Mavzu: so`z birikmasi va qo`shma gaplar



Yüklə 321,6 Kb.
səhifə3/17
tarix09.06.2023
ölçüsü321,6 Kb.
#127621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
SO`Z BIRIKMASI VA QO`SHMA GAPLAR

Birinchi bosqich – tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til materialini tahlil qilish. Bu bosqichda ma`lum so`z va gaplarning leksik ma`nosidan kelib chiqib mavhumlashtirish amalga oshiriladi va shu til hodisasi, til kategoriyasi uchun umumiy hisoblangani ajratiladi. O`quvchilar tahlil qilish va mavhumlashtirish aqliy amalini bilib oladilar.
Ikkinchi bosqich – tushunchaning belgilarini umumlashtirish, ular orasidagi bog`lanishni aniqlash(tushunchalarning ichki bog`lanishini aniqlash), atamani berish. O`quvchilar taqqoslash va tarkib amalini bilib oladilar.
Uchinchi bosqich – tushuncha ta`rifini ifodalashni tushunish, belgilar mohiyatini va ular orasidagi bog`lanishni aniqlash.
To`rtinchi bosqich – yangi til materiali asosida o`rganilayotgan tushunchani aniqlashtirish, bilim tajribaga tatbiq etiladigan mashqlar ishlash, o`rganilayotgan tushunchaning ilgari o`zlashtirilgan tushunchalar bilan bog`lanishini aniqlash.
Ko`rsatilgan bosqichlarni “fe`l” grammatik tushunchasini shakllantirish jarayoni misolida ko`rib chiqaylik:
Tushuncha ustida ishlash til materialini tahlil qilish va tushunchaning muhim belgilarini aniqlashdan boshlanadi. Ko`pgina tekshirishlar, agar o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida muayyan vazifani bajarish bilan dastlabki til materialini o`zlari tuzsalar yoki tanlasalar, ularning analitik faoliyati samaradorligi ortishini ko`rsatdi. Masalan, o`quvchilar harakatlarini kuzatish asosida gap tuzadilar. Darsda o`quvchilarni fe`ldan foydalanish va e`tibor bilan yozishga undaydigan qulay nutqiy vaziyat yaratiladi. Ekskursiya, yaqinda ko`rilgan filьm, shu darsda ko`rsatilgan diafilьmning biror qismi, o`qilgan hikoya, rasm materiali yuzasidan gaplar tuzish ham mumkin. Gap tuzishda fikrni aniq ifodalaydigan kerakli so`z (fe`l)ni jamoa bo`lib topish imkonini beradigan vaziyat yaratish muhimdir. Masalan, mavzuni o`rganishdan oldin o`quvchilar bahorda tabiatda yuz beradigan o`zgarishlarni kuzatadilar.
O`qituvchi: – Bahorda tabiatda qanday o`zgarishlar yuz beradi? O`quvchilar: – Kunlar isiydi.

  • O`tlar ko`karadi.

  • Daraxtlar kurtak chiqaradi.

–Bodom gullaydi.
–Dastlab shaftoli, o`riklar gullaydi.

  • Olma keyinroq gullaydi.

O`quvchilar o`qituvchi tavsiya qilgan bir necha gapni izohlab yozadilar.
O`qituvchi: – Narsaning harakatini ifodalash uchun siz qaysi so`zlardan foydalandingiz? Ularning tagiga ikki to`g`ri chiziq chizing (O`quvchilar vazifani bajaradilar).

  • Harakatni bildirgan so`zlarga so`roq bering va taqqoslang (O`quvchilar

nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? so`roqlarini beradilar).

  • Endi darslikda fe`l haqida nima deyilganini o`qing.

  • Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlar qanday ataladi, ular qanday so`roqlarga javob bo`ladi?

  • Bodom gulladi. Olma gullaydi gaplarini gap bo`laklariga ko`ra tahlil qiling (O`quvchilar eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to`g`ri chiziq chizadilar)

  • Gulladi, gullaydi fe`llari gapda qaysi bo`lak vazifasida kelgan? (Kesim.)

  • Endi fe`l haqida nimalarni bilib oldingiz? Rejadan foydalanib ayting (umumlashtiring):

  1. Fe`l nima? (So’z)

  2. Nimani bildiradi? (Shaxs va narsaning harakatini)

  3. Qanday so`roqlarga javob bo`ladi? (Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qiladi?)

  4. Qaysi gap bo`lagi vazifasida keladi? (Kesim)

  • Kitobdagi qoidada rejaning qaysilariga javob berilgan? Rejani o`qing va unga javob bering.

O`quvchilar kitobdagi va qo`shimcha mashqlarni ishlaydilar.

  • Fe`ldan boshqa yana qanday so`z turkumlarini bilasiz? (Ot, sifat, son, olmosh)

  • So`zlarni taqqoslang: gul, gulli, gulladi. So`z turkumlari (ot, sifat, fe`l) bir- biridan qanday farqlanadi? (O`quvchilar rejadan foydalanib javob beradilar).

O`quvchilar mustaqil bir necha gap tuzadilar, ayrimlarini yozib, fe`llarning tagiga chizadilar.
Bu dars fragmentida tushuncha bilan tanishtirish jarayonining yuqoridagi to`rt bosqichi qisqa shaklda o`z aksini topgan. Biroq bu darsda o`quvchilar tushuncha bilan faqat tanishtirildi, uni o`zlashtirish uchun esa dasturda mavzuni o`rganishga ajratilgan barcha darslardagi mashqlar tizimini bajarish lozim. Mavzuni o`rganish jarayonida “Fe`l” tushunchasi chuqurlashadi va kengayadi, o`quvchilar fe`lning yangi belgilarini o`rganadilar (fe`llarda bo`lishli va bo`lishsizlik, ularning shaxs- son qo`shimchalari bilan tuslanishi, fe`l zamonlari). O`quvchilarda fe`llarni shaxs- son, zamon, bo`lishsizlik qo`shimchalari bilan o`zgartirish va fikr bayon etish maqsadiga mos fe`l shakllaridan nutqda to`g`ri foydalanish ko`nikmasi shakllantiriladi.
Tushunchani shakllantirish jarayonida so`zning leksik ma`nosi, uning gap tarkibida boshqa so`zlar bilan birga kelgandagi ma`nosi asta-sekin aniqlanib, oydinlashtirilib boriladi, og`zaki va yozma nutqda so`zni uslubiy to`g`ri ishlatish ko`nikmasi orta boradi3.
O`rganilgan grammatik belgilarni amalga keng tatbiq etish va ulardan jonli nutqda aloqa maqsadida bevosita foydalanish uchun grammatik tushunchani shakllantirishda o`quvchilarda mavhumlashtirishni va so`zlar uchun xarakterli bo`lgan umumiy grammatik belgilarni sintezlashni o`stirish zarur, shuningdek, ular so`zning leksik ma`nosini chuqur bilishlariga erishish muhimdir. Bular o`quvchilarning nutqini o`stirish mohiyatini aks ettiradi, yaьni o`quvchilar nutqda so`zlardan amaliy foydalanishga, so`zning leksik ma`nosini tor tushunishdan chuqurroq tushunishga o`tadilar, so`zning leksik va grammatik ma`nolari bir-biriga ta`sir qilishini tushuna boshlaydilar, natijada nutqda so`zlardan ongli foydalanishga asos yaratiladi.

    1. Yüklə 321,6 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin