Mavzu. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor (1 ma’ruza) Reja


Ijtimoiy normalar, sanktsiyalar va shaxs



Yüklə 476,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/31
tarix26.12.2023
ölçüsü476,88 Kb.
#197704
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Ma\'ruza matni. 11-12- mavzu Shaxs ijtimoiylashuvi

Ijtimoiy normalar, sanktsiyalar va shaxs. 
Ijtimoiy norma-
shaxs
hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‗z 
a‘zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‗pchilik tomonidan e‘tirof 
etilgan harakatlar talablaridir. Masalan, o‗zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan 
insonning kim bo‗lishidan kat‘iy nazar, «Assalomu alaykum» deb kelishi-norma;
o‗quvchining o‗qituvchi bergan topshiriklarni bajarishi lozimligi-norma; xotinning 
er xurmatini o‗rniga qo‗yishi, kaynonaga gap qaytarmaslik-norma; avtobusda yoki 
boshqa jamoat transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o‗rin bo‗shatishi-
norma va xokazo. Bu normalarni ayrim-alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir 


kun yoki bir vaziyatda ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo‗lishi ijtimoiy 
tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko‗pchilik tomonidan e‘tirof etilganligi fakti bilan 
xarakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va ijtimoiy guruh psixologiyada 
muhrlanadi. 
Ijtimoiy normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vaqili bo‗lmish shaxs 
tomonidan kay darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi ijtimoiy 
sanktsiyalar orqali nazorat qilinadi.
Ijtimoiy sanktsiyalar

normalarning shaxs xulqida namoyon bo‗lishini nazorat 
kiluvchi jazo va rag‗batlantirish mexanizmlari bo‗lib, ularning borligi tufayli biz 
har 
bir 
alohida 
vaziyatlarda 
ijtimoiy 
xulq 
normalarini 
buzmaslikka, 
jamoatchilikning salbiy fikri obyektiga aylanib qolmaslikka harakat qilamiz. 
Masalan, yuqoridagi misolda, agar jamoat transportida katta mo‗ysafid kishiga
o‗rin bo‗shatishni norma deb qabul kilmagan o‗smirga nisbatan ko‗pchilikning 
ayblov ko‗zi bilan qarashi, yoki og‗zaki tanbex berishi, juda kam hollarda o‗zini 
bebosh tutayotgan o‗smirning qo‗lidan tutib, nima qilish kerakligini o‗rgatib, 
«ko‗zini moshday qilib ochib qo‗yish» ijtimoiy sanktsiyaning hayotdagi bir 
ko‗rinishidir. 
Har bir alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan 
ijtimoiy normalar va sanktsiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarishi mobaynida 
xulqida namoyon etadi.

Yüklə 476,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin