Predmetli darslar. Bu tipdagi darslarda o‘quvchilar sinfda tabiiy obyektlar bilan bevosita ishlaydilar va tabiat jismlari hamda hodisalari to‘g‘risida muayyan aniq bilimlar yig‘indisini oladilar. Shu maqsadda ular narsalari qarab chiqadilar va taqqoslaydilar, ulardagi tarkibiy qismlarni, umumiy va tafovut qiladigan belgilarini ajratadilar. Bu tipdagi darslarda tabiat jismlari va hodisalarini o‘rganish umumiy tarzda yoki guruhlar bo‘yicha olib boriladi.Predmetli darslar kuzatuvchilikni rivojlantirish, quntlilikni, mehnatsevarlikni tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar beradi. Bu darslarda bolalar laboratoriya ishi o‘quvlarini oladilar, chunki darsda o‘tkaziladigan ish xarakterda bolishi kerak. Unda bolalar o‘rganilayotgan obyektlarning belgi va sifatlarini taqqoslaydilar, murakkab bolgan tajribalar otkazadilar. Predmetli darslarda mustaqil ishlarning eng ko‘p bolishi kerak. Predmetli darslarni o‘tishga o‘qituvchi puxta tayyorlanishi kerak. Tarqatma materiallar o‘quvchilar soniga to‘g‘ri kelishi zarur. Shu maqsadda ekskursiyada yigilgan tabiat obyektlari (daraxt va butalarning quritilgan yoki to‘kilgan barglari, meva kolleksiyalari, qurilish materiallari, foydali qazilmalar) dan foydalanish mumkin. Shu maqsadda foydalaniladigan tabiiy materialni tayyorlashning eng qulay vaqti - bahorgi va yozgi ta‘til kunlaridir. Ko‘p bolalar yozda sanitariya, lagerlar va shu kabi joylarga boradilar. Ularga tabiatshunoslik xonasi uchun tabiiy material yig‘ib kelish topshirilib, bu imkoniyatlardan foydalanmoq zarur. Biroq bunda o‘quvchilar tabiatni muhofaza qilish va o‘simlik hamda hayvonlarga ehtiyojlik munosabatda bo‘lish zarurligini esda tutishlari lozim.2-sinf dasturida predmetli darslar mo‘ljallangan, ularda bolalar termometrdan foydalanishga, yangi o‘simliklarda ildiz, poya, barg, gul, mevalarni taniy olishga o‘rganadilar, qishda o‘simliklar hayotini, uruglardan o‘simliklar rivojlanishini (ilgari qo‘yilgan tajribalar asosida) kuzatadilar va h. 3-sinfda bolalar foydali qazilmalar, dala ekinlari to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlar oladilar.Garchi 3-sinf o‘quvchilari 2-sinfda hosil qilingan predmetli darsdagi ba’zi ish tajribasiga ega bo‘lsalar ham, ular har holda ish joyini qanday tashkil qilish kerakligi, kuzatishni qanday izchillikda olib borish, ularni qanday qayd qilish, qay tarzda xulosalar chiqarish zarurligi haqida maxsus yo‘l-yo‘riqlarga muhtoj bo‘ladilar. Predmetli darsning rejasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
-ish rejasini doska va daftarlarga yozish; - tarqatma material bilan mustaqil ishlash; - ish mazmuni bo‘yicha suhbat (o'rganilayotgan obyekt xususiyatlarini ta’riflash, uni ilgari o‘rganilgani bilan taqqoslash, qo‘shimcha ko‘rgazmali material bilan ishlash); - daftarlarga yozuvlar qilish va rasmlar chizish; - bilimlarni mustahkamlash va baholash.