Muloqotning pertseptiv tomoni: -muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan malumotlar almashib, ozaro tasir korsatibgina qolmay, balki bir-birlarini togriroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrokqilishga harakat qiladilar.
Identifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar togri idrok qilish uchun ozlarini bir-birlarining orniga qoyib korishga harakat qiladilar. Yani, ozidagi bilimlar, tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, ozini birov bilan solishtirish (ongli yoki ongsiz) identifikatsiyadir. Masalan, birinchi marta uchrashuvga ketayotgan yigitning ichki holatini uning ortogi yoki akasi tushunishi mumkin. Reflektsiya muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan, xolatidan turib, ozini tasavvur qilishdir, yani reflektsiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bolib oziga birovning kozi bilan qarashga intilishdir. Chunki, busiz odam muloqot jarayonida ozini aniq bilmasligi, notogri muloqot formalarini tanlashi mumkin. Stereotipizatsiyaodamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib ornashib qolgan konikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy stereotiplar har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. A.A. Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar bahzan muloqotni togri yonalganligini taminlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bolishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga kauza" sabab, atrebutsio" bermoq, qoshib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, oqituvchi bilan hamsuhbat bolib qolgan odamda suhbat boshidayoq hozir odob-axloqdan dars berishni boshlamasmikan" degan shubha paydo bolishi mumkin. Bu ham stereotipdir. Bundan tashqari, odamlar birinchi marta korgan odam togrisida tasavvurga ega bolish maqsadida uning tashqi qiyofasi bilan xarakteri ortasida bogliqliklar ornatishga harakat qilarkan, shunday bogliqliklarni aniqlash maqsadida A.A.Bodalev talabalar guruhiga turlicha qiyofali shaxslarning fotosuratlarini korsatgan. 72 kishidan 9 nafari iyagi katta kishilar kuchli iroda egalari ekanligini, 17 nafari peshonasi keng odamlar aqlli ekanliklarini, 3 kishi sochi qattiq odamlarning qaysarroq, qatgiy ekanliklarini, 5 kishi kichik boyli odamlar hokimiyatga intilgan, boshqalar ustidan buyruq berishga moyil, chiroyli odamlar yo ota oziga bino qoygan yoki nodon bolishligini aytishgan va hokazo. Odamlarning bir-birlarini togri idrok etishlari ularning pertseptiv, yani hissiy bilish (idrok sezish) sohasiga aloqador bolsa, bir-birlarini tushunishi ularning tafakkur sohalariga bevosita bogliq murakkab jarayondir. Boshqa odamni togri tushungan shaxs uning hissiy holatiga kira olgan hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda, unda empatiya birovlarning his kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan boladi. Yuksak ongli, madaniyatli, kopni korgan shaxsgina boshqalarni togri tushunishi, ularning mavqeida tura olishi mumkin. Biz psxogimnastika» soziga etiborimizni qaratamiz. Bu tushuncha oz ichiga koplab turdagi mashqlarni: Yozma, ogzaki, verbal, noverbal mashqlarni oladi. Ular uncha katta bolmagan 2-3 kishidan iborat bolgan yoki barcha ishtirokchilar bilan olib boriladi.Bu oz navbatida mashqlarning tanlanishi.