Trening qonunlari nima uchun kerak-trening boshlanishidan oldin qoidalari (qonunlar) nima uchun qabul qilinadi? Trening emotsiyaga boy, noananaviy mashgulot bolib, shaxsning muloqot usulini ozgartirish, uygunlashtirishga, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, boshqa odamlar bilan muloqotda yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarni hal etishga yonaltirilgan. Trening maqsadlari inson qarashlarining murakkab jarayonlariga, nozik tomonlariga tasir etishi mumkin, shuning uchun trenerning ishini qimmatbaho toshga ishlov berayotgan zargar mehnati bilan taqqoslash mumkin. Trening qoidalari yoki qonunlari guruh ichidagi jarayonlarni nazorat qilish va tartibga keltirish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlarni qollash trening qatnashchilari uchun yordam boladiva aksincha, agar trener bularga etibor bermasa trening guruhi bolinib ketishi yoki qatnashchilarni yaralashimumkin. Trenerning zargarlik mahorati guruhda intizomni (ayniqsa guruh maktab yoshidagi bolalar va osmirlardan tashkil topgan bolsa) ornatishdan boshlanadi. Trening qonunlarining maqsad va vazifalari. 1. Trening guruhini umumiy qonunlar asosida jipslashtirish. 2. Guruhiy trening otkazishning asosiy tashkiliy tartibini belgilab berish. 3. Qabul qilingan qonunlar asosida guruhni boshqarish imkoniyati. 4.Trening qonunlarining trening maqsadi va vazifalariga yonalganligi guruhning qoyilgan maqsadga erishishiga yordam beradi. Trening jarayonida albatta otkazilishi kerak bolgan birinchi bosqich- guruhiy meyorlarni, yani trening qonun qoidalarini ishlab chiqish bosqichidir. Bunda ishtirokchilar bilan bu meyorlarga albatta rioya qilish kerakligi togrisida kelishish va har bir azoning roziligini olish kerak. Bu qoidalarga rioya etish treningning maqsadiga erishish va qulay psixologik iqlimning yaratilishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.