Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“Oʻzbekiston 
Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari 
prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga budjet 
moʻljallari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 26 dekabrdagi Qarorining asosiy 
mazmuni nimalardan iborat?
2. Makroiqtisodiyot sub’ektlari orasida davlatning roli qanday? 
3. Agregat ko‘rsatkichlar deganda nimani tushunasiz? Makroiqtisodiy 
tahlilda agregat ko‘rsatkichlardan foydalanish zaruriyati nima uchun 
yuzaga keladi? 
4. Makroiqtisodiy darajada ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigʻini 
tushuntiring. 


18 
3-BOB. 
MAKROIQTISODIY TAHLILDA EKONOMETRIK 
MODELLARDAN FOYDALANISH 
 
3.1. Ekonometrik modellar to‘g‘risida tushuncha 
Ekonometrika iqtisodiyot va matematika fanlari tomonidan 
erishilgan nazariy yutuqlarni amaliy faoliyatda qo‘llash asosida 
shakllangan fandir. 
Iqtisodiyotning talablariga mos ravishda matematik usullar 
rivojlangan bo‘lsa, matematika kirib borgan soha o‘z masala va 
muammolariga aniq va to‘g‘ri javob olgan hamda rivojlangan. 
Ekonometrik modellar yordamida quyidagilarni amalga oshiriladi:

ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ularning o‘zaro bog‘lanishining 
miqdoriy tomonlarini o‘rganish;

biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularning bajarilishini ob’ektiv 
baholash; 

iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va 
ularning ta’sirini miqdoriy baholash; 

xo‘jalikning rivojlanish tendensiyalari va proporsiyalarini ochib 
berish, foydalanilmagan ichki imkoniyatlar va zahiralarni aniqlash; 

ilmiy asoslangan prognozlarni ishlab chiqish; 

milliy 
iqtisodiyotning 
tarmoqlari 
va 
sohalari 
asosiy 
ko‘rsatkichlarining istiqboldagi holatini aniqlash va baholash; 

ilg‘or tajribalardan foydalanish va optimal boshqarish qarorlarini 
qabul qilish. 
Iqtisodiy jarayonlarini o‘rganish alohida xo‘jalik elementlari, faktlar, 
hodisa va holatlarni kuzatishdan boshlanadi va ular birgalikda xo‘jalik 
jarayonini, xo‘jalik faoliyati mazmunini u yoki bu boshqarish tizimida 
ifodalaydi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin