2.Soliq turlari va tasnifi.
Soliqlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri, asosan, ularning stavkalari darajasining miqdori bilan belgilanadi. Respublika soliq tizimining shakllanishini hozirgi bosqichida soliq stavkalarining darajasi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Soliqlar, mamlakatning moliyaviy tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Soliqlar, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanuvchi xizmatlar, qurilish va infrastruktura loyihalari, xalqaro sharoitlarda o’zaro qo’llanish uchun to’lovlar va yana ko'plab tashqi va ichki aspektlardan, tadbirlardan yoki amallardan olgan daromadlardan tashkil topadi. Quyidagi soliq turlari bilan tanish oling:
1. Jismoniy shaxslar soliqi: Jismoniy shaxslar soliqi, mamlakatda yashovchi fuqarolar va tashkilotlar tomonidan to'langan soliqlardan tashkil topadi. Bu soliq turining namunaviy turlari shu jumladan, daromad soliqi, savdo soliqi, to'lov soliqi, va boshqa ko'plab soliqlar mavjud.
2. Yuridik shaxslar soliqi: Yuridik shaxslar soliqi, korxona va tashkilotlar tomonidan to'langan soliqlardan iboratdir. Bu soliq turi odatda, yuridik shaxslar tomonidan to'lanadigan soliqlar, shu jumladan, korxona daromadi soliqi, qo'shimcha soliqlar, va boshqa ko'plab soliqlardan iboratdir.
3. Boshqa soliq turlari: Mamlakatlar boshqa ko'plab soliq turlarini ham qo'llashadi, shu jumladan, qimmatbaho narsalarga to'lov soliqi, transport soliqi, sug'urta soliqi, va boshqa ko'plab soliqlar mavjud.
Soliq turlari va ularning belgilanishi, qo'llanish tartibi va miqdori mamlakatdan mamlakatga farqli bo'lishi mumkin. Soliqlar, mamlakatning moliyaviy tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi va mamlakatning iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Soliq elementlari tarkibida soliq stavkalari alohida o’rin tutadi. Iqtisodiy adabiyotlarda soliq stavkasi deganda soliq ob'ektining har bir soliq birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo’yilgan me'yor tushuniladi.
Soliq stavkasining ahamiyati soliq ob'ektini qancha qismi qanday miqdorda majburiy to’lov sifatida byudjetga undirishini xarakterlaydigan masalaga javob beradi.
Soliq stavkalarini mohiyati shundaki, ular soliq ob'ekti, soliq birligi va soliq normalariga asoslangan holda soliq mexanizmini samarali ishlashini ta'minlaydi. Soliq stavkalaridan davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida foydalanilsa, boshqa tomondan soliq imtiyozlarini bir turi sifatida ular orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantirish rolidan foydalaniladi.
Soliq stavkalari ikki xil ko’rinishda bo`ladi: qat'iy stavkalarda va nisbiy (foiz) stavkalarda ifodalanadi. Soliq stavkasi qat'iy stavkada belgilangan holda soliq ob'ektiga nisbatan qat'iy so’mda belgilanadi. Masalan, yer solig’ining har gektari uchun qat'iy so’mda soliq miqdori belgilangan. Yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlariga, mol-mulklariga esa nisbiy stavkаda yoki foizdа soliq miqdori belgilаngаn.
Dostları ilə paylaş: |