A. Maslou piramidasi
Shaxsning yo‘nalganligi
Shaxsning faoliyatini yo‘naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga
nisbatan bog‘liq bo‘lmagan barqaror motivlar majmui kishi shaxsining
yo‘naltirilganligi deb ataladi.
Yo‘nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil etadi:
Mas’uliyat.
Bu ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi
muhim ko‗rsatgichlardan sanaladi. Ohirgi yillarda psixologiyada
nazorat lokusi
nazariyasi(teoriya lokusa kontrolya)
keng tarkaldiki, unga ko‗ra, har bir insonda
ikki tipli mas‘uliyat kuzatiladi. Birinchi tipli mas‘uliyat shundayki, shaxs o‗zining
hayotida ro‗y berayotgan barcha hodisalarning sababchisi, mas‘uli sifatida faqat
o‗zini tan oladi.(«Men o‗zim barcha narsalarga mas‘ulman. Mening hayotim va
yutuqlarim faqat o‗zimga bog‗liq, shuning uchun o‗zim uchun ham, oilam uchun
ham o‗zim javob beraman»). Mas‘uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha
ro‗y bergan va beradigan vokea, hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa
odamlar(ota-ona, o‗qituvchilar, hamkasblar, boshliklar, tanishlar va boshq.).
Xorij mamlakatlarda o‗tkazilgan tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, ikkinchi turli
mas‘uliyat ko‗proq o‗smirlarga hos bo‗lib, ulardan 84% mas‘uliyatni faqat
boshqalarga yuklashga moyil ekanlar. Bu ma‘lum ma‘noda yoshlar o‗rtasida
mas‘uliyatsizlikning avj olganligidandir. SHuning uchun ham «nazorat lokusi»
tushunchasini fanga kiritgan amerikalik olim Dj. Rotter(J. Rotter) ning fikricha,
mas‘uliyatni o‗z bo‗yniga olishga o‗rgatilgan bolalarda xavotirlik, neyrotizm,
konformizm holatlari kam uchrarkan. Ular hayotga tayyor, faol, mustaqil fikr
yurituvchilardir. Ularda o‗z - o‗zini xurmat hissi ham yuqori bo‗lib, bu boshqalar
bilan ham hisoblashish yashashga sira halakit bermaydi. SHuning uchun
ijtimoiylashuvning muhim bosqichi kechadigan ta‘lim muassasalarida yoshlarga
ko‗proq tashabbus ko‗rsatish, mustaqil fikrlash va erkinlikni his qilishga sharoit
yaratish kerak.
Dostları ilə paylaş: