Malumotlar kiritishda chegaralanishlar qo’yish. Jadvalga katta xajmdagi malumotlarni kiritilayotganda yo’l qo’yilishi mumkin bulgan xatolikni kamaytirish uchun kataklarga kiritilishi mumkin bo’lgan qiymatlar oralig’iga chegara ko’yish mumkin. Bu chegaralar ham katakdagi qiymat tipiga, ham mumkin bo’lgan qiymatlar oralig’iga qo’yilishi mumkin. Chegaralarni qo’yish uchun Dannыemenyusi Proverka buyrug’ini tanlaymiz. Ekranda Proverka vvodimыx znacheniy oynasi ochiladi va unda Parametrы bo’limini tanlaymiz. Oynadagi Tip dannыx bo’limida malumot tipi aniqlashtiriladi. Znachenie bo’limida oraliq limiti: kichik, katta va h.k. tanlanadi.
«Soobshenie ob oshibke» bo’limida xatolik ro’y berganda chiqariladigan malumot yoziladi.
«Soobshenie dlya vvoda» bo’limida malumot kiritiladigan katak aktivlashtirilganda chiqariladigan malumot aktivlashtiriladi.
Avtomatik ravishda to’ldirish funkstiyasi. Agar katta massivdagi malumotlar biror ustun yoki satrda kiritilayotganda bir katakdagi malumot ikkinchi katakda ham uchray boshlasa, ishni osonlashtirish mumkin. Buning uchun Servis menyusi Parametrы muloqot oynasi Pravka bo’limidan Avtozapolnenie znacheniy yacheek opstiyasini aktivlashtiramiz.
Endi keyingi katak tuldirilaetganda birinchi kiritilayotgan simvollar oldingi katakdagi simvollar bilan mos tushsa, oldingi katakdagi malumot avtomatik tarzda keyingi katakka nusxalanadi. Agar malumot bizni qoniqtirsa, ENTERni bosib buni maqullaymiz, bo’lmasa, boshqa harflarni terishda davom etamiz, paydo bo’lgan harflar o’zi o’chadi.
Jadvaldagi barcha formulalarni ekranda bir yo’la ko’rish. Agar natija ekranda ko’rinib turgan bo’lsa, formuladagi mumkin bo’lgan xatolikni topish ancha mushkul. Ekranda faqat joriy katakdagi formula ko’rinadi xolos. Agar ekrandagi barcha formulalarni bir yo’la ko’rmokchi bo’lsak, «Servis-Parametrы-vid-formula» opstiyasini aktivlashtiramiz. Bunda kataklardagi barcha formulalar ekranda ko’rinadi. Formula opstiyasidagi o’rnatilgan bayroqchani olib tashlasak, ekranda formulalar o’rnida ularning qiymatlari qayta tiklanadi.