mavzu soat juftk Tabiiy fan darslarining turlari


Tabiatshunoslik darslarining tiplari



Yüklə 59,27 Kb.
səhifə3/9
tarix03.06.2023
ölçüsü59,27 Kb.
#124502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-ma\'ruza matni TO\'M

Tabiatshunoslik darslarining tiplari.
Tabiatshunoslik darslarining o‘ziga xos bosqichlari mavjuddir:
tashkiliy qism;
uy vazifasini tekshirish;
yangi materialni bayoni;
o‘quvchilarning mustaqil ishlari;
yangi bilimlarni o‘zlashtirilishini tekshirish;
dars materialini umumlashtirish;
uyga vazifa berish;
baholarni izohlash
Struktura qismlari o‘rin almashinishi mumkin.
Tabiatshunoslik darsining didaktik maqsadini aniqlash - bu uning asosan nimaga - yangi maqsadni o‘rganishga, uni mustahkamlashga, takrorlashga va tizimga solish yoki o‘zlashtirishni tekshirish va hisobga olishga bag‘ishlanishini belgilash demakdir.
Tabiatshunoslik darsi bir nechta didaktik maqsadga ega bo’lishi mumkin, shunga qarab uning tuzilishi va binobarin, darslarning tiplari ham har xil boladi. Didaktik maqsadlariga qarab, darslar quyidagi tiplarga ajratiladi: birlashtirilgan (kombinatsiyalashgan) dars;
yangi material o‘rganiladigan dars;
mustahkamlash darsi;
predmetli dars;
o‘quv-tajriba maydonchasidagi dars;
maktab geografiya maydonchasida o‘tkaziladigan dars;
izohli o‘qish darsi;
ekskursiya darsi.
kino va teledars;
takrorlovchi umumlashtiruvchi dars.
Aytilgan har bir dars tipining xususiyatlarini qarab chiqamiz.
Kombinatsiyalashtirilgan (birlashtirilgan) dars tabiatshunoslik darslarining eng keng tarqalgan tipidir. Unda bir nechta didaktik vazifalar, chunonchi olgan bilimlarni takrorlash, uy vazifasini (ijodiy daftarlarlar va kuzatishlar kundaligidagi ishlarni) tekshirish, yangi bilimlarni o‘rganish va mustahkamlash kabilar hal qilinadi. Bunda vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, barchasi birgalikda (kompleks holda) hal qilinadi. Kombinatsiyalashtirilgan darsni o‘tishda xilma-xil metod va uslublar: suhbat, o‘qituvchi hikoyasi, tabiiy obyekt va ko‘rgazmali qurollar bilan ishlash, kino va diafilmlar ko‘rish, maqolalar o‘qish va ular mazmunini ishlab chiqish, daftarlarda yozuvlar qilish va rasmlar chizish qo‘llaniladi. Kombinatsiyalashtirilgan tipdagi darsni o‘tishda keng tarqalgan xatto barcha ishlarni ko‘rgazmali qurollardan foydalanmasdan va maqoladagi tabiatshunoslik faktlarini tushuntirmasdan matnni (mashqni) о‘qish va aytib berishdan iborat qilib quyishdir. Tabiatshunoslik o‘qituvchisi tabiat to‘g‘risidagi bilimlarning asosiy manbai tabiat obyektlari, darslik esa faqat bilimlarni mustahkamlash vositalaridan biri ekanligini bilishi kerak. Kombinatsiyalashtirilgan darsni o‘tishda xilma-xil metod va uslublar: suhbat, o‘qituvchi hikoyasi, tabiiy obyekt va ko‘rgazmali qurollar bilan ishlash, kino va diafilmlar ko‘rish, maqolalar o‘qish va ular mazmunini ishlab chiqish, daftarlarda yozuvlar qilish va rasmlar chizish qo‘llaniladi.

Yüklə 59,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin