘ziga xos, boshqalarga
o‘xshamaydigan xususiyatga ega bo‘ladi. U alohida shaxs sifatida kamol topib
boradi.Odatda sinf rahbari sinfdagi barcha o‘quvchilarga nisbatan yagona tarbiyaviy
vazifalar qo‘yadi va hal etadi. Masalan, u o‘zining barcha o‘quvchilarini
mehnatsevarlikka, bir jon, bir tan bo‘lishiga, haqqoniylikka o‘rgatishga harakat
qiladi. Ammo bu vazifalarni hal etish yo‘llari, vosita va metodlari o‘quvchilarning
induvidual xususiyatlariga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning ba’zilarini o‘z
vaqtida rag‘batlantirish, ba’zilariga buyurish, xulq-atvor qoidalarini buzgan
o‘quvchilarni jazolash darkor. Buning uchun esa ularni chuqur va har tomonlama
o‘rganmoq zarur. Sinf rahbari o‘z o‘quvchilarini bilmasa, u o‘quvchilarga
yondashishda, pedagogik ta’sir ko‘rsatish metoddarini tanlashda katta xatolarga yo‘l
qo‘yishi mumkin.O‘quvchilarga individual yondashishning amalga oshirishi tarbiya
va ta’lim berish prinsiplaridan biridir. Bu tamoyil o‘qituvchilar va sinf
rahbarlarining o‘quv-tarbiyaviy ish tajribalarida bolalarni sevish va hurmat
qilinishing nomoyon bo‘lishi, ularning kamoloti to‘g‘risida kundalik g‘amxo‘rlik
qilish asosida keng qo‘llanadi.
23
Tarbiyachi o‘quvchilar jamoasini tarbiyalar ekan, hech qaysi o‘quvchini
nazardan chetda qoldirmasligi darkor. O‘quvchilarning xulq-atvori, tartib-intizomi,
o‘zlashtirishi ko‘p jihatdan ularning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Ba’zi bir
o‘quvchi o‘zining o‘qishga bardoshsizligi tufayli darslarga ulgurmasligi, ikkinchi
birining darsda yaxshi javob berishga jur’atsizligi, tortinchoqligi halaqit berishi,
yana birining yaxshi o‘qishiga vaqtida o‘zlashtirmaganligi sabablarini bilgan
taqdirdagina, uning oldini olish borasida real va ta’sirchan tadbirlar qo‘llash mumkin
bo‘ladi.
1. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini hamisha va hamma holda hisobga
olmoq zarur.
O‘quvchilarga individual yondashish bu har qaysi o‘quvchining
xususiyatlariga faol tarzda moslashish emas. Bu eng avvalo har qaysi o‘quvchining
individual xislatlarini, uning psixologik taraqqiyoti xususiyatlarini, uning shaxsiy
tajribasini hisobga olgan holda unga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning yanada samarali
yo‘llarini faol ravishda qidirib topishdir. Bunday yondashishga faqat tarbiyalash va
o‘qitish qiyin bo‘lgan o‘quvchilargina emas, balki istisnosiz hamma o‘quvchilar
muhtojdir,
tarbiyachining,
o‘qituvchining vazifasi faqat qoloqlarni va
intizomsizlarni ilg‘orlar va intizomlilar qatoriga yetkazib olishdangina iborat emas,
balki shu bilan birga barcha o‘quvchilarning, jumladan, eng yaxshi, intizomli,
bilimli, san’atga havasmand bolalarning ham aqliy, ham jismoniy quvvatlarini va
tashkilotchilik qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir.
2. O‘quvchilarni o‘rganib, ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish.
O‘quvchi shaxsini o‘rganish ham piravord maqsad emas, balki ularga ta’lim-
tarbiya berish uchun zaruriy shart-sharoitdir. Odatda tajribali sinf rahbarlari
o‘rganayotib tarbiya berish, tarbiyalayotib o‘rganib borish qoidasiga amal qiladilar.
O‘quvchilarni o‘rganishi bu tarbiyachilar uchun muvaffaqiyatli tarbiyalashning
zaruriy shart-sharoiti bo‘lib xizmat qiladi, tarbiyalash esa o‘z navbatida
o‘quvchilarni kamol toptirish jarayonida ularni o‘rganishning asosiy yo‘llaridan biri
sinfdatida foydalaniladi. O‘quvchilarni o‘rganish borasidagi ishlar shaxsning kamol
topishida tabiiy tarzda faol ishtirok etish bilan, o‘quvchilarda zaruriy ma’naviy
24
xislatlar va xarakter xususiyatlarini tarkib toptirish bilan organik ravishda qo‘shilib
ketadi. Sinf rahbari o‘quvchilar xulq-atvoridagi ijobiy xislatlarni rivojlantirish,
salbiy xususiyatlarga barham berishni “loyihalashtiradi”.
3. O‘quvchilarni o‘rganishni rejali tarzda va muntazam olib borish darkor.
O‘quvchi xulq-atvoridagi yakka-yarim uchraydigan va tasodifiy voqealarni
emas, balki uning shaxsida juda ko‘p uchraydigan tipik xususiyatlarni o‘rganmoq
kerak. Shuni hisobga olish kerakki, o‘quvchilar hamma vaqt o‘sib kamol topib
boradilar. Ularning qiziqishlari doim o‘zgarib boradi, ularning ichki dunyolari
doimo boyib boradi. Shuning uchun ham o‘quvchilarni faol rivojlanishga o‘rgatmoq
va bu rivojlanishni boshqarib borish zarur.
Bolalarni o‘rganish ularga tarbiya va ta’lim berish sifatini oshirishga
bo‘ysindirilmog‘i lozim. O‘quvchilarni muntazam tarzda o‘rganish asosida
boshlang‘ich jamoaga hamda alohida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishining
yanada samarali usul va metodlarini tanlab olishga ijodiy yondashish mumkin
bo‘ladi. O‘quvchilarning individual xususiyatlari, mayllari hamda qiziqishlarini
qayd qilib berish bilangina cheklanib qolish noto‘g‘ri bo‘lur edi. Bu o‘rganish
asosida o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, bular bilan olib
boriladigan tarbiyaviy ishini tashkil etish muhimdir. O‘z o‘quvchilarini yaxshi
o‘rganish demak, tashqi tomoniga emas, balki ular hulq-atvor sabablarini
o‘rganishga e’tibor berish kerak.
4. O‘quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o‘rganish.
O‘quvchini ta’lim jarayonida ijtimoiy foydali hayotga va jamoat ishiga jalb
qilish lozim. O‘qituvchilarning o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-onalar
va tevarak-atrofidagi kishilar bilan munosabatlarga kirishini o‘rgatish juda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu munosabatlar jarayonida shaxs yanada to‘la ochiladi.
O‘quvchilarni tabiiy hayot va kundalik xatti-harakat jarayonida o‘rganish ularga
haqiqiy baho berishga yordam beradi.
5. O‘quvchilarni xilma-xil metodlar va usullar bilan o‘rganish.
O‘rganish metodlari qanchalik turli-tuman bo‘lsa, o‘quvchilarni shunchalik
to‘la va asosli o‘rganishi mumkin bo‘ladi. Ayni bir vaqtda qo‘shimcha metodlar
25
sifatida o‘quvchilar bilan, o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlardan foydalani-
ladi. O‘quvchilarni o‘rganish metodikasi ta’sirchan bo‘lmog‘i kerak. O‘quvchini
o‘rganish uning xarakteri va hulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarining oldini olish
hamda ijobiy xislatlarni mustahkamlash yo‘llarini belgilab olishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
4
6. O‘quvchilarni o‘rganib, ular hayoti va turmush sharoitlari bilan tanishish.
O‘quvchilarning axloqiy xislatlari, uning yutuqlar va kamchiliklari shakllanishida,
eng avvalo uning ta’lim va tarbiya olish jarayonida ijtimoiy uy sharoiti, tevarak-
atrofi ham ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarni o‘rgatish dasturi ularni faqat maktab-
dagina emas, balki shu bilan birga uy sharoitida, oilada ham o‘rganishni nazarda
tutmog‘i darkor.
7. O‘quvchining alohida xususiyatlarini emas, balki butun shaxsini o‘rganmoq
darkor.
Sinf rahbari tarbiyaviy ishning turli bosqichlarida o‘quvchi xulq-atvorining ayrim
tomonlarini o‘rgatishga e’tiborini qaratishi mumkin. O‘quvchini har tomonlama
o‘rganishga erishmoq uchun dasturni oldindan yaxshi o‘ylab tuzish, o‘quvchilarni
o‘rganish rejasini, suhbat savollarini, insholar mavzularni tayyorlab olish zarur.
4
Mukhamedov, G., Khodjamkulov, U., Shofkorov, A., & Makhmudov, K. (2020). Pedagogical Education Cluster: Content and
Form. ISJ Theoretical & Applied Science, 1(81), 250-257
|