179
Amalga oshirish usuli
•
Indeksga asoslangan qidiruv tizimi — hozirda eng muhim tizim. Bu tizim
tegishli maʼlumotlarni topib, indeks yaratadi.
Indeks shunday bir strukturaki,
bunda saqlangan maʼlumotlar keyingi qidiruv vaqtida ham qo‘llaniladi. Lekin bu
tizimda indeksni yangilab turish va saqlash muammoli bo‘lsa ham, qidiruv
jarayoni tez ekanligi bu tizimning ustunligidir. Bu strukturani ko‘pincha
invers
indeks deb ham atashadi.
•
Meta qidiruv tizimi — qidiruv so‘rovnomasini bir vaqtning o‘zida bir necha
indeksga asoslangan qidiruv tizimlariga jo‘natadi va natijani turli kombinasiyada
ko‘rsatadi. Ustunlik tomoni — ko‘p miqdorda maʼlumotlar
topishi va
implementasiya jarayoni osonroqligidir. Ushbu qidiruv tizimi kam uchraydigan
maʼlumotlarni qidirishda yaxshi hisoblanadi.
•
Gibrid formadagi qidiruv tizimi — odatda nisbatan kichik indeksga ega, lekin
boshqa
qidiruv
tizimlariga
ham
so‘rovnoma
jo‘natib,
natijani
kombinasiyalangan tarzda ko‘rsatishi mumkin. Kam uchraydigan maʼlumotlarni
qidirishda yaxshi emas.
•
Guruhlashtirilgan qidiruv tizimi — nisbatan yangi, bunda qidiruv so‘rovnomasi
o‘z qidiruv tizimiga ega bir necha kompyuterlarga jo‘natiladi va natija
umumlashtiriladi. Markazlashtirilmagani uchun uzilib qolish xavfi yo‘q,
ishonchli, lekin markaziy senzura (cheklashlar) qo‘yishning iloji yo‘q.
Interpretasiya
foydalanuvchining qidiruv so‘rovnmasi
qidirsh jarayoni
boshlanishidan
oldin
kerakli
qidiruv
algoritmiga
tushunarli
qilib
interpretasiya(tarjima) qilinadi. Bu esa o‘z navbatida so‘rov sintaksisini imkon
qadar soddaroq qilish va murakkab so‘rovlarni bajarish imkonini yaratishga xizmat
qiladi. Ko‘plab qidiruv tizimlari matematik mantiqdagi
operasiyalari yordamida
turli kalit so‘zlarning mantiqiy birikmasini hosil qila oladi. Natijada esa maʼlum
kalit so‘zga ega web-sahifani topish imkoni paydo bo‘ladi. Eng yangi qidiruv
tizimi tabiiy tilni tushunadigan qidiruv tizimini bo‘lib, uni semantik qidiruv tizimi
deb atashadi.