3. Eng ko‘p qo‘llaniladigan qidiruv tizimlarining belgilari. Eng ko‘p
qo‘llaniladigan belgilar kombinasiyasi WWWdan axborot manbayi sifatida,
matnli maʼlumotlar uchun esa HTML-format va qidiruvni amalga oshirishda esa
indeks yaratishdan foydalanadi. So‘rov nimani interpretasiya qilish ko‘pincha
sodda sintaksisga asoslangan holda amalga oshiriladi. Eng yirik qidiruv tizimi
hisoblanmish Google, Yahoo Search va Microsoft Live Search mana shu uslubda
ishlaydi.
Natijani ko‘rsatish Qidiruv natijasi ko‘rsatadigan sahifa ko‘pgina qidiruv
tizimlari tomonidan ikkiga: tabiiy ro‘yxat va homiylar linklariga ajratiladi.
Homiylar linklari to‘lov asosida qidiruv indeksiga kiritilgan bo‘lsa, tabiiy
ro‘yxatda
qidirilayotgan
kalit so‘z qatnashgan bo‘lsagina ko‘rsatiladi.
Foydalanuvchiga qidiruv tizimidan foydalanishni osonlashtirish maqsadida
natijalar muvofiqlik bo‘yicha (Ranking) saralanadi, lekin har bir qidiruv tizimi
saralash uchun o‘z meʼyorlariga egadir. Bu meʼyorlarga quyidagilar kiradi:
•
maʼlumotning ahamiyati (Google uchun PageRank-ko‘rsatkichi);
•
har bir topilgan ma’lumotda qidirilayotgan kalit so‘zning qanchalik ko‘p
uchrashi va joylashgan o‘rni;
•
so‘ralgan maʼlumotni baholash va soni;
•
boshqa sahifalardan ushbu kalit so‘z qatnashgan sahifaga qanchalik ko‘p linklar
berilganligi;
Mustahkamlash uchun savollar. 1. Axborotlarni izlash usullarini sanab bering.
2. Matnlarni tahlil qilish
haqida gapirib bering.
3. Eng
ko‘p qo‘llaniladigan qidiruv tizimlarini aytib bering
181
10-Mavzu: Medianing boshqa axborot xizmatlari bilan o‘zaro