171
ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo
miqyosida global tarmoqdir. Internet tili juda murakkab va serqirralidir. Chunki
Internet tarmoqlarida nutqning barcha uslublariga xos materiallar mavjud. Bugungi
kunda internet bizning hayotimizga tobora kirib bormoqda. Internetda pochta,
telefoniya, biznes (savdo, bank, auksion) ishlari ko‘proq amalga oshirilmoqda.
Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari ko‘paymoqda. Yildan yilga
Internetdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda.
Internet deyarli ta’lim
jarayoni uchun ideal muhit vazifasini o‘taydi. Bunga Internet
foydalanuvchilarining dunyoning istalgan nuqtasidan tarmoq resurslaridan
foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda. Tarmoq
foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o‘sib borib,
ko‘pchilik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSh da
o‘tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko‘ra Oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs va
kollejlari talabalarining 100%i Internetdan foydalanadilar. Talabalar
Internetning faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o‘rtacha 11 soatni
onlaynga sarflaydilar. Har 10 talabadan 9 tasi kuniga elektron pochtasidan
foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: