Mavzu. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor (1 ma’ruza) Reja



Yüklə 476,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/31
tarix26.12.2023
ölçüsü476,88 Kb.
#197704
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Ma\'ruza matni. 11-12- mavzu Shaxs ijtimoiylashuvi

Shaxs nazariyalari
. Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning 
rivojlanishi to‗g‗risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo‗lib, tadqiqotchilar inson 
shaxsini o‗rganishda turlicha pozisiyada turadilar va muammo mohiyatini 
yoritishda o‗ziga xos yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga 
biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik 
kabilarni kiritish mumkin.Ularni quyidagi tizimda yaqqol ko‗rish imkoniyatini 
beradi. 
Biogenetik nazariyaning negizida yetilish bosh omil sifatida qabul qilingan 
bo‗lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan 
o‗zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh 
omili biologik determinantlarga (aniqlov-chilarga) qaratiladi va ularning 
mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi. Taraqqiyot 
jarayonining o‗zi biologik etilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va 
talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf qilishgan, 
biogenetik qonuniyat fanning taraqqiyoti nazariyani tashkil qilganda hamda 
antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‗ynagan. Biroq 
fanning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo‗pol 
xatoliklarga yo‗l qo‗yilgan. Jumladan, biologik qonunga ko‗ra shaxs 
psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyatni tarixiy 
taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‗oya 
edi. Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan bo‗lmish amerikalik 


psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb "rekapitulasiya 
qonuni"ni (filogenezni qisqacha takrorlanishini) hisoblaydi. Uning fikricha
ontogenezdagi 
individual 
taraqqiyot 
filogenezning 
muhim 
bosqichlarini 
takrorlaydi. Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitusion 
psixologiyasi" (inson tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari 
tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negizida bir qancha 
biologik omillarni (masalan tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, 
insonning jismoniy tipi bilan psixologik xususiyati o‗rtasida uzviy bog‗liqlik 
mavjud deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va 
uning bir boshida sikloid toifasiga xos (tez qo‗zg‗aluvchi, his-tuyg‗usi o‗ta 
barqaror), ikkinchi uchida shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin 
kirishuvchi, his-tuyg‗usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u 
shaxs rivojlanishi davriga ko‗chirishga harakat qiladi, natijada o‗smirlarda sikloid
Biogenetik nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, S.Xoll 
taraqqiyotning biologik modeliga asoslanib ish ko‗radilar va bu jarayonda 
muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o‗zaro o‗rin almashinib turadi, 
degan xulosaga keladilar. Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol 
ko‗rinishi Zigmund Freydni shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz 
biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u 
jinsiy maylga (libidoga) bog‗liqdir.

Yüklə 476,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin