178
9-Mavzu: Axborotni izlash va matn tahlili.
Reja:
1.
Axborotlarni izlash usullari.
2.
Matnlarni tahlil qilish.
3.
Eng ko‘p qo‘llaniladigan qidiruv tizimlarining belgilari.
1. Axborotlarni izlash usullari. Qidiruv tizimi
(inglizcha: search engine) -
kompyuterda, kompyuter tarmog‘ida yoki butunjahon web tarmog‘ida World Wide
Web saqlanayotgan maʼlumotlarni qidirishga mo‘ljallangan dasturdir.
Internet
qidiruv tizimi Information Retrieval systemdan kelib chiqqan. Bu sistema
maʼlumotlar bazasi uchun kalit so‘zlar indeksini yaratib, natijada ushbu kalit so‘z
qatnashgan qidiruv so‘rovnomasiga javob sifatida natijalar ro‘yxatini ko‘rsatish
imkoni paydo bo‘ladi. Qidiriv tizimining afzalliklaridan biri bu kerakli maʼlumot
yoki axborotni qisqa vaqt ichida komputer xotirasidan topib uni foydalanuvchiga
yyetkazishdir. Qidiruv tizimining asosiy vazifalari
hamda tarkibiy qismlari
quyidagilardir:
•
Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi maʼlumotlar strukturasi);
•
Qidiruv so‘rovnomalarini bajarish;
•
Qidiruv natijasini imkon qadar mazmunli, yaʼni tushunarli shaklda ko‘rsatish;
Odatda maʼlumotlar qidirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi, masalan,
WWWda Webcrawler, alohida kompyuterda esa foydalanuvchi belgilagan Indexlar
ro‘yxatidan barcha maʼlumotlarni o‘qish.
Dostları ilə paylaş: