27
4.Jamoada yangi an`ana, qonun-qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va
unga amal qilish;
5.Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta`siri ko’p
darajada
o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil
ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog`liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy
dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda
birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi,
ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari ishlar
shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning
eng muhim omilidir.
Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma`naviy axloqiy
bilimlar tizimi, ishonch, e`tiqod, intizom, xulq-atvorni
bir butun holatini tashkil
etadi. Mustaqil O’zbekistoning, istiqlol va istiqboli uchun fidoiylik ko’rsatuvchi
avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o’zgacha xarakter kasb etmoqda:
•
fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini
anglab oluvchi;
•
vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;
•
diniy bag`rikenglik va mehr-muravvatli bo’lish;
•
davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo’lish;
•
o’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;
•
yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda;
•
maqsadni aniqligi va uni to’g`ri yo’naltirish madaniyati;
•
tarbiyachi-o’qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati;
- o’zini anglash, mustaqil fikrlovchi e`tiqodligi va ixtiyorlik.
Maktabgacha ta`lim muassasa tarbiyachilarini tarbiyachilik faoliyati va uni amalga
oshirish metodikasini «Uchinchi ming yillikning bolasi» qo’llanmasidan
foydalanishni tavsiya etamiz.
28
Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, “Milliy
istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi”dagi g`oyalarni bolalarning
ongida o’ziga xos va mos ravishda singdiradi.
- Xalqimizning boy ma`naviy, an`ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan
foydalanish.
- O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-
e`tiqodni tarbiyalash.
- YUrt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
- Mehrli-muruvvatli va bag`ri kenglik.
Ayniqsa bog`cha va kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ta`limiy-
tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: o’quvchilarda hayotiy
tajribalarning kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida
hodisalarga qiziqish, «yaxshi»,
«yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar.
Boshlang`ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy
faoliyatini rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egadir:
1. Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o’rganish.
2. O’quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va
vazifasini qanday his etishi.
3. Kundalik o’zgarishlarga o’quvchilarshshg munosabati.
4. O’quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an`analar haqidagi bilim darajasi.
5. Qomusiy ma`rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir,
yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari. Mazkur qoidalar bog`chada sodda
holda qo’llaniladi.
Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o’rinlidir.
SHundagina har bir o’qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir-biriga o’xshamagan
tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta`sirga ega
bo’lib maqsadga erishtira oladi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:
1. Vatanga muhabbat va insonparvarlik.
2. Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.
29
3. Ma`naviy tarbiya (axloq va odob).
4. Iqtisodiy tarbiya.
5. Ekologik tarbiya.
6. Go’zallik tarbiyasi.
7. Jismoniy barkamollik (sog`lom avlod uchun).
8. Ota-onalar bilan ishlash.
Yuqoridagi omillarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga
javob berishi kerak.
1. Tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga javob berishi.
2. Tanlangan mavzular milshy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo’lishi.
3. Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilgan bo’lishi.
4. Mavzular o’quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo’lishi.
Tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy
tushuncha va tamoiyllari» dasturi. O’zbekiston Respublikasi «Kamolot
ijtimoiy
harakati» dasturi mos qilib olindi. Quyidagi keltirilgan reja tahminiy bo’lib, o’z
shart-sharoitingizga qarab ijodiy o’zgarishlar kiritish mumkin.
5
Dostları ilə paylaş: