Media va axborot savodxonligi pedagogik innovatsiyalar, professional


 Axborot bilan ishlash kompetensiyasi shakllanishiga oid ilmiy



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/117
tarix14.12.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#177264
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117
Media va axborot savodxonligi Norbotayeva Dildora Erkin qizi

2. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi shakllanishiga oid ilmiy 
metodik materiallar, maqollar tahlili. 
Ma’lumki, ta’limda ilg‘or pedagogik va 
yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining 
samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm- fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali 
mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma’naviyatli 
shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi 
kunda 
ta’lim 
jarayonida 
interfaol 
metodlar va axborot 
texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib 
bormoqda.
Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’naviy ta’limda 
o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy 


172 
texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib 
topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham 
o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, 
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir 
qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda 
ta’limda 
“Aqliy hujum”, “Fikrlar hujumi”, “Tarmoqlar” metodi, “Sinkveyn”, 
“BBB”, “Beshinchisi ortiqcha”, “6x6x6”, “Bahs-munozara”, “Ro‘lli 
o‘yin”, FSMU 
kabi metodlar, texnologiyalar qo‘llanmoqda. Shuning uchun
kasb-hunar maktablarida malakali kasb egalarini tayyorlash, ularni mustaqil 
fikrlashga o‘rgatish, ijodkorlikka o‘rgatishda zamonaviy o‘qitish metodlari 

innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ro‘li benihoya kattadir. pedagogik 
texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interfaol metodlar 
o‘quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Ta’kidlash 
joizki, o‘quvchi-yoshlarga zamon talablari darajasida bilim beruvchi pedagog, 
avvalo, o‘zi ana shunday bilimlar bilan qurillangan bo‘lishi va ularni amaliyotda 
tatbiq eta olishi zarur.

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin