Birinchi yordam.
Ilon chaqqan zahoti o`sha joydan ancha yuqoriroqdan qon
to`xtatadigan jgut, burama bog`lam bog`lash, so`ngra ilon chaqqan joy
terisini qon chiqquncha kesish (pichoqni olovda qizdirish kifoya ) va shu
joyga qon so`radigan banka qo`yish lozim. Maxsus banka bo`lmaganda,
shishasi qalin ryumka, stakandan foydalanish mumkin. Banka
quyidagicha qo`yiladi: cho`p uchiga ozgina paxta o`raladi, uni spirt yoki
efirga botirib, yondiriladi. Yonib turgan paxtani bankaga tiqib olinadi (12
sekundga) so`ngra bankani tezda ilon chaqqan joyga qo`yiladi.
Bankaning terini yaxshi tortganiga ishonch hosil qilingach, jgutni
asta-sekin bo`shatiladi va uni olib qo`yiladi. Banka qon bilan zaharni
so`rib olgach, jarohatni kaliy permanganat yoki soda eritmasi bilan artish
31
va septik bog`lam qo`yish lozim. Ilon chaqqan odamni zudlik bilan
kasalxonaga olib borish kerak. Bu yerda unga malakali yordam (ilon
zahariga qarshi zardob va boshqalar) beriladi.
Jarohatdan qonni so`rib olishning iloji bo`lmasa, ilon chaqqan kishini
jgutni yechmasdan kasalxonaga olib borish kerak. Bu muddat ichida
bemorga suyuqlikni ko`p ichirish zarur (issiq choy, qahva, sut va
boshqalar).
32
Xulosa
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, inson sog'ligi har doim birinchi
o'rinda turadi desak adashmaymiz. Har sohaga qaramay inson uchun
ximat qiladi.Shu bilan bir qatorga yana shunday holatlar borki inson
faoliyatiga ma'lum vaqt to'sqinlik qiladigan holatlar bularga kishini sovuq
urishi, oftob olishi, issiqlik eltishi va gazandalar chaqishlari yaqqol
namoyon buladi.
Sovuq urganda, oftob olganda, issiqlik eltganda va turli xil
gazandalar chaqqanda birinchi tibbiy yordamni o'z vaqtida qo'llash hamda
ushbu holatni oldini olish to'g'risida ya'ni masalan gazandlar chaqqanda
birinchi yordan ko'rsatish. Shifokor kelgunicha yoki tibbiy muassasaga
olib borguncha bemorga birinchi yordam ko'rsatishimiz to'g'risida
ma'lumotlarga ega bo'ldik.
Kurs ishi 2 bobdan iborat bo'lib 1va 2- bobida sovuq olgan oftob
utgan issiqlik eltgan va gazandalar chaqqanda birinchi tibbiy yordam
ko'rsatish va ularni oldini olish to'g'risida ma'lumotlar bilan yoritildi.
|