oilada,
oilaviy munosabatlar
tizimida shakllanadi. SHuning uchun ham halqimizda
«Qush uyasida ko‗rganini qiladi» degan maqol bor. Ya‘ni, shaxs sifatlarining
dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip jamiyatdagi boshqa guruhlar ta‘sirida
saykal topib, takomillashib boradi. Bizning o‗zbekchilik sharoitimizda oila bilan
bir qatorda
mahalla
ham muhim tarbiyalovchi-ijtimoiylashtiruvchi rolь o‗ynaydi.
Shuning uchun bo‗lsa kerak, ba‘zan odamning kaysi mahalladan ekanligini
surishtirib, keyin xulosa chiqarishadi, ya‘ni mahalla
bilan mahallaning ham farqi
bo‗lib, bu farq odamlar psixologiyasida o‗z aksini topadi. Masalan, bitta
mahalladan yaxshi kelin chiqsa, aynan shu mahalladan kiz kidirib qolishadi. Ya‘ni,
shu mahalladagi ijtimoiy muhit kizlarning iboli, aqlli, sarishtali bo‗lib
yetishishlariga ko‗maqlashgan. Masalan, ayrim mahallalarda sahar turib ko‗cha-
eshiklarni so‗purish odatga aylangan va barcha oilalar shu udumni b o‗zmaydilar.
SHunga o‗xshash normalar tizimi har bir ko‗cha-mahallaning bir-biridan farqi,
afzallik va kamchilik tomonlarini belgilaydi, ohirgilar esa shu mahallaga katta
bo‗layotgan yoshlar ijtimoiylashuvida bevosita ta‘sirini ko‗rsatadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv o‗choqlariga
maktab va boshqa ta’lim
maskanlari
kiradi. Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari mahsus
tarzda uyg‗unlashtiriladi. Bizning ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni
biz ta‘lim oladigan, bola bilimlar tizimini o‗zlashtiradigan maskan sifatida qabul
qilamiz. Lekin aslida bu yer ijtimoiylashuv tarbiyaviy
vositalarda yuz beradigan
maskandir. Bu yerda biz ataylab tashkil etilgan, ohirgi yillarda joriy etilgan
«Mahnaviyat darslari», «Etika va psixologiya» kabi tarbiyalovchi fanlarni nazarda
tutmayapmiz. Gap har bir darsning, umuman maktabdagi shart-sharoitlar, umumiy
muhitning tarbiyalovchi rolьi xakida. Masalan, dars paytida o‗qituvchi butun
diqqati bilan yangi darsni tushuntirish bilan ovora deylik. Uning nazarida faqat
dars, mavzuning mazmuni va undan ko‗zlangan maqsad asosiyday. Lekin, aslida
ana shu jarayondagi o‗qituvchining o‗zini qanday tutayotganligi, qiyim-boshi,
mavzuga subyektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi o‗quvchilarga
munosabati hamma narsani belgilovchi, ijtimoiy tajriba uchun muhim ahamiyatga
ega bo‗lgan omildir. Shu nuqtai nazardan o‗quvchilar didi,
kutishlari va
talablariga javob bergan o‗qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa
o‗qituvchining ta‘siri faqat salbiy rezonans beradi. Xuddi shunday har bir sinfda
shakllangan muhit ham katta rol o‗ynaydi. Ba‘zi sinflarda o‗zaro hamkorlik,
o‗rtoqchilik munosabtlari yaxshi yo‗lga qo‗yilgan, guruhda ijobiy munozaralar va
bahslar uchun qulay sharoit bor. Bu muhit tabiiy o‗z a‘zolari ijtimoiy xulqini faqat
ijobiy tomonga yo‗naltirib turadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti – bu mehnat jamoalaridir. Bu muhitning
ahamiyati va o‗ziga hosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli pishib
qolgan, ma‘lum tajribaga ega bo‗lgan, hayot xakidagi tasavvurlari shakllangan
paytda keladi. Qolaversa,
egallangan mutahassislik, orttirilgan mehnat malakalari
va bilimlar ham juda muhim bo‗lib, shu muhitdagi ijtimoiy normalar xarakteriga
ta‘sir qiladi. Lekin baribir shaxsning kimlar bilan, qanday o‗zaro munosabatlar
muhiti ta‘sirida ekanligi uning yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining muhim
mezonlaridandir. Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri – o‗sha
jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o‗zaro munosabatlar, raxbarning kimligi
va uning jamoaga munosabati bo‗lib, ko‗pincha
oylik-maosh masalasi ana
shulardan keyin o‗rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, sog‗lom
ma‘naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson
taqdirida katta rolь o‗ynaydi.
Katta yoshdagi ijtimoiylashuvning
o‗ziga hosligi shundaki, unda
individualizatsiya jarayoni aniqroq, sezilarliroq kechadi. Chunki katta odam
nafaqat tashqi ta‘sirlarni o‗zlashtiradi, balki o‗zidagi iqtidor, malakalari bilan
boshqalarga ham tarbiyaviy ta‘sir, shaxsiy o‗rnak ko‗rsatish imkoniyatiga ega
bo‗ladi.
SHu nuqtai nazaridan, karilikning ijtimoiy mohiyati shundaki, ota-
bobolarimiz, onaxonlarimiz asosan o‗zlaridagi mavjud ijtimoiy tajribani
boshqalarga(farzandlar, nabiralar, mahalladagi yoshlar va xokazo) uzatish bilan
sho‗g‗ullanadilar va bu narsa ayniqsa, Sharq xalqlarida juda e‘zozlanadi. SHu
sababli ham mustaqil yurtimizda qariyalar ehzozlanadi, mahallaning boshqaruv
rolьi kun sayin oshirilmoqda, oila tarbiyaning bosh o‗chog‗i
sifatida davlat
himoyasida bo‗lib kelmoqda. Bu mustaqil davlat yoshlarida yangicha tafakkur va
ongning shakllanishiga, yurtga sadokat, vatanparvarlikning rivojiga o‗z hissasini
qo‗shadi.
Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari
shakllanishida katta rolь o‗ynaydi. Masalan, bosqichma-bosqich bozor
munosabatlariga o‗tayotgan O‗zbekiston sharoitini oladigan bo‗lsak, yangicha
iqtisodiy o‗zgarishlar, bozor, raqobat, legalizatsiya, liberalizatsiya, ya‘ni
erkinlashtirish va shunga o‗xshash yangiliklar har bir shaxsning moddiy boyliklar
va ularga bo‗lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri
va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: