Faollik tamoyili: bu tamoyil koproq eksperimental psixologiya asosida quyidagi goyaga boysunadi: inson eshitganlarining 10% ni, korganlarining 50% ni, aytib berganlarining 70% ni va nihoyat ozi qilganlarining 90% ni ozlashtiradi. Ijodiylik tamoyili:bu tamoyilning asosiy mohiyati shundan iboratki, trening davomida ishtirokchilar guruhi psixologiyada aniq bolgan, kashf etib ulgurilgan goyalar, qonuniyatlarni topadilar, kashf qiladilar, eng asosiysi esa ozlarining shaxsiy resurslarini, imkoniyat va sifatlarini anglab etadilar. Xulq-atvor obektivlashishi (anglab etilishi) tamoyili:mashqlar davomida ishtirokchilar xulq-atvori impulsivlikdan obektivlik darajasiga otadi va trening davomida ozgarishlar kiritish imkonini beradi. Xulq-atvor obektivligining universal vositasi sifatida aks aloqa hisoblanadi. Guruhdagi aks aloqani yuzaga kelishini taminlash trenerning masuliyatidir. Sheriklik (subekt-subektlik) muloqoti tamoyili:sheriklik, yoki subekt-subektlik muloqoti boshqalar manfaati, ular hissiyotlari, his-tuygulari, qaygulari, boshqa insonning shaxsiy qadr qimmati deb tan olinadi. Ushbu ning qollanilishi guruhda ishonch, ochiqlik iqlimini yaratadi.Yuqoridagi tamoyillardan tashqari, treningning samarali bolishi malum bir jihatdan trenerning oziga xos prinsiplariga ham bogliqdir.Trener har doim trening otkazishga kirishishdan avval oziga:Men qanday maqsadga erishmoqchiman?.Men nima uchun shu maqsadga erishmoqchiman?.Men qanday vositalar bilan unga erishmoqchiman? kabi savollarini berishi lozim.Bu savollarga javobni trenerga guruh bilan ishlash davomida diagnostik tadqiqotlar ochib beradi. Trener ish rejasining mundarijasi, guruhning rivojlanish va inoqlik darajasi, munosabatlar xarakteri, guruhdagi har bir ishtirokchining holati, uning oziga va boshqalarga nisbatan munosabati, treningga nisbatan munosabati, trenerning ozining munosabati kabilar diagnostika obekti bolib hisoblanadi. Topshiriqning amalga oshirilishida birinchi qadam metodik (qadam) qollanmaning togri tanlanishidir. Eng kop qollaniladigani, guruhiy diskussiyalar, rolli oyinlar, psixodramma va uning modifikatsiyasi hisoblanadi. Meyorlarni mashgulot otkazishdan avvalroq katta qogozga yozib, xonaga osib qoyish yoki guruh azolari bilan birgalikda «Fikriy hujum» usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq.Bu birinchi guruhiy kelishuv hisoblanadi. Bunda shu narsa muhimki, har bir kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu tamoyilga xayrixohligi yoki noroziligini izohlashini sorash lozim. Tamoyillarni tasdiqlashni ovozga qoyish kerakmas. Agar kimdir guruhning fikriga norozi boladigan bolsa, uni kondirishga harakat qilish yoki guruh boshqa qarorga kelishi lozim boladi. Chunki uning fikrini inobatga olmaslik - guruhdagi psixologik iqlimga salbiy tasir etishi aniq. XXI asrda odamning eng tabiiy bolgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bolish va ozgalarga samarali tasir eta olishga bolgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor. Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga otib bormoqdamiz. Axborotlarning kopligi aynan inson manfaatiga aloqador malumotlarni saralash, u bilan togri munosabatda bolishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu oz navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini ozgartiradi. Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining kopayishi, ular ortasida munosabatlar va aloqaninng dolzarbligi axborotlar tigiz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XXI asrning korporatsiyalar asri boladi, deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporatsiya insonlarning ozaro til topishlariga qaratilgan malakalarining rivojlangan, mukammal bolishi haqida gapirmoqdalar Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular sotsionomik guruh kasblar deb atalib, ularda odam odam dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini belgilaydi. Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga orgatish (ijtimoiy-psixologik trening) masalalari bilan shugullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi orni va salohiyati keskin oshdi.Muomala shaxslararo munosabatlarning shunday korinishidirki, uning yordamida odamlar ozaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar, ozaro axborot almashinadilar, tasir otkazadilar, tasirlanadilar, idrok etadilar, tushunish va baholash jarayonlarini kechiradilar. Shuning uchun muomala ijtimoiy psixologik hodisa, ijtimoiy kategoriya sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, mahnaviy, emotsional, kognitiv, motivatsion, regulyativ qirralarini aks ettiruvchi obhektiv va subhektiv ehtiyoj sifatida vujudga keladi, ijtimoiylashuvning asosiy omili, negizi vazifasini bajaradi.