Yenisey yodgorliklari. Bu hozirgi Yenisey va Tuva avtonom viloyatidan topilgan yodgorliklardir.
O‘rxun yodgorliklari. Mo‘g‘uliston hududidagi O‘rxun daryosi bo‘yidan topilgan Kultegin, To‘nyuquq yodgorliklaridir.
Talasyodgorliklari. Hozirgi Qozogʻistonning Jambul viloyatidan topilgan yodgorliklardir.
Turk xoqonligi tarkibiga kirgan turklarning bevosita davomchisi, vorisi bo‘lgan uyg‘urlar juda katta meros – o‘sha davr tilini aks ettiruvchi yozma yodgorliklar qoldirganlar. Bu yodgorliklar birin-ketin yozilganligi – tadrijiy jihatdan ikki davrga bo‘linadi.
Birinchi davrga xos obidalar eng qadimgi yodgorliklar bo‘lib, ular o‘rxun yozuvi obidalari bilan umumiylikka ega bo‘lgan bitigtoshlardan iborat. Bular ichida eng mashhuri Kultigin va To‘nyuquq sha’niga qo‘yilgan qabr toshlariga yozilgan yodgorliqdir. Bu toshlar O‘rxun (Mo‘guliston) va Yenisey daryolari bo‘ylaridan topilganligi sababli fanda «o‘rxun-enisey yozuvlari» deb nomlanadi.
Qadimgi turkiy tilning run yozuvida bitilgan namunalari quyidagilardir:
Kultegin bitigi.Bu bitiktosh ikkinchi turk xoqonligi asoschisi Eltarish xoqonning kichik o‘g‘li Kultegin sharafiga qo‘yilgan. U 731-yilda 47 yoshida vafot etgan. Yodgorlik uning akasi Bilga xoqon tomonidan 732-yilda o‘rnatilgan. Matn muallifi esa Eltarish xoqonning o‘g‘li Yo‘llug‘ tegin. Bitigtosh Mo‘g‘ulistonning Kosho-Saydam vodiysida Oʻrxun daryosining qirg‘og‘ida topilgan. Hozir ham o‘rnatilgan joyida turibdi. Yodgorlikdagi asosiy matn turkiy tilda. Ters yuzida xitoycha matn ham bor. Turkiysi urxun-enisey xatida yozilgan.
Bilga xoqon bitigi. Bilga xoqon ikkinchi turk xoqonligi asoschisi Eltarish hoqonning toʻngʻich o‘g‘li. U 734-yilda 50 yoshida vafot etgan. Yodgorlik toshi 735-yilda uning o‘g‘li Yo‘llug‘ tigin tomonidan o‘rnatilgan.
To‘nyuquqbitigi. Mazkur yodgorlik ikkinchi turk hoqonligi davrida yashab o‘tgan davlat arbobi va sarkarda To‘nyuquq xotirasiga tiklangan. Bitig muallifi To‘nyuquqning o‘zidir. U. Sertkayaning fikricha, bitig taxminan 732-734- yillar oralig‘ida yozilgan. To‘nyuquq shu kezda 85 yoshda bo‘lgan. Yodgorlik Mo‘g‘ulistondagi Bain Sokto manzilida topilgan. Hozir ham tiklangan joyida turibdi. U 62 satrli bo‘lib, bir-biriga qaratib tiklangan ikki to‘rt qirrali toshga yozilgan.