mavzu soat juftk Tabiiy fan darslarining turlari



Yüklə 59,27 Kb.
səhifə2/9
tarix03.06.2023
ölçüsü59,27 Kb.
#124502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-ma\'ruza matni TO\'M

Baholarni sharhlash.
Tabiatshunoslik darslari qismlarining izchilligi xilma-xil bo‘lishi mumkin: bir xil darslarda o‘quvchilarning mustaqil ishlari yangi bilimlarni bayon qilgandan keyin o‘tkaziladi, boshqalarida undan oldin bo‘ladi; uy vazifasini tekshirish darsning boshida yoki uning kelgusi bosqichlarida olib borilishi; darsning qismlari almashinibgina qolmasdan, balki takrorlanishi ham mumkin. Chunonchi, yangi materialning bayon qilinishini mustaqil ishlar bilan navbatlashtirib, bir necha qismlarga ajratish mumkin. Ba’zi qismlar dars tuzilishidan tushib qolishi mumkin. Masalan, hamma darslarda ham o‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil qilinmaydi.
Tabiatshunoslik darslari quyidagi vazifalarni bajarishi ko‘zda tutiladi.

  1. Ta’limiy vazifasi - bu o‘quvchilarga muntazam bilim berish o‘quv va ko‘nikmalar hosil qilish bilan bog‘langan. Buning uchun o‘qituvchi o‘quv materialidan bosh, asosiy tushunchalarni tanlaydi, ular asosida anglangan, chuqur bilimlar hosil qiladi.

  2. Tarbiyaviy vazifasi - tabiat qonuniyatlarini o‘rganishi asosida bolalarda moddiy dunyoqarashni shakllantirish, o‘lkashunoslik, ekologik, mehnat va estetik, tabiatni sevish, uni muhofaza qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.

  3. Rivojlantiruvchi vazifasi - o‘quvchilarning aqliy va bilish qobiliyatlarini o’stirish bilan bog‘liq holda ularning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishdan iborat. Bunda o‘quvchilarning kuzatuvchanlik, diqqati, xotira kuchlarini o‘stirish va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Tafakkur operatsiyalari asosida ish olib boriladi.

  4. Rag‘batlantiruvchi vazifasi u o‘quvchilarda bilimga bo‘lgan ehtiyoj tabiatni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish, bilish faoliyatini faollashtirishdan iborat. Kursning mazmuni, moddiy baza, о‘quv materialining yangi bilimlari, ularning hayotiy ahamiyati, o‘lkashunoslik materiallari o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

  5. Mustaqil ta’lim beruvchi vazifasi bu mustaqil ishlash metodlarini qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Darslik, “Kuzatishlar kundaligi.” Globus, xarita, jadval va rasmlar bilan mustaqil ishlanadi. Darsning maqsadi va mazmuni har xil bo‘lsada, ammo umumiy maqsad bir xil o‘quvchilarning kompleks tarbiyalash va ularni tabiatga doir bilimlar qurollantirishga qaratilgan.Tabiatshunoslik darslarining maqsadi va mazmuni turli xil bo‘lsada, turli bosqichlarda tuzilgan darslar amalda keng qo‘llaniladi:

Tashkiliy qism.Uy vazifasini bajarilishini tekshirish, so‘rab baholash.Yangi materialni o‘rganish bayoni.O ‘rganilgan materialni tekshirish va mustahkamlash. Qiziqarli materiallardan foydalanish maqol, topishmoq, tez aytishuv, asarlardan parchalar va boshqalar.Uyga vazifa berish.

Yüklə 59,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin