mavzu soat juftk Tabiiy fan darslarining turlari


O‘quv tajriba maydonchasidagi dars



Yüklə 59,27 Kb.
səhifə6/9
tarix03.06.2023
ölçüsü59,27 Kb.
#124502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-ma\'ruza matni TO\'M

O‘quv tajriba maydonchasidagi dars. Darsning bu tipidan faqat nazariy bilimlarnigina emas, balki aniq o’quv va ko‘nikmalarni egallashda ham o‘quvchilarga yordam berish uchun foydalaniladi. O‘quv tajriba maydonchasidagi darslar tabiat obyektlarini tabiiy sharoitlarda o‘rganishga, o‘simliklarni parvarish qilishga, qishloq xo‘jaligi ish qurollari bilan ishlashga o‘rgatish imkoniyatini beradi. Bu darslarning bosh didaktik maqsadi mehnatsevarlikni tarbiyalash bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirishdir.
Asosiy tuzilish elementlari
- tashkiliy qism, o‘qituvchilaming yo‘l-yo‘riq berishi,
- o‘quvchilarning mustaqil ishlashidir.
O‘quv-tajriba maydonchasidagi mashg‘ulotlar rejasini keltiramiz:
- darsning vazifalari;
- darsga tayyorlanish;
- darsni jihozlash;
- dars o‘tishni tashkil etish va metodikasi (dars mavzusi va maqsadini tushuntirish, muammoli savollar qo‘yish, muammoli vaziyat vujudga keltirish, o‘qituvchining tushuntirishi, o‘qituvchining ish uslublarini ko‘rsatishi, suhbat, ko‘rsatilgan uslublami o‘quvchilar tomonidan takrorlanishi, butun sinf bilan amaliy ish bajarilishi, o‘simliklarni parvarish qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish);
- yakuniy suhbat.
Dars boshlanishidagidek tashkiliy ravishda tugallanishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga barcha ish qurollarini to‘plashni, ularni tozalab, ko‘rsatilgan joyga qo‘yishni taklif qiladi. Bir qism vaqt o‘quvchilarning o‘zlarini tartibga keltirib olishlari: ust va oyoq kiyimlarini tozalashlari, qo'llarini sovun bilan yuvishlari va hokazolar uchun qoldiriladi. Darsni muvaffaqiyatli o‘tishi va qat’iy intizomga erishish uchun o‘qituvchi yana ish boshlangungacha har bir o‘quvchiga u mehnat qiladigan maydonchani ko‘rsatadi, shuningdek, kerakli individual ish qurollarini va ekish materialini beradi, har bir o‘quvchi ish bilan band bo‘lishi lozim, ish natijalari dars oxirida tekshirilishi va baholanishi kerak.
Maktab geografiya maydonchasidagi dars. Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ko‘p qismini maktab oldi maydonchasida jihozlangan geografiya maydonchasida o‘tkazish mumkin. Bunday maydonchada odatda tushuntirilishi va o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan murakkab mavzular o‘rganiladi. Geografiya maydonchasida ishni tashkil etish maktaboldi maydonchasidagidek bo‘ladi. Geografiya maydonchasidagi darsga “Tabiatda suv” mavzusidagi dars misol bo‘lishi mumkin. Buning uchun maydonchaga suv (vodoprovod krani) keltirilishi va tegishli suv oqimini hosil qilish kerak. Agar suv oqimi yo‘liga har xil to‘siqlar qo‘yilsa, qirg‘oqlarning yuvilish, orollarning hosil bo’lishi, daryoning oqimi, irmog‘i va quyilishi manzarasini vujudga keltirish mumkin. Geografiya maydonchasida o‘quvchilar tepalikning tuzilishi yaxshi ko‘ringani uchun, yotiq va tik yonbag‘irliklarini qarab chiqadilar, keyin o‘zlari qumda tepalik modelini tayyorlaydilar. Shuningdek soyni uning yaxshi ko‘rinadigan qismlari - boshlanishi, oqimi, quyilishi, o‘ng va chap qirg‘oqlari bilan modellashtirish mumkin. Bunda ular quyoshning ufq ustidagi balandligini aniqlash uchun kun yarmidagi soyaning uzunligini o’lchashga, ufqning asosiy va oraliq tomonlarini erkin aniqlashga o‘rganadilar, tabiat hodisalarini kuzatadilar va tushuntiradilar. Geografiya maydonchasidagi 3- sinf o‘quvchilari bilan “Ufq va uning asosiy tomonlari”, “Yarim sharlar xaritasi”, “Masshtab”, “Xaritalarning xilma-xilligi” kabi mavzularda dars bolalarni qiziqtiradi va katta foyda keltiradi, chunki ular amaliy faoliyat bilan bog’liqdir.

Yüklə 59,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin