174
ommaviy axborot vositalaridan u yoki bu mamlakatda olib borilayotgan siyosatga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir qilish imkoniyatidan foydalanish yo‘liga o‘tilgan.” “Albatta
shunday paytda u siyosatning muhim bir elementi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchi tomondan OAV turli davlatlar haqida hududiy tasavvurlarni
rivojlantirishi, kayfiyatlarni o‘zgartirib turishi, aholining
keng qatlamida tarqala
olish imkoniyatiga ega”, - deydi, D.Muitov. O‘zbek olimi eʼtirof etganidek,
haqiqatan ham OAV orqali ulashilgan maʼlumot auditoriyaning
biron bir xorijiy
mamlakat yoki uning tarkibiga kiruvchi aniq bir viloyat yoki hudud
to‘g‘risidagi tasavvurini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Rossiyalik tadqiqotchilar A.Demidov va A.Fedoseyev jurnalistlar tomonidan
amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamiga quyidagicha baho beradilar: “OAVning bu
imkoniyati ijtimoiy fikrni shakllantirishda juda qo‘l keladi.
Shu jihatdan olib
qaraganda, u geosiyosiy o‘yinchilarning o‘yinchog‘iga aylanishi hech gap emas.
Bu jarayonda transmilliy korporatsiyalar, diniy tashkilotlar
kabi boshqa turli
faktorlarning teng ishtirok etishga intilishi sezilmoqda.” Ko‘rinadiki,
ommaviy
kommunikatsiyalar o‘zining birlamchi vazifalaridan chekinish holatlari
amaliyotda ko‘p kuzatiladi. Yaʼni ular faqat xolis
axborot yyetkazish bilan
cheklanmayaptilar. Biroq, mamlakat media imijini yuksaltirishda OAV geosiyosiy
manfaatlarni birinchi o‘ringa qo‘yishi nazariy jihatdan ham,
professional etika
nuqtai nazardan ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki jurnalistikaning asosiy vazifasi
turli siyosiy o‘yinlarda ishtirok etish emas, balki mahalliy yoki xorijiy o‘quvchini
qiziqtira oladigan obyektiv axborotni tarqatishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: