Mavzu: Treningni tashkil etish. Pedagogik treninglar tamoyillari



Yüklə 177,27 Kb.
səhifə2/8
tarix15.11.2022
ölçüsü177,27 Kb.
#69297
1   2   3   4   5   6   7   8
13.09.2022 kungi atrabotka

Mashqni tanlash- davomida trener quyidagi holatlarni o‘ylab ko‘rishi lozim:Mashqning natijasida nima bo‘lishini;-guruh holati bir butunligicha o‘zgaradimi;-guruhdagi har bir ishtirokchining holati alohida o‘zgaradimi;-eng ko‘pi bilan bir kishining yoki 2-3 kishining holati o‘zgaradimi;-kelajakda siljish uchun va rejada rivojlanish uchun material topiladimi;-guruh qanday bosqichda turibdi: Inoq, erkin, ishtirokchilar orasida o‘zini yaxshi his etayapdimi;
Guruh tarkibi: ijtimoiy-demografik xarakteristikasi: (jinsi, yoshi va h.k.). Kun vaqti: Kun boshida diqqatni jalb qiluvchi mashqlar; kunning ikkinchi yarmida esa charchoqni oluvchi mashqlar tavsiya etiladi.Kelajakdagi ish mundarijasi va hokozo.Treningning samaradorligi doimo tushunarli qilib etkazishga bog‘liq bo‘ladi. yo‘riqnomani tushuntirish mobaynida trener navbatma-navbat har bir ishtirokchiga qarshi va vizual kontakt o‘rnatishi lozim.Shunday mashqlar borki ular mantiqiy yakunga ega. Masalan, «Buzuq telefon». Ma’lumot eng oxirgi ishtirokchiga etib kelishi bilanoq yakunlanadi. Mashqga bo‘lgan qiziqish eng yuqori darajaga ko‘tarilib pastga tushish vaqtiga etib kelishdan avval yakunlanishi lozim.
Muhokamada mashq nimaga yo‘naltirilganiga qarab, savollar beriladi va trener tomonidan yakunlanadi. Mashq davomida trener o‘zi kuzatgan holatni ishtirokchilar duch kelgan qiyinchiliklar yoki ular erishgan yutuqlar haqida ham so‘zlab berishi mumkin. Muhokama vaqtida ulardan samarali foydalanishi lozim.Har qanday pedagogik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi.
1. Guruhni tashkil etish yoki yig‘ish bosqichi.
2. Boshlang‘ich bosqich.
3. Ishni olib borish bosqichi.
4. Yakunlash bosqichi.
Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo‘lib, quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak-Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o‘tkaziladigan maxsus treninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega bo‘lgan va psixik holatida buzilishlar bo‘lgan kishilar ishtirok etmasligi lozim:- guruh a’zolarisoni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollar 20 tagacha) bo‘lgani ma’qul.
-ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo‘lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin (Alohida qayd etish lozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun trening juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega bo‘lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi ham mumkin).
- ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo‘lishi kerak. Bundan tashqari yana quyidagilarga ham e’tibor berish lozim bo‘ladi:
- treningda muammosi bir xil bo‘lgan odamlarni to‘plash kerak. Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo‘lishlari lozim.
- trening o‘tkaziladigan xona albatta izolyasiyalangan bo‘lishi shart, ya’ni hech kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga halaqit bermasligi kerak.
- rasmiylashgan guruh bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. - trenerdan auditoriya erkin bo‘lishini ta’minlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etila

Yüklə 177,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin