Mavzu: Treningni tashkil etish. Pedagogik treninglar tamoyillari



Yüklə 177,27 Kb.
səhifə4/8
tarix15.11.2022
ölçüsü177,27 Kb.
#69297
1   2   3   4   5   6   7   8
13.09.2022 kungi atrabotka

Muloqotning kommunikativ tomoni- deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g’oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bo’lib til xizmat qiladi. Til shaxslar o’rtasida aloqa vositasi bo’lib, uning yordamida kishilar bilgan ma’lumotlari va hokazolarni bir-birlariga yetkazadilar. Mahlumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan 2 turi farqlanadi: yozma nutq hamda og’zaki nutq. Og’zaki nutqning o’zi dialogik va monologik turlarga bo’linadi.
Dialogik nutqning mazmuni, uning xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bo’lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham o’qituvchi bilan o’quvchining, hissiy rahbarlarning, diplomatlarning, ko’chada uchrashib qolgan dugonalarning dialogik suhbatlari bir-biridan farq qiladi.
Monologik nutq esa bir kishining boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga nisbatan murojaati bo’lib, uning psixologik tuzilishi, fikrlarning mantiqan tugal bo’lishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerakligi kabi shartlari mavjud. Masalan, ma’ruzaga tayyorlanayotgan talaba tayyorgarlik paytidan boshlab, mahruza qilib bo’lgunga qadar, qator ichki ruhiy kechinmalarni boshdan kechiradi, unga ko’p kuch va vaqt sarflaydi. Dialogik nutqqa nisbatan bu nutq turi murakkabroq hisoblanadi. Til vositasida olib boriladigan muloqot verbalg’, ya’ni so’zli deyiladi.
Muloqotning interaktiv tomoni-muloqotning bu xususiyati kishilarning muloqot jarayonida birgalikdagi faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan bevosita ta’sir etishlarinn ta’minlaydi. Shu tufayli o’qituvchi bola shaxsiga maqsadga yo’nalgan holda ta’sir ko’rsatishi mumkin. Aslini olganda, har qanday muloqot, agar u bemahni, maqsadsiz, quruq gaplardan iborat bo’lmasa, doimo muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvorlarini, ularning ustanovkalarini o’zgartirish imkoniyatiga ega. Masalan, maktab o’qituvchisining o’zi o’qitayotgan sinfda farzandi bo’lsa, dars paytida shunday ziddiyatni boshdan kechirishi mumkin, ya’ni bir vaqtning o’zida ham ota yoki ona, ham o’qituvchi rolini bajarishga majbur bo’ladi. Yoki xulqi yomon o’quvchining uyiga kelgan o’qituvchi bir vaqtning o’zida ham o’qituvchi, ham mehmon rollari o’rtasida qiynaladi.
Turli rollarni bajarayotgan shaxslarning o’zaro muloqotlari kutishlar tizimi orqali boshqariladi. Masalan, xohlaydimi yoki xohlamaydimi, o’qituvchidan mahlum harakatlarni kutishadiki, ular o’qituvchi roliga zid bo’lmasligi kerak. O’z rollariga mos harakat qilgan, doimo mehyor mezonida ish tutgan kishining harakatlari odobli harakatlar deb ataladi. Masalan, o’qituvchining odobi, o’z kasbini ustasi ekanligi, bolalar qalbini tushuna olishi, ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutishi uning odobga ega ekanligining belgisidir. Odobsiz odam esa buning aksidir.
Demak, o’zaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanmasligi mumkin. Ya’ni, bahzan biz nima uchun bir shaxsning bizga naqadar kuchli ta’sirga ega ekanligini, boshqa biri esa, aksincha, hech qanday ta’sir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada muhim muammodir. Har bir pedagogning o’z ta’sir uslublari va ta’sir kuchi bo’ladi.
Shaxslararo ta’sir haqida gap ketganda, o’qituvchi obro’yining roli haqida ham aytish lozim. Chunki, obro’li odam doimo o’sha obro’ qozongan guruhida o’z mavqeiga va ta’siriga ega bo’ladi. Shaxs obro’yi uning boshqa shaxslarga irodaviy va emotsional ta’sir ko’rsata olish qobiliyatidir. Mahlumki, obro’ amal yoki hayotiy tajriba bilangina orttirilmay, uning haqiqiy asosi – shaxsning odamlar bilan to’g’ri munosabati, undagi odamiylik xislatlarining, boshqa ijobiy xislatlarining uyg’unlashuvidadir. Avtoritet – ta’sir ko’rsatishning eng muhim mezonidir.

Yüklə 177,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin