XULOSA VA TAVSIYALAR Xulosa qilib aytganda, Badiiy asar syujeti bilan kompozitsiya birlashganda, yaxlitlashganda – ularning qudrati beqiyos bo’ladi: hayotiylikni, badiiylikni, ta’sirdorlikni tiriklik nuri bilan ta’minlaydi, jonbaxshiydalik qiladi, o’zligini asar g’oyasiga, xarakterlarga baxshida etadi va ayni chog’da, ularga beminnat xizmatidan o’zi ham go’zallikka o’ranadi, takrori yo’q badiiy vosita ekanligini voqe qiladi.
Syujet xarakter bilan uzviy bog’liq bo’lib, badiiy ijodda muhim o’rin tutadi. Syujet badiiy ijodning barcha tur va janrlarida mavjud. Syujet xarakter bilan voqyealar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Haqiqatdan, syujet personajlar harakati tufayli shakllanadi. Se’riy asarda, ayniqsa, kichik she’riy asarda syujet prozaik asarga qaraganda yashirinroq bo’ladi. Syujet ekspozitsiya, tugun, voqyealar rivoji, kulminatsiya va yechim kabi elementlardan tashkil topadi. Bularning hammasi badiiy asar syujetining tarkibiy qismlari bo’lib, asar kompozitsiyasida muhim rol o’ynaydi.
Syujetning tarkibiy qismlari “O’tgan kunlar”dagidek joylashgan asarlar ham (Mas., “Zaynab va Omon”) ko’p. Ayni paytda, ba’zi asarlarda yagona syujet yo’nalishi (Mas., Shayxzodaning “Toshkentnoma”si, S.Zunnunovaning “Ruh bilan suhbat”i kabi) bo’lmasligi ham mumkin. Ba’zi asarlarda syujetning prolog va epilog kabi tarkibiy qismlari umuman qatnashmaydi. Bunday xilma-xillik yozuvchining o’ziga xos talanti, badiiy mahoratining sirlari bilan izohlanadi; asar g’oyaviy mazmuni va emosional ta’sirining bir butunligini yaratish san’atining mohiyatidan – kompozitsiyaning talabidan kelib chiqadi.
“Asarning syujetli bo’lishi uning estetik qimmatining eng muhim shartlaridan biridir. Syujetsizlik badiiysizlikka olib keladi” (N.Chernыshevskiy) ekan, u adabiyotning uchinchi elementi (M.Gorkiy) sanalarkan, demak, syujet badiiy adabiyotning barcha turlari va janrlarida bo’lishi tabiiydir. Lekin uning voqyey bo’lishi har bir tur va janrning predmetiga, tabiatiga mos bo’ladi.