Media va axborot savodxonligi pedagogik innovatsiyalar, professional



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/117
tarix14.12.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#177264
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   117
Media va axborot savodxonligi Norbotayeva Dildora Erkin qizi

3.Axborot texnologiyasi
— 
axborot resurslarining ishonchliligi va 
tezkorligini ta’minlovchi, ulardan foydalanish xarajatlarining kamayishini 
ta’minlovchi usul, ishlab chiqarish jarayoni va dasturiy texnik vositalarini yagona 
texnologik zanjirga birlashtirgan holda axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash 
va uzatish jarayonidir. Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik 
faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo‘llanilib borilmoqda.
Ularni yaratish, ishga tushirish va keng qo‘llashdan maqsad — jamiyat va 
insonning butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal 
etishdir. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim — O‘zbekiston bugun 
xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy 
qismi hisoblanadi. 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1.
Ommaviy axborot vositalari tili deganda nimani tushunasiz?
2. 
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi shakllanishiga oid ilmiy metodik 
materiallar, maqollar tahlili
 
haqida gapirib bering.
3.
Axborot texnologiyasi deganda nimani tushunasiz ? 
 


173 
8-Mavzu: Medianing funksiyalari. 
Reja: 
1.
Medianing funksiyalari. 
2.
Tarix va xalqaro qo‘llanmalar. 
3.
Muqobil ijtimoiy media. 
1.Medianing funksiyalari. 
O‘z o‘rnida mamlakat imiji, hudud haqida 
kishilar ongida shakllanadigan tasavvur bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli 
tadqiqotimizda kognitivlikning o‘rniga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chunki bu 
hodisa ommaviy kommunikatsiya
vositalarining asosiy quroli bo‘lgan til 
imkoniyatlari va undan foydalanish orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Olimlarning eʼtiroficha, kognitiv tilshunoslik bu jihatdan psixolingvistika, 
antropolingvistika, 
etnolingvistika, 
sotsiolingvistika 
kabi 
turli 
kichik
tarmoqlarga bo‘linadi. Biz ushbu tadqiqot doirasida mamlakat imijini shakllantirish
va 
rivojlantirishda 
jurnalistikaning 
o‘rni, 
OAV 
tilining 
omma
(auditoriya) ongiga kognitiv jihatdan taʼsirini o‘rganamiz. Matbuotning klassik 
vazifalari qatorida odatda quyidagilar qayd etiladi: 
a)axborotni to‘plash; 
b) uni qayta ishlash
c) tarqatish; 
Biroq shular qatorida OAVning yanada dolzarbroq g‘oyaviy funksiyalari 
ham borki, ular asosan jalb etish, yo‘naltirish, taʼlim berish, tarbiyalashdan iborat 
bo‘ladi. 
Imijning zamonaviy konsepsiyalarida uning axborot-communication tabiati 
alohida qayd etiladi. Imij kommunikatsiya jarayonlari vositasida biron bir obyekt 
haqidagi axborot asosida shakllanadi. O‘zbekistonning yangi media imijini 
shakllantirishda medianing aynan jalb etish funksiyasidan samarali foydalanish 
mumkin.

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin