Mavzu: Treningni tashkil etish. Pedagogik treninglar tamoyillari



Yüklə 177,27 Kb.
səhifə7/8
tarix15.11.2022
ölçüsü177,27 Kb.
#69297
1   2   3   4   5   6   7   8
13.09.2022 kungi atrabotka

Treningning asosiy qonunlari.1. «00»Qonuni.2. Mikrofon qonuni.3. Faollik qonuni.4. Faqat o‘z fikrini bayon etish qonuni.5. Guruhning barcha qatnashchilariga hayrixoh munosabatda, xushmuomala bo‘lish qonuni.6. O‘z ismini aytish qonuni.7. Muloyimlik qonuni. 8. Shu erda va hozir qonuni. 9. Konfidensiallik qonuni. 10. Faqat o‘zi ishtirok etishini taklif etish qonuni.11. Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish. 12. Ixtiyoriylik qonuni.13. Vaqtni tejash-sarishtalik qonuni.14. Shaxsni baholamaslik qonuni. Har bir qonunning mohiyati, vazifalari va ahamiyatini batafsil ko‘rib chiqamiz. Trening jarayonida guruhda ishlarni tashkil qilishga doir me’yorla(tamoyillar) quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin.
1. 00 qonuni. Barcha ishtirokchilar mashg‘ulot boshlanishiga va tanaffusdan keyin kechikmay kelishlari, bunda trener ularga namuna bo‘lishi kerak. Trening boshlovchisi faqatgina treningni boshqarmasdan guruh bilan birgalikda taxlil qiladi va o‘zini tutishi va muloqoti bilan qatnashchilarga namuna bo‘ladi.
2. “Mikrofon” qonuni. Kimning qo‘lida mikrofon bo‘lsa o‘sha odam gapiradi. Mikrofon sifatida mashq o‘tkazish vaqtida aylana bo‘yicha har bir ishtirokchiga uzatiladigan biror bir yumshoq o‘yinchoqdan, oddiy marker yoki ruchkadan foydalanish mumkin.
3. “Faollik” qonuni. «Siz biror bir mashqni bajarishda ishtirok etmasligingiz mumkin. Bu siz vazifani bajara olmaysiz degani emas, balki siz chetdan turib kuzatmoqchisiz. Bu haqida avvaldan ma’lum qilish kerak bo‘ladi. Lekin guruhdan bir kishining chiqib ketishi shu guruhning ishiga ta’sir qilishini ham e’tiborga olish kerak bo‘ladi.
4. “Guruhning barcha qatnashchilariga hayrixoh munosabatda, xushmuomala bo‘lish” qonuni. Ushbu qonun quyidagicha talqin qilinadi: “Barchamizning afzallik tomonlarimiz va kamchiliklarimiz bor. Trening vaqtida boshqalarning xususiyatlariga sabrli bo‘lish kerak. Agar sizni nimadir qoniqtirmasa, hech bir ishtirokchiga zarar etkazmagan holda bu haqida trenerga ma’lum qiling”. Bu qonun ayniqsa o‘smirlar guruhida muhimdir. Trening vaqtida bir-birini familiyasi va laqabi bilan atash mumkin emas.

Yüklə 177,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin